16.02.2022 yildagi 72-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan ajratiladigan mablagʻlar;

xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan asosiy yoʻnalishlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan qismini kompensatsiya qilish;

boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlash;

ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilari va respublika vakillarini har oyda mukofotlash;

oʻz shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlarini kompensatsiya qilish;

respublika vakillarining bir oyda bir marta doimiy yashash joyiga temir yoʻl transportida borib kelishi uchun kompensatsiya toʻlash;

yil yakuni boʻyicha oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun subsidiya toʻlash;

“Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar;

hokim yordamchilari, respublika vakillari va ularning faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan boshqa shaxslarni tayyorlash, qayta tayyorlash, va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda tashkil qilish;

hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etishga kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilish;

ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish, ekspert guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining va Jamgʻarma kuzatuv kengashining tegishli qarorlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kuzatuv kengashining (keyingi oʻrinda — Kuzatuv kengashi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida yuridik shaxs tashkil etmagan holda shakllantiriladi, Jamgʻarma uchun Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Jamgʻarmaning ijrochi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 72-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kuzatuv kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, Kuzatuv kengashi raisi

2.

S.M. Xolxoʻjayev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari

3.

J.I. Abruyev

moliya vazirining oʻrinbosari

4.

Sh.X. Atabayev

AT Xalq banki boshqaruvi raisi

5.

M.M. Ubaydullayev

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori

6.

I.I. Xuseyinov

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarmasi boshligʻi, Kuzatuv kengashi masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kuzatuv kengashi aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 72-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini tashkil etish, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ushbu mablagʻlardan foydalanishi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida yuridik shaxs tashkil etmagan holda shakllantiriladi, Jamgʻarma uchun Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashi — Jamgʻarma faoliyatini boshqaradigan Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kuzatuv kengashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika vakili — hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida iqtisodiyot va investitsiya komplekslariga kiruvchi vazirliklar, idoralar, tijorat banklarining har bir tuman va shaharga biriktirilgan masʼul xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchisi — har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi lavozimiga tayinlangan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya — boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilariga va respublika vakillariga turar joy ijarasi, avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan taqdirda yetishmagan qismi, oʻz shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlari, shuningdek, bir oyda bir marta doimiy yashash joyiga temir yoʻl transportida borib kelishi uchun Jamgʻarma hisobidan qoplab beriladigan toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun Jamgʻarma hisobidan qoplab beriladigan toʻlov.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Jamgʻarma Kuzatuv kengashi qarorlariga muvofiq hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma faoliyati Kuzatuv kengashi tomonidan boshqariladi. Kuzatuv kengashining aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kuzatuv kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari balansining prognoz koʻrsatkichlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlarining shakllanishini va mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlash boʻyicha uning faoliyatini yuzasidan nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini, zarur hollarda, tasdiqlangan smetalarga kiritiladigan tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kuzatuv kengashi Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini taʼminlash maqsadida davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, shuningdek, fuqarolardan iborat tarkibda ekspert guruhi tashkil qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kuzatuv kengashi majlislari zaruratga koʻra oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kuzatuv kengashi majlisini kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa — kengash raisining oʻrinbosari boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kuzatuv kengashi majlisi unda Kuzatuv kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashining qarori kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlganda, Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kuzatuv kengashi qarorlari Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kuzatuv kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Jamgʻarmaning ijrochi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisobotlarni Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan mablagʻ ajratishga oid murojaatlarni umumlashtiradi va Kuzatuv kengashiga koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashi qarorlari toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishi, shuningdek, boshqa huquqlarga va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma uchun Oʻzbekiston Respublikasi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini ochadi va yuritadi, belgilangan tartibda ushbu hisobvaraq boʻyicha tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning xarajatlarini amalga oshiradi, daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi, shuningdek, ular boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini tahlil qiladi va monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashi roziligi bilan boʻsh mablagʻlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida milliy valyutada depozitlarga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har chorakda Kuzatuv kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarmaga uning daromadlari boʻyicha tushadigan mablagʻlar Moliya vazirligi Gʻaznachiligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishining toʻliqligi Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan asosiy yoʻnalishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan asosiy yoʻnalishlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan qismini kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilari va respublika vakillarini har oyda mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlarini kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika vakillarining bir oyda bir marta doimiy yashash joyiga temir yoʻl transportida borib kelishi uchun kompensatsiya toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil yakuni boʻyicha oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun subsidiya toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari, respublika vakillari va ularning faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan boshqa shaxslarni tayyorlash, qayta tayyorlash, va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etishga kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish, ekspert guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar uchun haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining va Jamgʻarma Kuzatuv kengashining tegishli qarorlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kuzatuv kengashining qarori asosida respublika vakillarining doimiy yashash joyiga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari) temir yoʻl transportidan boshqa transport vositalaridan (samolyot va shaharlararo avtobus) foydalangan holda borib kelishi uchun Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda Moliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamgʻarma xarajatlari Agentlikning soʻrovnomalari asosida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agentlik Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jamgʻarmadan mablagʻlar tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarajatlar quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan qismini kompensatsiya qilish xarajatlari har oy yakuni bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻrtacha oylik ish haqi miqdori Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibiga asosan hisoblab chiqiladi. Oylik ish haqi oʻrtasidagi farqni kompensatsiya qilish mexanizmi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi. Uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasini toʻlash tartibi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi “Onlayn mahalla” elektron platformasiga qarab quyidagi miqdorlarda oylik mukofot puli toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoniqarli deb topilganda — oylik ish haqining 15 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaxshi deb topilganda — oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aʼlo deb topilganda — oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Agentlik tomonidan ish faoliyatida yaxshi natijaga erishgan respublika vakillariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4 baravarigacha miqdorda oylik mukofot puli toʻlab beriladi. Respublika vakillariga mukofot puli toʻlash boʻyicha takliflar ularning mehnat faoliyati natijadorligiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qarori bilan tashkil etilgan Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) respublika vakillarining oʻz shaxsiy avtomobilidan foydalanayotganligi uchun har chorakda bir marta har oy uchun benzinda harakatlanadigan avtotransport vositalari uchun 2 150 ming soʻmgacha, tabiiy gazda harakatlanadigan avtotransport vositalari uchun 1 350 ming soʻmgacha kompensatsiya toʻlovlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda respublika vakillari tomonidan hisobot choragi davomida 3 500 kilometr masofa toʻliq bosib oʻtilganda, kompensatsiya toʻlovlari yuqorida koʻrsatilgan miqdorlarda toʻliq beriladi. Agarda hisobot davrida avtotransport vositasida yoʻl bosish miqdori 3500 kilometrdan kam boʻlgan taqdirda, kompensatsiya miqdori bosilgan masofaga mutanosib miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika vakillarining oʻz shaxsiy avtomobilidan foydalanilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish mexanizmi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) respublika vakillarining bir oyda bir marotaba doimiy yashash joyiga temir yoʻl transportida (ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan holatlarda) borib kelishi uchun kompensatsiya xarajatlari transport vositalarida harakatlanganligini tasdiqlovchi hujjat (chipta) taqdim qilingan taqdirda, “ekonom” tarifi boʻyicha xarajatlarning 100 foizi, biznes” tarifi boʻyicha xarajatlarning 70 foizi (samolyotda uchish bundan mustasno) toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya toʻlovlari har chorakda bir marta hisobot davridan oldingi chorak uchun amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) yil yakuni boʻyicha oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun uy-joy qiymatining 50 foizigacha (biroq 150 million soʻmdan oshmagan miqdorda) subsidiya toʻlash xarajatlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) zaruratga koʻra ekspert guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga haq toʻlash tartibi va miqdori Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika vakillariga ushbu bandda nazarda tutilgan toʻlovlardan tashqari asosiy ish joyi boʻyicha ish beruvchilar tomonidan xarajatlarini qoplash uchun qoʻshimcha toʻlovlar va ragʻbatlantirish amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2022-y., 09/22/72/0140-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)