O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrug‘i
“Tender bo‘yicha takliflarni baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 11 fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2630-3]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-fevral,
01-son
O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 1-fevraldagi 01-son buyrug‘iga
ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2014-yil 10-noyabrdagi 28-son “Tender bo‘yicha takliflarni baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2630, 2014-yil 9-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 50-son, 596-modda).
2. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2016-yil 16-dekabrdagi 51-son “Tender bo‘yicha takliflarni baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 11-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2630-1, 2016-yil 23-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 51-son, 595-modda).
3. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017-yil 12-iyuldagi 60-son “Tender bo‘yicha takliflarni baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2630-2, 2017-yil 3-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 31-son, 789-modda).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2630-3/0135-son)