28.02.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3350
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy ishlab chiqaruvchi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi vakili) tomonidan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha taqdim etilgan arizaning koʻrib chiqilishi uchun undiriladigan yigʻim miqdorlarini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3350]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son “Davlat veterinariya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijiy ishlab chiqaruvchi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi vakili) tomonidan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha taqdim etilgan arizaning koʻrib chiqilishi uchun undiriladigan yigʻim miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais B. NORKOBILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 3-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2022-yil 3-fevraldagi 1-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy ishlab chiqaruvchi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi vakili) tomonidan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha taqdim etilgan arizaning koʻrib chiqilishi uchun undiriladigan yigʻim miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T.r

Bajariladigan ish (xizmat) nomi

Oʻlchov birligi

Yigʻimlar miqdori

(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan baravar hisobida)

1. Veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish

1.

Veterinariya kimyoviy farmatsevtika dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish

Bir namuna uchun

144

2.

Veterinariya biologik preparatlarini roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish

Bir namuna uchun

188

3.

Veterinariya ozuqabop qoʻshimchalarini roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish

Bir namuna uchun

124

4.

Ishlab chiqarish jarayonini baholashdan oʻtkazish

Bir ishlab chiqarish korxonasi uchun

80

2. Veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

1.

Veterinariya kimyoviy farmatsevtika dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

Bir namuna uchun

144

2.

Veterinariya biologik preparatlarini roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

Bir namuna uchun

188

3.

Veterinariya ozuqabop qoʻshimchalarini roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

Bir namuna uchun

124

4.

Ishlab chiqarish jarayonini baholashdan oʻtkazish

Bir ishlab chiqarish korxonasi uchun

80

3. Veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish

1.

Veterinariya kimyoviy farmatsevtika dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish

Bir namuna uchun

144

2.

Veterinariya biologik preparatlarini roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish

Bir namuna uchun

188

3.

Veterinariya ozuqabop qoʻshimchalarini roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish

Bir namuna uchun

124

4.

Ishlab chiqarish jarayonini baholashdan oʻtkazish

Bir ishlab chiqarish korxonasi uchun

80

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/3350/0167-son)