Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.07.2015
16.06.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 748
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
ҚТУК бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
27.07.2015
16.06.1999
27.07.2015
16.06.1999
Кўриниш
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Tartibi, 16.06.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 748
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.11.00 Ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Ijtimoiy taʼminot vaziri
O. OBIDOV
31.05.1999-y. 1208/01-son
“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Mehnat vaziri
Sh. IBROHIMOV
31.05.1999-y. 973/02-son
“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vaziri oʻrinbosari
Sh. ABDULLAYEV
31.05.1999-y. 44-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KELIShILDI”
Oʻzbekiston Respublikasi
Kasaba uyushmalari
Federatsiyasi raisi
D. Jahongirova
02.06.1999-y. DJ-01/309-son
“KELIShILDI”
Oʻzbekiston Respublikasi
Pensiya jamgʻarmasi
ijrochi direktori
A. NURITDINOV
31.05.1999-y. 01-1/1223-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YoShGA DOIR PENSIYAGA ChIQQANDAN KEYIN IShLAYOTGAN AYoLLARGA PENSIYALARNI TOʻLIQ MIQDORDA TOʻLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 16-iyunda 748-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 15-iyuldagi 26-q/q, 66-sonli “Yoshga doir pensiyaga chiqqandan keyin ishlayotgan ayollarga pensiyalarni toʻliq miqdorda toʻlash tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 748-1, 22.07.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 17-martdagi “Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmonda yoshga doir pensiyaga chiqqandan keyin oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari, provizorlar, nogiron bolalarning internat uylarida, “Mehribonlik” uylaridagi tarbiyachilar shuningdek kutubxonachilar sifatida ishni davom ettirayotgan va pensiyaga chiqish oldidan mazkur mutaxassisliklar boʻyicha kamida oʻn yil stajga ega boʻlgan ayollarning 1999-yil 1-iyuldan pensiyalarni toʻliq miqdorda olish huquqi saqlanib qolishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻrsatilgan mutaxassisliklar mehnat faoliyatining quyidagi lavozimlarda ishlaganda amalga oshirilishini koʻzda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari (korxonalarning boʻysunishidan qatʼi nazar)
tibbiy registrator, dezinfektor; barcha turdagi tibbiy xamshiralar, mehribonlik tibbiy xamshirasi, feldsher, doya (akusherka), boʻysunishidan laborant, rentgenolaborant, instruktor, tibbiy qati nazar) statistik, tish texnigi, tibbiy-ijtimoiy xodim; operatsion tibbiy xamshira, tibbiy xamshira-anestezist, tugʻruq uyi (boʻlim)ning doyasi; sanitar-shifokor, epidemiolog-shifokor, parazitolog-shifokorlarning va entomologning yordamchilari; katta: tibbiy xamshira, feldsher, doya, FAPning feldsher va doyasi, tez yordam podstansiyasining feldsheri; xamshira ishi mutaxassisi; sanitarka, enaga, enaga-sanitarka, ovqatlantiruvchi; bemorlarga qarovchi kichik tibbiy xamshira; xoʻjalik bekasi va boshqa oʻrta va kichik tibbiy xodim lavozimlari;
Provizor
barcha turdagi muassasalar (korxonalar) provizorlari;
“Mehribonlik” uylari va nogiron bolalar internat uylari
koʻrsatilgan uylardagi xamda goʻdaklar uylaridagi katta tarbiyachilar va tarbiyachilar;
Kutubxonachi
bosh kutubxonachi, yetakchi kutubxonachi, kutubxonachi, bosh bibliograf, yetakchi bibliograf, bibliograf.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻrsatilgan mutaxassisligi boʻyicha talab qilingan ish stajining davomiyligi ushbu Tartibning 2-bandida keltirilgan barcha lavozimlardagi ish davrlarini hisobga olib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ayol pensiyaga chiqish oldidan Farmonda koʻzda tutilmagan ishlarda ishlagan boʻlib, ammo ushbu Tartibning 2-bandida keltirilgan lavozimlardagi talab qilingan 10 yillik ish stajiga ega boʻlsa va Farmonda koʻzda tutilgan mutaxassisliklardan biri boʻyicha ishni davom ettirayotgan boʻlsa, unga pensiya toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol. Ayol 30 yillik ish stajiga ega. Pensiyaga chiqish oldidan Farmonda koʻzda tutilmagan bolalar bogʻchasining tarbiyachisi mutaxassisligi boʻyicha ishlagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiyaga chiqqandan keyin ayol sanitarka sifatida ishni davom ettirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlarda quyidagi yozuvlar mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 1965-yildan 1971-yilgacha (6 yil) — poliklinikada tibbiy registrator;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 1972-yildan 1979-yilgacha (7 yil) — bogʻchada tarbiyachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 1980-yildan 1984-yilgacha (4 yil) — sanitar-shifokorning yordamchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 1985-yildan 1992-yilgacha (7 yil) — “Mehribonlik” uyida tarbiyachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 1993-yildan 1999-yilgacha (6 yil) — bogʻchada tarbiyachi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ayolning yoshga doir pensiyaga chiqish oldidan talab qilingan ish staji quyidagi davrlarni qoʻshgan holda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1965—1971-yillar — 6 yil — tibbiy registrator;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1980—1984-yillar — 4 yil — sanitar-shifokorning yordamchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1985—1992-yillar — 7 yil — “Mehribonlik” uyining tarbiyachisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻcha tarbiyachisi sifatidagi qolgan ish davrlari 10 yillik muddatda inobatga olinmaydi, chunki ular farmonda koʻzda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, pensiyaga chiqish kuniga talab qilingan stajning davomiyligi 17 yilni tashkil etadi. Bu ayol pensioner boʻlib sanitarka sifatida ishlayotganligi uchun, unga pensiya toʻliq miqdorda toʻlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pensiya chiqqandan keyin Farmonda koʻzda tutilmagan mutaxassisliklari boʻyicha ishni davom ettirayotgan ayollarga, pensiya umumiy asoslarda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol. Pensiyaga chiqishdan oldin ayol 22 yil mobaynida kasalxonada hamshira lavozimida ishlab kelgan. Pensiyaga chiqqandan keyin u shu kasalxonaning oshxonasida ishchi vazifasida ishni davom ettirmoqda. Bu holda pensiya toʻliq miqdorda toʻlanmaydi, chunki u Farmonda koʻzda tutilgan mutaxassislik boʻyicha ishni davom ettirmayapti. Agar u ishni sanitarka sifatida davom ettirsa, pensiya toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ayol, Farmonda koʻzda tutilmagan mutaxassislik boʻyicha boshqa ishga oʻtgan holatda, korxona maʼmuriyati bu haqda ijtimoiy taʼminot boʻlimiga xabar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Tartib imtiyozli shartlarda, yaʼni “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshdan oldin pensiyaga chiqqan ayollarga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan, muddatdan oldin pensiyaga chiqqan ayollarga, pensiyani toʻliq miqdorda olish huquqi, ular Qonunning 7 va 121-moddalari bilan belgilangan yoshga yetganlaridan keyin xuddi shu tartib boʻyicha aniqlanadi.