Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
2022-yil yanvar oyining uchinchi oʻn kunligida va fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi hamda Qonunchilik palatasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. 2022-yil yanvar oyining uchinchi oʻn kunligida va fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2022-yil yanvar oyining uchinchi oʻn kunligida va fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*ilovalar berilmaydi.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-yanvar,
1748-IV-son