1-ILOVA
|
1. |
A.N. Aripov |
— |
Bosh vazir, Tashkiliy qoʻmita raisi |
|
2. |
A.A. Abduvaxitov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
|
3. |
X.M. Sultonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi |
|
4. |
A.A. Joʻraboyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari |
|
5. |
J.A. Artikxodjayev |
— |
Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
|
6. |
O.A. Nazarbekov |
— |
madaniyat vaziri |
|
7. |
T.A. Ishmetov |
— |
moliya vaziri |
|
8. |
A.X. Komilov |
— |
tashqi ishlar vaziri |
|
9. |
B.N. Qurbonov |
— |
mudofaa vaziri |
|
10. |
P.R. Bobojonov |
— |
ichki ishlar vaziri |
|
11. |
R.M. Joʻrayev |
— |
Milliy gvardiya qoʻmondoni |
|
12. |
A.X. Toshqulov |
— |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
13. |
B.O. Saidov |
— |
xalq taʼlimi vaziri |
|
14. |
A.V. Shin |
— |
maktabgacha taʼlim vaziri |
|
15. |
B.A. Musayev |
— |
sogʻliqni saqlash vaziri |
|
16. |
Sh.X. Shermatov |
— |
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri |
|
17. |
N.B. Sayfullayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish shuʼbasi mudiri |
|
18. |
G.M. Maʼrufova |
— |
mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
19. |
B.S. Yuldashev |
— |
Fanlar akademiyasi prezidenti |
|
20. |
A.A. Xodjayev |
— |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
|
21. |
R.J. Qurbonov |
— |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi |
|
22. |
A.Z. Saʼdullayev |
— |
Yoshlar ishlari agentligi direktori |
|
23. |
F.F. Abduxoliqov |
— |
Kinematografiya agentligi bosh direktori |
|
24. |
A.J. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
25. |
A. Koʻchimov |
— |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
|
26. |
A.V. Nuridinov |
— |
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
|
27. |
M.M. Xodjimatov |
— |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
|
28. |
S.S. Saidov |
— |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
|
29. |
R.A. Abdullayev |
— |
Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi |
|
30. |
Sh.T. Qudratxoʻjayev |
— |
Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi |
|
31. |
O.A. Oʻsarov |
— |
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi |
|
32. |
J.S. Eshonqulov |
— |
filologiya fanlari doktori, professor, folklorshunos |
|
33. |
Sh.G. Turdimov |
— |
filologiya fanlari doktori, folklorshunos |
|
34. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari |
|
35. |
O.N. Qudratov |
— |
Vazirlar Mahkamasining kotibiyati mudiri, Tashkiliy qoʻmita kotibi |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbasi |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | |||||
|
1. |
Joylarda Navroʻz umumxalq bayramini mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning amaldagi ifodasi sifatida yuqori saviyada oʻtkazish. |
1. Hududiy tashkiliy qoʻmitalar tarkibini shakllantirish. |
2022-yil fevral |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar |
|
2. Navroʻz bayramini yuqori saviyada nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
2022-yil mart | ||||
|
3. Chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlash. |
|||||
|
2. |
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Navroʻz bayrami arafasida barcha shahar va qishloqlarda, mahallalarda umumxalq hasharlari, keng qamrovli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari, taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talabalari ishtirokida “Mahallamga nihol ekaman!” aksiyasini oʻtkazish. |
1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
2022-yil fevral — aprel |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
3. |
Mahallalar, koʻchalar, xiyobonlar hamda madaniyat va istirohat bogʻlari hududini Navroʻz bayrami mazmun-mohiyatiga mos ravishda bezatish. |
1. Mahallalar, koʻchalar, xiyobonlar va boshqa ijtimoiy obyektlarni bayramga tayyorlash, hududlarni bayramona bezatish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil fevral |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, tegishli vazirliklar va idoralar |
|
2. Rejada belgilangan ishlarni amalga oshirish. |
Reja asosida | ||||
|
4. |
Navroʻz bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama eʼzozlash, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashayotganlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish hamda taniqli sanʼatkorlarning ushbu muassasalarga tashriflarini tashkil qilish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish. |
1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
2022-yil mart |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil qilish, Navroʻz taomlarini tayyorlash hamda ularning savdosini yoʻlga qoʻyish. |
1. Savdo yarmarkalari tashkil etiladigan bozorlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Fermer xoʻjaliklari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni yarmarkalarga jalb etish. 3. Navroʻz taomlarini tayyorlash va ularning savdosini tashkil qilish. |
2022-yil mart |
– |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
II. Ommaviy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari | |||||
|
6. |
Toshkent shahrida Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish. |
1. Taniqli ssenarist va ijodkorlar ishtirokida asosiy bayram tadbiri ssenariysi va dasturini tayyorlash. |
2022-yil fevral |
Respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi |
|
2. Taniqli rejissor, baletmeyster, bastakor, rassom va boshqa ijodkorlar ishtirokida asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borish. |
2022-yil mart | ||||
|
7. |
Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tadbirlarda mamlakatimizdagi milliy madaniy markazlar qoshidagi badiiy jamoalarning ishtirokini taʼminlash. |
Milliy madaniy markazlarning madaniy dasturlarini tayyorlash va bayram tadbirlarida ularning ishtirokini taʼminlash. |
2022-yil mart |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Toshkent shahridagi “Navroʻz” bogʻida “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning urf-odat va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan madaniy tadbir oʻtkazish. |
1. Tadbir ssenariysi va dasturini ishlab chiqish. 2. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
2022-yil mart |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
9. |
Hududlardagi madaniyat va istirohat bogʻlarida dorbozlar, polvonlar, sirk jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, taniqli sanʼatkorlar, estrada xonandalari va baxshilarning chiqishlarini tashkil etish. |
1. Madaniy dasturlar rejasini ishlab chiqish. 2. Madaniy dasturlarni amalga oshirish. |
2022-yil mart |
Mahalliy budjet mablagʻlari, tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
|
10. |
Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Navroʻz bayramiga bagʻishlangan xalq saylini oʻtkazish. |
1. Xalq saylini oʻtkazish dasturini ishlab chiqish. 2. Xalq saylini yuqori saviyada oʻtkazish. |
2022-yil mart |
Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari |
Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
|
11. |
Respublika miqyosida madaniyat va sanʼatning musiqa, teatr, kino, tasviriy va amaliy sanʼat, sirk, xalq badiiy ijodiyoti, milliy kiyimlar namoyishi yoʻnalishlari boʻyicha “Har kuning boʻlsin, Navroʻz” shiori ostida madaniy tadbirlar va koʻrgazmalar uyushtirish. |
1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2022-yil fevral |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar |
|
2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
2022-yil mart | ||||
|
12. |
Navroʻz sayillari oʻtkaziladigan joylarda hunarmandchilik asarlari koʻrgazmalari, kitob rastalarini tashkil qilish. |
1. Navroʻz sayillari oʻtkaziladigan asosiy maydonlar, xiyobonlar va koʻchalarni belgilash va ularni milliy uslubda bayramona bezatish. 2. Tasdiqlangan reja asosida tadbirlarni oʻtkazish. |
2022-yil mart |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
“Hunarmand” uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Navroʻz bayrami munosabati bilan sumalak va bahoriy noz-neʼmatlarni targʻib etuvchi “Bahor neʼmatlari” koʻrgazmalari hamda “Eng yaxshi Navroʻz taomlari” tanlovlarini oʻtkazish. |
1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni oʻtkazish va tanlov gʻoliblarini munosib taqdirlash. |
2022-yil mart |
Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar |
|
14. |
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, konsulliklarida Navroʻz bayramiga oid ezgu qadriyatlar va milliy madaniyatimiz yutuqlarini keng targʻib etishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasini ishlab ch?qish va amalga oshirish. |
2022-yil mart |
Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari |
Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi |
|
15. |
Koʻchalarda joylashgan LED ekranlar orqali milliy urf-odat va qadriyatlarimizni keng targʻib qilishga qaratilgan “Navroʻzing muborak, ona diyorim!” mavzusidagi ijtimoiy roliklarni keng namoyish qilish. |
1. Ijtimoiy roliklar namoyish etiladigan LED ekranlar roʻyxatini shakllantirish, mavzuga oid ijtimoiy roliklar tayyorlash. |
2022-yil fevral |
Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Ijtimoiy roliklarni keng namoyish etish. |
2022-yil mart | ||||
|
16. |
Mahallalarda oʻzining ezgu fazilatlari hamda erishayotgan yutuqlari bilan koʻpchilik orasida katta hurmat qozongan insonlarning hayotiy tajribasini ommalashtirishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etish. |
1. Uchrashuvlar rejasini ishlab chiqish. 2. Uchrashuvlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
2022-yil mart |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
17. |
“Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida Toshkent shahridagi barcha mahallalarda taniqli sanʼatkorlar, ijodkorlar hamda maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirokida Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. |
1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil fevral |
Mahalliy budjet mablagʻlari, tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari |
Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
2. Reja asosida tadbirlarni tashkil qilish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
2022-yil mart oyidan muntazam | ||||
|
18. |
Ommaviy axborot vositalarida taniqli folklorshunos, tarixchi, sanʼatshunos olimlar hamda mutaxassislar ishtirokida Navroʻz umumxalq bayramining tarixi, uni nishonlash bilan bogʻliq urf-odat, anʼana va qadriyatlarni keng targʻib etish. |
Mavzuga bagʻishlangan koʻrsatuv, eshittirish va materiallarni tayyorlash va keng yoritish. |
2022-yil fevral-mart |
Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
|
19. |
Barcha mobil aloqa abonentlariga “Yangilanish va yasharish ayyomi — Navroʻzi olam muborak!” mazmunidagi SMS-tabriklar yuborishni tashkil etish. |
Mobil aloqa operatorlari tomonidan SMS-tabriklar yuborish. |
2022-yil 21-mart |
Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
III. Yoshlar uchun moʻljallangan tadbirlar | |||||
|
20. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, ijod maktablari, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida Navroʻz bayramining tarixi, mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan insholar tanlovlarini oʻtkazish. |
1. Insholar tanlovini oʻtkazish reja-dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil fevral |
Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
2. Insholar tanlovlarini oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash. |
2022-yil mart | ||||
|
21. |
Mahallalarda yashayotgan yoshlar oʻrtasida uloq-koʻpkari, poyga, kurash, chillak, arqon tortish va boshqa milliy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar va koʻrgazmali chiqishlar tashkil etish. |
1. Musobaqa va koʻrgazmali chiqishlar oʻtkaziladigan joylarni aniqlash. |
2022-yil fevral |
Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar |
|
2. Musobaqa va koʻrgazmali chiqishlarni yuqori saviyada oʻtkazish. |
2022-yil mart | ||||
|
22. |
Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida taniqli ijodkorlar, barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talabalari ishtirokida Navroʻz bayrami, ezgu qadriyatlarimiz hamda milliy adabiyotimizga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. |
1. Adabiy-maʼrifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Adabiy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
2022-yil mart |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |