O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi Vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-dekabrdagi 1041-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzurida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-dekabr,
793-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 793-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-dekabrdagi 1041-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Qarorning nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 3-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakolatxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 6-bandda:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 1 — 3-ilovalarning nomlarida “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakolatxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 09/21/793/1222-son)