26.01.2022 yildagi 1780-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yilda bajarilishi yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon matnda Davlat dasturi deb yuritiladi) 2021-yilda bajarilishi yuzasidan hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) taʼkidlaydiki, hisobot yilida Davlat dasturi asosida mamlakatimizda demokratik, sotsial-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, barqarorlikni taʼminlash, xalqimizning farovonligini yanada yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Oʻzbekistonda oʻtgan davrda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, qulay investitsiya muhitini yaratish orqali iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, hududlarning ijtimoiy holatini yaxshilash, aholining turmush farovonligini yuksaltirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib, barcha kuch va imkoniyatlar ishga solingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi doirasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani ravnaq toptirish, xavfsizlikni, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish borasida qilingan ishlar mamlakat taraqqiyotini hamda barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etish joizki, davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarning samarali bajarilishida parlament nazorati muhim oʻrin tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi asosida parlamentda davlat dasturining ijrosi yuzasidan hukumatning har choraklik hisobotini koʻrib chiqish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga muvofiq, Qonunchilik palatasida hamda uning qoʻmitalari va siyosiy partiyalar fraksiyalari yigʻilishlarida hukumatning tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi ijrosi yuzasidan hisoboti har chorakda koʻrib borilayotganligi belgilangan vazifalarning izchil bajarilishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan kompleks va tizimli ishlar amalga oshirilganligi natijasida barcha sohalar va tarmoqlarni rivojlantirishga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar, koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida 2021-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi oʻtgan yilga nisbatan 7,4 foiz oʻsishiga erishilgan. Chakana savdo aylanmasi hajmi 12,0 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini va shaffofligini taʼminlash sohasida izchil ishlar olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, davlat organlari tomonidan Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxati tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishida byurokratik toʻsiqlarni tubdan qisqartirish choralari koʻrilgan. Xususan, 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan 15 turdagi hujjatni talab qilish bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida qonun ustuvorligini taʼminlashga va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotni rivojlantirish, barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan izchil islohotlar Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yanada mustahkamlash imkonini bermoqda. Jumladan 2021-yilda “S&P” xalqaro reyting agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi suveren kredit reytingi kutilmasini “salbiy”dan “barqaror”ga, “Moodyʼs” xalqaro reyting agentligi tomonidan mamlakatimiz reytingi kutilmasini “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirilishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida ham bir qator ishlar bajarilgan. Jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 524 ming 416 nafar yoshlarning bandligi taʼminlangan. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 96,8 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 1 trln. 197 mlrd. soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻcha yoshidagi har bir bolani maktabgacha taʼlim yoʻnalishi bilan toʻliq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishga maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsad sifatida ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanishga doir imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 124 ta oilaviy poliklinika tashkil etilgan, 32,5 mln. nafar aholi tibbiy xatlovdan oʻtkazilgan. Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ularning 211 ta hududiy filiali, boʻlimlari va dispanserlarda teletibbiyot yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlari izchil davom ettirilgan. Hisobot yilida mamlakatimizga yetti turdagi 49 mln. doza vaksina olib kelingan va ishlab chiqarilgan boʻlib, shundan 40,6 mln. dozasi qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi doirasida mamlakatimizda xavfsizlikni, millatlararo totuvlikni va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro standartlar va insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan barcha sohalarda oʻzaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni olib borishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ham izchil ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman, davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida jami 187 ta hujjat, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining 9 ta qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 6 ta qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19 ta farmoni, 46 ta qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 68 ta qarori (farmoyishi), shuningdek, 31 ta boshqa hujjat qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, hukumat hisoboti yuzasidan oʻtgan muhokamalar chogʻida deputatlar davlat dasturida belgilangan 273 ta banddan 243 tasi (89 foiz) toʻliq bajarilgani holda, 5 ta bandning ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilganligi hamda 25 ta bandning ijrosi yuzasidan tegishli hujjat loyihalari tayyorlanib, qabul qilish ishlari davom etayotganligiga alohida eʼtibor qaratdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, “Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (11-band), mahalla instituti faoliyatini takomillashtirish (12-band), Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish (84-band), hududlarda 130 ming kilometr uzunlikdagi past va oʻrta kuchlanishli elektr tarmoqlari va 40 mingdan ortiq transformatorni bosqichma-bosqich yangilash dasturini tasdiqlashga (95-band) qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, bugungi kunda ushbu hujjatlar yanada xalqchil boʻlishi uchun takomillashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek soʻz erkinligini taʼminlash va ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni yanada kuchaytirish (17-band), sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish (20-band), temir yoʻl transporti sohasini transformatsiya qilish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish (91-band) bilan bogʻliq vazifalarning ijrosini yakuniga yetkazish ishlarini jadallashtirish maqsadga muvofiq ekanligi taʼkidlab oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, deputatlar tomonidan aholini qiynab kelayotgan, jamiyatdagi dolzarb masalalarga hukumat aʼzolarining eʼtibori qaratildi. Jumladan, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan aholi toifalarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, bandligini taʼminlash, hududlardagi elektr energiyasi, tabiiy gaz, toza ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojni qanoatlantirish, infratuzilmalarni yanada yaxshilash borasida belgilangan vazifalarning ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yilda bajarilishi yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturidagi ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan 5 ta bandda hamda bajarilishi yuzasidan tegishli hujjat loyihalarini qabul qilish ishlari yakuniga yetkazilmagan 25 ta bandda nazarda tutilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda bu boʻyicha hukumat aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining masʼuliyatini yanada oshirish yuzasidan qatʼiy choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi taʼminoti aholini eng koʻp bezovta qilayotgan masalalardan biri ekanligini inobatga olib, Davlat dasturining 95-bandida koʻzda tutilgan hududlarda 130 ming kilometr uzunlikdagi past va oʻrta kuchlanishli elektr tarmoqlari va 40 mingdan ortiq transformatorni bosqichma-bosqich yangilash dasturini qisqa muddatlarda tasdiqlash, shuningdek 2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan past va oʻrta kuchlanishli elektr tarmoqlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlarining samaradorligini yanada oshirish, shu jumladan vaksinalarga oid klinik tadqiqot va laboratoriya sinovlarini yakuniga yetkazish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining bajarilishi yuzasidan hisobotni muhokama qilish jarayonida siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal etish choralarini koʻrish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlarining samarali tashkil etilishi, ushbu tadbirlar uchun ajratilayotgan budjet mablagʻlarining maqsadli oʻzlashtirilishi ustidan taʼsirchan parlament va deputat nazoratini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida belgilangan, biroq ijro muddati kechikayotgan yoki ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan vazifalarning bajarilishi ustidan oʻz partiyaviy maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqib, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining ijro etilishi muddati uzaytirilgan 5 ta bandida (68, 154, 161, 248, 256-bandlarida) belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan parlament nazoratini oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida ijrosi toʻliq taʼminlanmagan quyidagi bandlarning bajarilishi yuzasidan samarali monitoring olib borsin va ushbu bandlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga maʼlumot taqdim etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi — 26, 84, 105-bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi —1, 11, 20, 30, 34-bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi — 258-band;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi — 91, 95-bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi — 5, 6, 12, 257-bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi — 17, 36-bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi — 252, 253-bandlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi boʻyicha navbatdagi hisobot davriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 26-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1780-IV-son