Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 10-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3296-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 31-martdagi 01-02/13-20-son qarori (roʻyxat raqami 3296, 2021-yil 4-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/3296/0410-son) bilan tasdiqlangan Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-yanvar,
01-02/16-00002-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi A. IKRAMOV
2021-yil 20-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 19-yanvardagi 01-02/16-00002-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 40-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“TIF TN kodiga aniqlik kiritish boʻyicha ekspertiza tayinlangan tovarlar.”.
2. Quyidagi mazmundagi 421-band bilan toʻldirilsin:
“421. TIF TN kodiga aniqlik kiritish boʻyicha ekspertiza tayinlangan tovarlarga nisbatan taqiq va cheklovlar belgilangan boʻlsa, TBBYuD rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 461-band bilan toʻldirilsin:
“461. Bojxona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza natijasi yuzasidan qabul qilingan TIF TN kodi deklarant yoki bojxona brokeriga TED AAT orqali taqdim etiladi hamda toʻliq BYuD ekspertiza xulosasida belgilangan TIF TN kod asosida qonunchilik hujjatlari talablari boʻyicha rasmiylashtiriladi.”.
4. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/3296-1/0122-son)