1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6324-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6324-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yil 1-noyabrdan boshlab tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yillik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining (moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarini inobatga olmagan holda) 10 foizi miqdoridagi budjet mablagʻlari;

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan ajratiladigan mahalliy budjetlar qoʻshimcha manbalarining 3 foizi miqdoridagi ajratma;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olingan mablagʻlar;

homiylik mablagʻlari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarining shakllantirishning asosiy manbalari va ushbu mablagʻlardan foydalanishning maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xodimlarga har oylik ustamalar belgilash va toʻlash, shuningdek, ularni mukofotlash va ijtimoiy himoya qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisobotini yuritish, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
779-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 779-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlariga shaxsiy va ragʻbatlantiruvchi ustamalar toʻlash, ularni mukofotlash va ijtimoiy himoya qilish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaklida ochilgan tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarining (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) boʻlimi) shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamgʻariladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va tasarruf qilish tuman (shahar) boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yillik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining (moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarini inobatga olmagan holda) 10 foizi miqdoridagi budjet mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan ajratiladigan mahalliy budjetlar qoʻshimcha manbalarining 3 foizi miqdoridagi ajratma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan har yili tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi orqali foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy va ragʻbatlantiruvchi ustamalar belgilash va toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlariga moddiy yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Lavozim maoshlariga har oylik ustamalar xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini vijdonan va yuksak tashabbuskorlik asosida bajarishni ragʻbatlantirish maqsadida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik ustamalar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida uch oydan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari (qoldiq mablagʻlar) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda mazkur Nizomda belgilangan tartibda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xodimlarga shaxsiy va ragʻbatlantiruvchi ustamalar toʻlash, ularni mukofotlash va ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar mazkur Nizomga ilovadagi sxema asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mukofotlash davriy va bir martalik shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fuqarolar yigʻinlari raislari har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga taqdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 14-avgustdagi 485-son qaroriga muvofiq tahlil qilib, xodimlar faoliyatining samaradorlik darajasini reyting tizimida baholaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan reyting baholash natijalariga koʻra “namunali”, “yaxshi”, “qoniqarli” deb topilgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlariga baholashning reyting tizimi boʻyicha (100,75,50 foizgacha miqdorda) har oylik ustamalar belgilanadi hamda kelgusi chorak davomida qoʻllaniladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari faoliyatini baholash natijalari tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlanadi hamda natijasi keyingi oyning 15 sanasiga qadar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hududiy boshqarmalariga, boshqarmalar esa Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligiga taqdim etadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari bayram (ishlanmaydigan) kunlari munosabati bilan lavozim maoshining bir baravarigacha miqdorda bir martalik mukofot bilan moddiy ragʻbatlantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Har oylik ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy muhofaza qilishning aniq miqdorlari va ular tatbiq etiladigan xodimlar mazkur Nizom talablariga muvofiq Jamgʻarma tushumlari hajmidan kelib chiqib, tuman (shahar) boʻlimi boshligʻining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilish yuzasidan hisobotlar taqdim etish, nazorat va javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va tuman (shahar) boʻlimi tomonidan tegishli hududiy moliya organlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari rahbarlariga yuklanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Masʼullar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Fuqarolar yigʻinlari raislari
Har chorak yakuni boʻyicha maʼlumotlarni tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga taqdim etadi.
Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar
2-bosqich
Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 14-avgustdagi 485-son qaroriga muvofiq tahlil qilib, xodimlar faoliyatining samaradorlik darajasini reyting tizimida baholaydi.
Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar
3-bosqich
Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi
Reyting baholash natijalari boʻyicha “namunali”, “yaxshi”, “qoniqarli” deb topilgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlariga baholashning reyting tizimi boʻyicha (100, 75, 50 foizgacha miqdorda) har oylik ustamalar belgilaydi hamda kelgusi chorak davomida qoʻllaydi.
Kelgusi chorak davomida
4-bosqich
Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hududiy boshqarmalari
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari faoliyatini baholash natijalarini tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlaydi hamda natijasini tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hududiy boshqarmalariga, boshqarmalar esa Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligiga taqdim etadi.
Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/779/1208-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)