Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Koreya Respublikasi bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Koreya Respublikasi bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-67-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qatʼiy parlament nazoratini oʻrnatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi oliy darajadagi kelishuvlarning bajarilishi boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-yanvar,
1732-IV-son