Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti tashkil etilishi va davlat teatrlari jamoalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 16-oktabrdagi PQ-5261-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat teatrlari jamoalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-yanvar,
19-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 19-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorida:
a) 1-ilovaning “Toshkent shahri” boʻlimi “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 2-ilovaning “VII. Taʼlim muassasalari” boʻlimi 1-bandi “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti” soʻzlari bilan toʻldirilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarori 4-bandining oltinchi xatboshisi “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda uning Nukus filialida” soʻzlaridan keyin “shuningdek, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/19/0013-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)