10.09.2021 yildagi PF-6310-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6005-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishda ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali faoliyat samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona organlarining umumiy cheklangan shtatlar soni doirasida toifadan tashqari maqomga ega bo‘lgan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari bo‘yicha boshqarmalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-apreldan boshlab Davlat bojxona qo‘mitasining boshqa hududiy boshqarmalarida bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari tashqi iqtisodiy faoliyat (keyingi o‘rinlarda — TIF) ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan elektron bojxona yuk deklaratsiyalarining masofaviy bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari tashkil etilgan hududlardagi TIF bojxona postlarining faoliyati bojxona nazorati shakllarini amalga oshirishga ixtisoslashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masofaviy elektron deklaratsiyalash”, TIF va chegara bojxona postlari faoliyatini tashkil etish tartibi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara bojxona postlaridagi inspeksion ko‘rik majmualari (rentgen) bilan ishlash guruhlari xodimlariga zararli mehnat sharoitlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 40 foizi miqdorida har oylik ustama beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya va fitosanitariya organlarining tovarlarga tegishli hujjatlarni tekshirish va rasmiylashtirish vazifalari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki unga integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lanadigan barcha yig‘imlarni transport vositalari chegara punktiga kirgunga qadar yagona hisobvaraq asosida oldindan to‘lash amaliyoti joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarini bojxona organlari tomonidan qaytarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng ushbu mablag‘lar TIF ishtirokchisiga uch ish kuni davomida qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning eng kam muddati 14 kun etib belgilanadi va ushbu muddatda foizlar undirilmaydi, bunda kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning eng kam muddatidan ortganda to‘liq davr uchun foizlar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlarining undirilmaydigan va qaytarilmaydigan miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizigacha etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning TIF tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha kodini aniqlash yuzasidan bojxona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza yakunlangunga qadar tovarlarni bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash orqali shartli chiqarib yuborish amaliyoti joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIF ishtirokchisining bir nechta bojxona operatsiyalari doirasidagi majburiyatlarini ta’minlash uchun yagona ta’minot taqdim etish imkoniyati yaratiladi, bunday ta’minot bojxona to‘lovlari bo‘yicha barcha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari tovarlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlash uchun TIF qatnashchisining arizasiga asosan dastlabki qarorni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona organlarining umumiy cheklangan shtatlar soni doirasida Davlat bojxona qo‘mitasi tizimida alohida yuridik shaxs maqomiga ega Markaziy bojxona laboratoriyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi (M.B. Azimov) ikki oy muddatda Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish, shu jumladan Jahon bojxona tashkilotining “Mintaqaviy bojxona laboratoriyasi” maqomini olish, u tomonidan nikotin saqlovchi mahsulotlar va spirtli ichimliklar tarkibini aniqlash, tovarlarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatsiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va boshqa turdagi kriminalistik sud ekspertizalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, mazkur Farmon bilan bojxona organlarining tashkiliy tuzilmalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shu jumladan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari faoliyatini tashkil etishda xodimlarning ish haqini to‘lash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar 2022-yil 1-yanvarga qadar Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat bojxona qo‘mitasining faoliyati tugatilayotgan bojxona postlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat bojxona qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda “Masofaviy elektron deklaratsiyalash”, TIF va chegara bojxona postlari faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqsin va qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlaridagi nazorat organlariga yagona hisobvaraq asosida to‘lanadigan yig‘imlar hamda kirish va tranzit yig‘imlarini transport vositalari chegara punktiga kirgunga qadar oldindan to‘lash tizimini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarini aniqlashda bojxona organlari tomonidan dastlabki qaror berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6310-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasining faoliyati tugatilayotgan bojxona postlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Bojxona postlarining nomi

Shtat birligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

“Naymanko‘l” temir yo‘l chegara bojxona posti

5

Qashqadaryo viloyati

2.

“Qarshi tola” TIF bojxona posti

4

3.

“Qarshi” temir yo‘l chegara bojxona posti

14

Surxondaryo viloyati

4.

“Amuzang” temir yo‘l chegara bojxona posti

18

Farg‘ona viloyati

5.

“Beshariq” temir yo‘l chegara bojxona posti

12

6.

“O‘qchi” chegara bojxona posti

10

Jami

63

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tugatilayotgan postlar boshqa bojxona postlariga punkt etib biriktiriladi, shuningdek, bo‘shayotgan shtat birliklari ish hajmi ko‘p bo‘lgan boshqa postlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3995-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’lim asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Institutning ofitserlar va serjantlar tarkibiga, kursantlariga, shuningdek, doktorantlariga (doktorantlarning oxirgi egallab turgan lavozimi saqlangan holda) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlarining tegishli toifalari uchun ko‘zda tutilgan pul ta’minoti, imtiyozlar, buyumlar va oziq-ovqat ta’minoti hamda boshqa zarur normalar, shuningdek, xizmatni o‘tash tartibi tatbiq etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 10-banddagi “Maxsus jamg‘arma” so‘zlari “Davlat budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi PQ-3995-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boshliq

Institut kengashi

Boshliqning o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

Tarbiyaviy ishlar va harbiy tayyorgarlik bo‘yicha boshliq o‘rinbosari

Moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari

Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi

1

Axborot texnologiyalari

va modellashtirish markazi

5

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi

2

Ma’naviyat va yoshlar tarbiyasi markazi

3

Moliya-iqtisod bo‘limi

4

Bosh yuriskonsult

1

O‘quv batalyoni

9

Moddiy-texnik ta’minot va kapital ta’mirlash bo‘limi

7

Tashkiliy-nazorat, xizmat faoliyatini tahlil qilish va baholash bo‘limi

3

O‘quv-uslubiy bo‘lim

5

Axborot-resurs markazi

1

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti

2

Tibbiy xizmat

4

Bojxona ishi fakulteti

3

Maxsus fanlar kafedrasi

Kadrlar bo‘limi

4

Tahririy-nashriyot xizmati

1

Kafedralar:

Ixtisoslashtirilgan

Bojxona nazorati

Bojxona tartibga solinishi va bojxona to‘lovlari

Maxsus-huquqiy fanlar

Bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash

Umumhuquqiy fanlar

Umumta’lim

Axborot texnologiyalari va matematika

O‘zbek va xorijiy tillar

Harbiy va jismoniy

tayyorgarlik

Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar

Til va psixologik tayyorgarlikni rivojlantirish markazi

Birinchi bo‘lim

1

 

Bosmaxona

Navbatchilik qismi

4

Xalqaro aloqalar xizmati

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining jami cheklangan soni (mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni hisobga olmagan holda) — 134 nafar, shu jumladan professor-o‘qituvchilar tarkibi — 69 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2-ilovaning “Mutaxassislik shifri” grafasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat bo‘limining 1 va 2-pozitsiyalaridagi “5230500” hamda “5240100” raqamlari tegishincha “60410300” va “60420100” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura bo‘limining 1 va 2-pozitsiyalaridagi “5A230501” hamda “5A240109” raqamlari tegishincha “70410301” va “70420107” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 3-ilova quyidagi mazmundagi 121-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

121.

Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil 1-dekabr

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

DBQ (M. Azimov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(A. Ibroximov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning “v” kichik bandi va 5-band “e” kichik bandining ikkinchi xatboshisi hamda 6-bandning “b” kichik bandi 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-band “e” kichik bandining yigirmanchi — yigirma yettinchi hamda qirq oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan boshlab to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)