26.01.2022 yildagi PQ-102-son

T/r

Tadbirlarning nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Summa

Moliyalashtirish manbalari

Ijrochilar

I. Endokrinologiya xizmati faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Xalqaro tavsiyanomalarga muvofiq, sog‘liqni saqlashning barcha bosqichlarida endokrin kasalliklarni diagnostika qilish hamda davolashning standartlarini yangilash, qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

Vazir buyrug‘i

2022-yil I — III chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

RIEIATM

(Turayev)

2.

Xalqaro tavsiyanomalarga muvofiq, endokrin kasalliklarni skrining va diagnostika qilish, davolash va monitoring qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, birlamchi tizim amaliyotiga tatbiq etish va monitoringini amalga oshirish.

Vazir buyrug‘i

2022-yil II chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

RIEIATM

(Turayev)

3.

Hududiy endokrinologiya dispanserlarida elektron tibbiy hujjatlar aylanishini amalga oshirish imkonini beruvchi yagona tibbiy-axborot tizimini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil IV chorak

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

RIEIATM

(Turayev)

II. Endokrin kasalliklarning oldini olish, erta tashxislash va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish

4.

Sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘inlarini qamrab oluvchi, statistika, moliya va boshqa hisobotlarni birlashtirib ko‘rsatgan holda endokrin patologiyali bemorlar haqidagi elektron ma’lumotlar bazasining onlayn registrini ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Sog‘liqni saqlash vazirligiga raqamlashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

RIEIATM

(Turayev),

“IT-Med” MChJ

5.

Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalardagi endokrinolog shifokor xonalarini zarur tibbiy uskunalar bilan (shu jumladan kompyuterlar) bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-aprel

4,5 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlari, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida birlamchi shifokor oldi ko‘rigi xonalarini tashkil etish va jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-aprel

13,5 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Moliya vazirligi

(Abruyev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Tajriba sifatida har bir hududdan bittadan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi muassasalarining laboratoriyalarini markazlashtirish va davlat-xususiy sheriklik asosida autsorsingga berish choralarini ko‘rish.

Bunda, bemorlarning o‘zlari biriktirilgan birlamchi tibbiyot muassasalaridan laboratoriya tahlillarini o‘tkazish uchun yig‘ilgan biologik materiallarni markaziy laboratoriyalarga yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yakuniga qadar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Markaziy laboratoriyalar faoliyati, biologik materiallarni yig‘ish va tashish hamda tahlil qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazir buyrug‘i

2022-yil 1-aprel

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

9.

Premorbid endokrin kasalliklarni erta aniqlash, profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollik dasturlarini aholi orasida keng ko‘lamda tatbiq etish bo‘yicha oilaviy shifokorlar faoliyatini kuchaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi

(Odilova)

10.

Uyushgan aholi (maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, litsey, kollejlar) va uyushmagan bolalarda endokrin kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi oilaviy shifokorlari tomonidan skrining tadbirlarini (yod tanqisligi holatlari, ortiqcha vazn, pastbo‘ylik, jinsiy rivojlanishning buzilishi va boshqalar) bosqichma-bosqich amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

RIEIATM

(Turayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasida yiliga bir marta oilaviy shifokorlar tomonidan 40 yoshdan oshgan bemorlarning qandli diabet va diabet oldi holati skriningini o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida (har yili)

14,3 mlrd so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

RIEIATM

(Turayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Oilaviy shifokorlarga endokrin kasalliklar skriningini amalga oshirishda ilmiy-amaliy va metodologik yordam ko‘rsatish va kasallanish ko‘rsatkichlarini personallashgan davolash protokollari asosida yuritishni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

RIEIATM

(Tur�ev)

13.

Hududiy endokrinologiya dispanserlarida endokrin jarrohlik, qandli diabetning asoratlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash va rekonstruktiv amaliyotlar bo‘limi, diabet nefropatiyasi va jonlantirish bo‘limlarini tashkil etish orqali tibbiy xizmatlar turini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

RIEIATM

(Turayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Hududiy endokrinologiya dispanserlari orqali markazlashgan tartibda:

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida (har yili)

Respublika budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

RIEIATM

(Turayev)

25 yoshgacha bo‘lgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan bemorlarni analogli insulin va o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalari (glyukometr va maxsus test yaproqchalari) bilan;

25,4 mlrd so‘m

qandsiz diabet bilan kasallangan, somatotrop yetishmovchilik bilan kasallangan bolalarni hayotiy zarur maxsus dori vositalari (desmopressin va o‘sish gormoni) bilan;

5,9 mlrd so‘m

25 yoshdan oshgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan insulinga muhtoj, shuningdek, qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan bemorlarni odam insulini bilan;

36,2 mlrd so‘m

kam ta’minlangan oilalarga mansub, qandli diabet bilan kasallangan bemorlarni metformin dori vositasi bilan bepul ta’minlash.

15,3 mlrd so‘m

15.

Endokrin kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlar va ularning oila a’zolarini kasallikni to‘g‘ri nazorat qilish va boshqarish, ratsional ovqatlanish, sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish bo‘yicha tadbirlarni “Profilaktika maktablari”da amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida

-

-

Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi

(Odilova)

16.

Hududiy endokrinologiya dispanserlarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash orqali ularda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sonini 15 tadan 40 tagacha yetkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

RIEIATM

(Turayev)

17.

Tuman (shahar) laborator-tashxislash markazlarini tashkil etish (qonda qand miqdori, glikirlangan gemoglobin, tireotrop gormoni, siydikda mikroalbuminuriya va keton tanachalarni aniqlash).

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

18.

Aholi o‘rtasida qandli diabetni erta aniqlash va monitoring qilish maqsadida glikirlangan gemoglobinni aniqlash uchun endokrinologiya dispanserlarini reaktivlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida (har yili)

8,3 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

19.

Qalqonsimon bez kasalliklarini erta aniqlash maqsadida qalqonsimon hamda qalqonsimon oldi bezlari gormonlarini (erkin tiroksin, tireotrop gormon) immunoferment aniqlash uchun endokrinologiya dispanserlarini reaktivlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida (har yili)

5,4 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

20.

Endokrin kasalligi bo‘lgan bemorlarni olti oyda bir marotaba tor doira mutaxassislari (oftalmolog, kardiolog, nefrolog, pediatr, nevropatolog, qon-tomir jarrohi, podiatrist) ishtirokida dispanserizatsiyadan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Inoyatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Aholi va bemorlarning hayot sifatini hamda salomatligini yaxshilashga qaratilgan salomatlik dasturlarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev), Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi

(Odilova),

MTRK

(Xadjayev)

22.

Uyushgan kontingent o‘rtasida (Qurolli kuchlar, IIV, oliy ta’lim muassasalari, sanoat korxonalari va boshqalar) tor doira mutaxassislari ishtirokida dispanserizatsiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

RIEIATM

(Turayev)

23.

Tasdiqlangan endokrin kasalliklar kechishini maqsadli kuzatish, tashxislash va davolash bosqichlarini belgilash uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shifoxonalarida bir kunlik statsionar kuzatish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Bir kunlik statsionar kuzatish tizimini tashkil etish tartibini hamda bemorlarga xizmat ko‘rsatish va davolash bosqichlarini belgilashning yangi standartlarini tasdiqlash.

Vazir buyrug‘i

2022-yil 1-aprel

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

25.

Zamonaviy yod aniqlovchi laboratoriya, yodlash uskunasi (dozator) va yodat kaliy bilan ta’minlanmagan osh tuzi ishlab chiqaruvchi tashkilotlar faoliyati bo‘yicha nazoratni kuchaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

(Yusupaliyev),

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

(Kasimov)

III. Endokrinologiya xizmatini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, endokrinologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish

26.

Oilaviy shifokorlarga ishlab chiqilgan protokollar va davolash algoritmlari bo‘yicha ortiqcha vazn, diabet oldi h�lat, ikkinchi tur qandli diabet, yod tanqisligi, gipotireoz kasalliklarining oldini olish, davolash va nazorat asoslarini o‘rgatish (metformin, kaliy yodid APF ingibitorlari, aspirin, statinlarni tavsiya etish).

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

(Akilov),

RIEIATM

(Turayev),

tibbiyot oliy ta’lim muassasalari

27.

Endokrin kasalliklarni erta aniqlash, asoratlarini oldini olish va davolashning yangi usullarini joriy etish bo‘yicha viloyat va tuman (shahar) tibbiyot muassasalarining shifokorlari uchun 36 soatlik sertifikatlangan uzluksiz kurslarni tashkil etish.

O‘qitishni www.endomarkaz.uz portalida interaktiv stendlar, onlayn vebinarlar, shifokorlar uchun endokrinologiya yo‘nalishida davolash va tashxislash standartlari, onlayn kurslar hamda multimediya dasturlaridan erkin foydalanish imkonini yaratish orqali amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

(Akilov),

RIEIATM

(Turayev),

tibbiyot oliy ta’lim muassasalari

28.

Uch yarim oylik (504 soatlik) sertifikatlangan o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘ygan holda, mutaxassislarni ikki yarim oy Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o‘qitish va bir oy hududiy tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish.

Reja-jadval

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblarga muvofiq

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

RIEIATM

(Turayev),

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

(Akilov),

tibbiyot oliy ta’lim muassasalari

29.

Sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimi uchun “Endokrinolog shifokor” yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida bir yillik (internatura) kurslarni tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bazasida tashkil etish.

Reja-jadval

Doimiy

Hisob-kitoblarga muvofiq

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

tibbiyot oliy ta’lim muassasalari

30.

Sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimidagi hamshiralar uchun qandli diabet va yod tanqisligi holatlarini birlamchi profilaktika qil�sh, aholining sog‘lom turmush tarzi madaniyatini oshirish bo‘yicha 36 soatlik sertifikatlangan o‘quv kurslarini tashkil etish.

Reja-jadval

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblarga muvofiq

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

(Akilov),

tibbiyot oliy ta’lim muassasalari

31.

Ortiqcha vazn, metabolik sindrom, ayollarda menopauza holatlari, YDX va bolalarda endokrin kasalliklar sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish.

Tanlov natijalari bo‘yicha ilmiy grantlar

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblarga muvofiq

Ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov), RIEIATM

(Turayev)

32.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bazasida quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha uyg‘unlashgan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish: endokrin kasalliklar epidemiologiyasi, tireoidologiya va yod tanqisligi, reproduktiv endokrinologiya, neyroendokrinologiya.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

RIEIATM

(Turayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi

(Yuldashev)

33.

Mutaxassis endokrinologlar uchun xorijdagi ixtisoslashtirilgan yetakchi klinikalar va markazlarda malaka oshirish va stajirovka o‘tash kurslarini tashkil etish.

Vazir buyrug‘i

Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq

Hisob-kitoblarga muvofiq

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

RIEIATM

(Turayev)

34.

Xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish va mahorat darslari hamda yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun xorijdan yetakchi mutaxassislarni jalb etish.

Reja-jadval

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblarga muvofiq

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

RIEIATM

(Turayev)

35.

Xorijiy ilmiy tashkilotlar, markazlar hamda ekspertlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va birgalikda tadqiqotlarni tashkil qilish.

Reja-jadval

Doimiy

Hisob-kitoblarga muvofiq

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

RIEIATM

(Turayev)

36.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini ushbu yo‘nalishdagi ilmiy muassasaga aylantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

-

-

RIEIATM

(Turayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

IV. Aholi o‘rtasida endokrinologik salomatlikni muhofaza qilish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish

37.

Qandli diabet va yod tanqisligi holatlarini birlamchi profilaktika qilish bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi

(Odilova)

38.

Nodavlat notijorat tashkilotlarni qandli diabet va yod tanqisligi holatlariga qarshi kurashish, shu jumladan yuqori xavf va zaif kishilar guruhidagi bemorlarga ruhiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshirishga jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Adliya vazirligi

(Davletov),

O‘zbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi

(Ishanxodjayev)

39.

Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshi�ish markazi tomonidan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollikning zarurligi, sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Aholi sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash markazi

(Odilova),

MTRK

(Xadjayev)

40.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning ko‘p tarmoqli klinikasi yangi binolarga ko‘chishi munosabati bilan uning tuzilmasi, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil

-

-

RIEIATM

(Turayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

2022 — 2024-yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami ko‘rsatishni rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 350,4mlrd so‘m

Shundan:

mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

350,4

shu jumladan: mahalliy budjet mablag‘lari

59,1