11.01.2022 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichida malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, oliy va professional taʼlim muassasalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni 3-bandiga muvofiq 2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab texnikumlarda oʻrta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-bosqichdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻlishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslar toifasi (texnikumdagi butun oʻqish davrida oʻquv semestrlari yakuniga koʻra oʻzlashtirish baholari “5 (aʼlo)” va “4 (yaxshi)”, biroq oʻzlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (aʼlo)” boʻlgan bitiruvchilar)ni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali bitiruvchilarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlarini oʻrganish va oʻrganish natijalari boʻyicha bitiruvchiga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 9 nafardan kam boʻlmagan tarkibda Suhbat komissiyasini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha oʻtkaziladigan suhbat jarayonlari oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari hamda Suhbat komissiyalari tomonidan tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalikka tavsiya etilgan bitiruvchilar roʻyxatini oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish hamda ularga toʻlov-kontrakt blankalarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-kontrakt shartlarini toʻliq bajargan bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) tomonidan tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-bosqichiga talabalikka oʻqishga qabul qilinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilish uchun ularni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan elektron tizimni ishlab chiqsin va ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 11-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni (keyingi oʻrinlarda — bitiruvchilar) oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan oʻqishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bitiruvchilar oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori bir talabani oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun oʻqish davrida oʻquv semestrlari yakuniga koʻra oʻzlashtirish baholari “5 (aʼlo)” va “4 (yaxshi)”, biroq oʻzlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (aʼlo)” boʻlgan bitiruvchilar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan toifaga kirmaydigan hamda texnikumni bitirganiga ikki yildan oshganlar oʻqishga kirish istagini bildirganda, ularni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bitiruvchilarni oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasasining 2-bosqichidan oʻqishga qabul qilish uchun har yili oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) buyrugʻi bilan qabul komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) qabul komissiyasining raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bitiruvchilar har yili 5-iyuldan 25-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bitiruvchilar oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha roʻyxatdan oʻtishida tizimga shaxsiy maʼlumotlarini kiritishi va quyidagi hujjatlarni yuklashi talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki ID-karta nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikumni bitirganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali bitiruvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari muvofiqlashtirilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Onlayn roʻyxatdan oʻtgan bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5-avgustga qadar oʻrganib chiqiladi va oʻrganish natijalari boʻyicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bitiruvchilar tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda, u suhbatdan (talabalikka qabul qilingandan keyin aniqlansa, talabalikdan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Suhbat jarayonini tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) har yili 10-avgustga qadar oʻz buyrugʻi bilan har bir taʼlim yoʻnalishi boʻyicha alohida Suhbat komissiyasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasi 9 nafardan kam boʻlmagan tarkibda tuziladi va uning tarkibiga kadrlarning asosiy ish beruvchilari boʻlgan tashkilotlar va oliy taʼlim muassasasi boʻysunuvi boʻyicha vazirliklar va idoralarning masʼul xodimlari, sohaga taalluqli texnikumning malakali oʻqituvchisi hamda boshqa oliy taʼlim muassasasining tegishli soha boʻyicha professor-oʻqituvchisi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha suhbat jarayoni toʻliq videokuzatuv ostida oʻtkaziladi va jarayon ota-onalar, kuzatuvchilar uchun ajratilgan alohida kutish joyiga ovozli tarzda onlayn translyatsiya qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat jarayoni toʻliq va sifatli videokuzatuv ostida oʻtkazilishini va videoyozuvlarning kamida uch yil oliy taʼlim muassasasida saqlanishini taʼminlash masʼuliyati shaxsan oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha oʻtkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha, oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda, Suhbat komissiyasi tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat oʻtkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat jarayoniga jamoatchilik vakillari ham xolis kuzatuvchi sifatida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilangan muddatlarda suhbatga kelmagan bitiruvchilarga shu oʻquv yili uchun qayta suhbat oʻtkazilmaydi va ular oliy taʼlim muassasasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-bosqichidan oʻqishga qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchi uzrli sabablarga koʻra (kasalligi, xizmat safarida boʻlganligi yoki oila aʼzolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) suhbatda ishtirok eta olmaydigan boʻlsa yoki ishtirok etmasa, suhbat oʻtkazilgan sanadan uch kundan kechikmay oliy taʼlim muassasasida tuzilgan qabul komissiyasiga murojaat etishi lozim. Mazkur toifadagi bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng bir hafta muddat ichida qoʻshimcha suhbat oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Suhbat jarayonida bitiruvchilarning har biriga quyidagi mavzular boʻyicha bittadan jami toʻrtta savol beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda oʻz sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish koʻrsatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (oʻqishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, masʼuliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi sohasidagi bilim va kasbiy koʻnikmalarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur savollar boʻyicha baholash mezonlari tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadi hamda ularning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Savollar oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savollar mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mavzularga mos tuzilganligi boʻyicha masʼuliyat qabul komissiyasi raisi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Suhbat jarayonida Suhbat komissiyasining har bir aʼzosiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy shakldagi bitiruvchining suhbat natijalarini qayd etish varagʻi (keyingi oʻrinlarda — suhbat natijalarini qayd etish varagʻi) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasi aʼzolari tomonidan suhbat natijalarini qayd etish varagʻiga har bir bitiruvchi bilan oʻtkazilgan suhbat natijasiga koʻra ball belgilab boriladi va imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muayyan taʼlim yoʻnalishi (guruh) boʻyicha suhbat jarayoni yakunlangach Suhbat komissiyasi aʼzolari tomonidan toʻldirilgan suhbat natijalarini qayd etish varaqlaridagi ballar hisoblab chiqiladi va shu asosida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunaviy shakldagi bitiruvchi bilan oʻtkazilgan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varagʻi (keyingi oʻrinlarda — suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varagʻi) toʻldirilib, Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varagʻiga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballarning oʻrtachasi 67 ball va undan yuqori boʻlganda abituriyent suhbatdan oʻtgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan taʼlim yoʻnalishi (guruh) boʻyicha oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra suhbatdan oʻtganlar roʻyxati shu kunning oʻzida abituriyentlarga oʻqib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oliy taʼlim muassasasida suhbatlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatlari suhbat natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida oliy taʼlim muassasasida toʻgʻridan-toʻgʻri yozma shaklda yoki Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn shaklda qabul qilinadi va appelyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha boʻlgan muddatda videoyozuv asosida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Suhbat natijalariga koʻra talabalikka tavsiya etilganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch kun muddatda oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan boʻysunuvi boʻyicha vazirlik, idoraga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Suhbat komissiyasining suhbat natijalarini qayd etish hamda suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varaqlari uch yil oliy taʼlim muassasasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Suhbat komissiyasi aʼzolari mehnatiga haq toʻlash oliy taʼlim muassasalari talabalariga oʻquv mashgʻulotlarini olib borganlik uchun belgilangan soatbay haq toʻlash shartlarida oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varagʻiga asosan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-bosqichidan oʻqishini davom ettirish uchun oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan talabalikka tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Talabalikka tavsiya etilganlarning umumiy roʻyxati suhbat jarayoni toʻliq yakunlangandan soʻng bir kun muddatda oliy taʼlim muassasasining veb-saytida eʼlon qilinadi va shu kundan boshlab ularga belgilangan namunadagi toʻlov-kontrakt blankalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Talabalikka tavsiya etilganlar uchun toʻlov har yili kontrakt shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt shartlari, tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varagʻiga asosan talabalikka tavsiya etilganlar belgilangan muddatlarda toʻlov-kontrakt shartlari bajarilgandan soʻng oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan muayyan bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-bosqichiga oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan (oʻzlashtirish baholari “5 (aʼlo)” va “4 (yaxshi)”, biroq baholarning kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (aʼlo)” boʻlgan) bitiruvchi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadi.

Har yili 5-iyuldan 25-iyulga qadar

2-bosqich

Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari

1. Bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlarini oʻrganadi.

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha bitiruvchiga shaxsiy kabineti orqali xabar beradi.

Har yili 5-avgustga qadar

3-bosqich

Oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filiallar direktorlari)

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 9 nafardan kam boʻlmagan tarkibda Suhbat komissiyasini tuzadi.

Har yili 10-avgustga qadar

4-bosqich

Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari hamda Suhbat komissiyalari

Bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha oʻtkaziladigan suhbat jarayonlarini tashkil etadi.

Har yili 10-avgustdan 25-avgustga qadar

5-bosqich

Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari

1. Talabalikka tavsiya etilganlar roʻyxatini oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

2. Toʻlov-kontrakt blankalarini talabalikka tavsiya etilganlarga beradi.

Suhbat jarayoni toʻliq yakunlangandan soʻng 1 kun muddatda

6-bosqich

Oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filiallar direktorlari)

Toʻlov-kontrakt shartlarini toʻliq bajargan talabalarni tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-bosqichiga oʻqishga qabul qiladi.

Shartnoma toʻlovi amalga oshirilgandan soʻng 10 kun muddatda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar bilan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlaridagi suhbat natijalarini qayd etish varagʻi

‎‎‎________________________________________________________________________________________(oliy taʼlim muassasasi nomi)

‎‎________________________________________________________________________________________ (taʼlim yoʻnalishi nomi)

‎‎__________________________
‎‎(taʼlim shakli)

‎‎___________________________
‎‎(taʼlim tili)

‎‎__________________________
‎‎(sana)

‎T/r‎‏

‎Bitiruvchining
‎ F.I.O.‎‏

Bitiruvchiga qoʻyilgan ball‎‎

Suhbat
‎komissiyasi aʼzosining imzosi ‎‏

Jami‎‎

1-savol‎‎

2-savol‎‎

3-savol‎‎

4-savol‎‎

1.

2.

3.

4.‎

...‎

‎‎...

...

...

...

...

...

...

‎‎Suhbat komissiyasi aʼzosi ___________________________________________________ _________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar bilan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarida oʻtkazilgan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varagʻi

‎________________________________________________________________________________________
‎(oliy taʼlim muassasasi nomi)‎‎

________________________________________________________________________________________
‎(taʼlim yoʻnalishi nomi)

‎‎________________________
‎‎(taʼlim shakli)

‎‎___________________________
‎‎(taʼlim tili)

‎__________________________
(sana)‎‎‎

T/r‎

‎‎Bitiruvchining
‎F.I.O.

‎‎Komissiya
‎ aʼzolari soni

‎‎Jami toʻplagan
‎ bali

Oʻrtacha bali‎‎

1.‎

‎‎

2.‎

‎3.

4.

...‎

...

...

...

...

‎‎Suhbat komissiyasi raisi ___________________________________________________

‎‎______________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)‎

‎‎ Suhbat komissiyasi aʼzolari

‎‎____________________________________________________‎‎

‎‎______________‎

‎‎(F.I.O.)‎

‎‎(imzo)

‎‎____________________________________________________‎

‎‎______________‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)‎

‎‎____________________________________________________‎‎

‎‎‎‎______________‎

‎‎‎‎(F.I.O.)

‎‎‎‎(imzo)‎‎

‎‎‎‎____________________________________________________‎‎ ‎‎

‎‎‎‎‎‎______________‎ ‎‎‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎‎‎‎‎(imzo)‎‎‎

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/17/0012-son)