Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 11-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2754-3]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2024-yil 12-noyabrdagi 64-sonli ““Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2754-4, 27.11.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 4-yanvardagi 2-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754, 2016-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor D. SATTAROV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-yanvar,
2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 31-banddagi ““Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 35 va 45-bandlardagi ““Oʻzstandart” agentligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 39-bandning birinchi xatboshisidagi, 40-banddagi, 42-bandning birinchi xatboshisidagi, 43 va 54-bandlardagi ““Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 44-banddagi ““Oʻzstandart” agentligining”, ““Oʻzstandart” agentligi” va ““Oʻzstandart” agentligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining”, “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” va “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 52-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 53-banddagi ““Oʻzstandart” agentligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)