28.12.2021 yildagi 778-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.12.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida xususiylashtirish va transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-martdagi 161-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni ijrosini taʼminlash, “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini kelgusida xususiylashtirish maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Osiyo taraqqiyot bankining ushbu jarayonlarda qatnashishi yuzasidan murojaatini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining investitsiyaviy jozibadorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli oʻzgartirishlarni amalga oshirish orqali xususiylashtirish jarayonlarida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining ishtirok etishiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida xususiylashtirish va transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-martdagi 161-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2023-yil yakuniga qadar “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini xususiylashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
778-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 778-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida xususiylashtirish va transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-martdagi 161-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nomidagi “Xalqaro moliya korporatsiyasi” soʻzlari “xalqaro moliya institutlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2019-yil 5-iyulda “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining (keyingi oʻrinlarda — Bank) faoliyatini institutsional oʻzgartirish va zamonaviy biznes modelini joriy etish boʻyicha Bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — XMK) oʻrtasida loyihaga xizmat koʻrsatish kelishuvi, 2021-yil 17-fevralda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) bilan aktivlar va passivlarni boshqarishni takomillashtirish va xalqaro tajribani joriy qilish yuzasidan texnik yordam koʻrsatish kelishuvi imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMK, YETTB va Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) tomonidan mos ravishda 75 million, 50 million va 50 million AQSh dollari ekvivalentigacha miqdorda har bir kreditorning xohishiga koʻra toʻliq yoki uning bir qismini Bankning qoʻshimcha chiqariladigan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan kredit liniyalari ochilishi toʻgʻrisida bitimlar imzolanishi rejalashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bankning XMK, YETTB va OTB bilan imzolangan (imzolanadigan) tegishli kredit bitimlarida nazarda tutilgan shartlar asosida Bankning kredit boʻyicha XMK, YETTB va OTB oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini bank tomonidan qoʻshimcha chiqariladigan oddiy aksiyalarga konvertatsiya qilish imkoniyatini berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “XMKga” soʻzi “XMK, YETTB va OTBga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 7-bandning birinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muzokaralar olib borish vakolati berilsin va Oʻzbekiston Respublikasi nomidan harakat qiladigan Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — TTJ) hamda XMK, YETTB, OTB oʻrtasida belgilangan tartibda quyidagi bitimlar tuzilishi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu loyihani amalga oshirish uchun tomonlar majburiyatlari, shu jumladan, Bankdagi davlat nazorat paketini kamaytirish tartibi, muddati va usullari, shuningdek, Bank faoliyatini tijoratlashtirishga erishish va uning operatsion mustaqilligini oshirishga doir chora-tadbirlar koʻrsatilgan implementatsiya toʻgʻrisidagi bitimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMK, YETTB, OTB bilan kredit bitimlarining amal qilish muddati mobaynida Bank ustav fondi (kapitali)dagi davlat ulushini kamida 50 foiz va bir dona aksiya miqdorida saqlashni nazarda tutadigan (davlat tomonidan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq oʻz majburiyatlarini bajarish hollari bundan mustasno) ustav fondi (kapitali)dagi miqdorni saqlash toʻgʻrisidagi bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning taqdim etilgan kreditlar boʻyicha XMK, YETTB va OTB oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini Bankning qoʻshimcha chiqarilgan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish boʻyicha tegishli opsionini XMK, YETTB va OTB tomonidan amalga oshirishda tuziladigan va Moliya vazirligi, TTJ, XMK, YETTB hamda OTBning Bankni boshqarish boʻyicha vakolatlari aniq koʻrsatilgan aksiyadorlik bitimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va/yoki Bank tomonidan “yoʻl xaritasi” va bitimlar shartlari bajarilmagan taqdirda, Bankning XMK, YETTB va OTBga tegishli boʻlgan aksiyalarini Bankning taqdim etilgan kredit boʻyicha XMK, YETTB va OTB oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini Bankning qoʻshimcha chiqarilgan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish boʻyicha tegishli opsionini XMK, YETTB va OTB tomonidan amalga oshirishda tuziladigan shartnomada belgilangan tartibda TTJ tomonidan qayta sotib olish boʻyicha davlat majburiyatlarini oʻz ichiga oladigan aksiyalarni qayta sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 778-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil yakuniga qadar “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini xususiylashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼullar

I. Bankning korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha

1.

“Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining (keyingi oʻrinlarda — Bank) kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil aʼzolarni jalb qilish

1. Bankni rivojlan�irish strategiyasidan kelib chiqib, xalqaro tajribaga ega boʻlgan mustaqil aʼzolikka nomzodlar roʻyxatini tuzish va ular orasidan munosib nomzodlarni tanlab olish.

2. Bank Kuzatuv kengashi aʼzoligiga saylash uchun nomzodlarni Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi muhokamasiga kiritish.

3. Mustaqil aʼzolar sonini 5 nafarga yetkazish (jami aʼzolar soni 9 nafardan oshmagan holda).

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi, Kuzatuv kengashi

2.

Bank Kuzatuv kengashi huzuridagi qoʻmitalar faoliyatini takomillashtirish.

1. Bank Kuzatuv kengashi huzuridagi qoʻmitalarni shakllantirishda xorij tajribasi asosida qoʻmitalar tarkibi asosan mustaqil aʼzolardan iborat boʻlishini va/yoki qoʻmitalar raisligiga tayinlanishini taʼminlash.

2. Kuzatuv kengashining Strategiya qoʻmitasini tashkil qilish.

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi, Kuzatuv kengashi

3.

Bank Kuzatuv kengashi aʼzolarini ragʻbatlantirish va mukofotlashda xalqaro tajriba standartlarini qoʻllash.

Kuzatuv kengashi aʼzolarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish

2022-yil mart

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi

4.

Bank boshqaruvini ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish.

Kuzatuv kengashi tomonidan boshqaruv aʼzolari faoliyati samaradorligini baholash (KPI) koʻrsatkichlarini bankning boshqaruvi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirishlarni kiritgan holda tasdiqlash;

Bank boshqaruv aʼzolari faoliyat samaradorligini baholash (KPI) koʻrsatkichlari asosida ular mehnatiga haq toʻlash tizimini joriy qilish.

2022-yil yanvar

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi

5.

Bankka aloqador shaxslar, shu jumladan, davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlariga doir barcha amaliyotlarni tartibga soluvchi siyosatni joriy qilish.

1. Yirik bitim va affillangan shaxslar bilan bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil yanvar

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

2. Bankka aloqador shaxslar bilan amalga oshirilayotgan amaliyotlarni nazor�t qilish boʻyicha Audit qoʻmitasi va Ichki audit departamentiga qoʻshimcha vakolatlar berish.

2022-yil I-II choraklar

6.

Xalqaro moliya institutining bank aksiyadorlari tarkibiga kirish toʻgʻrisidagi tegishli xabarnomasi olingandan soʻng mustaqil direktorlar orasidan Bank Kuzatuv kengashi raisini saylash.

Kuzatuv kengashi raisini qayta saylash masalasini Kuzatuv kengashi yigʻilishi muhokamasiga kiritish.

Xalqaro moliya institutidan kredit liniyasini konvertatsiya qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingandan keyin 90 kun muddatda

Kuzatuv kengashi

7.

Milliy qonunchilik talablari va “Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ boshq�ruv tamoyillari” asosida korporativ boshqaruvga doir ichki hujjatlarni yangilash.

1. Bank Korporativ kodeksini, Bank Korporativ boshqaruv qoidalarini, Bank Korporativ boshqaruv siyosatini, Kengash aʼzoligiga nomzodlarni tanlash Nizomini (mustaqillik va kasbiy mahoratni, malakani hisobga olgan holda), Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish Reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil fevral

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

2. Kuzatuv kengashi aʼzolarini tanlash va ularni saylash Nizomini ishlab chiqish.

2022-yil iyun

8.

Korporativ boshqaruv sifatini baholash.

Korporativ yil yakuni boʻyicha korporativ boshqar�v sifati mustaqil baholanishini taʼminlash va natijalarini Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi muhokamasiga kiritish.

Har yili II chorak

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

9.

Bank faoliyati shaffofligini taʼminlash.

Bank faoliyati toʻgʻrisidagi yillik moliyaviy va nomoliyaviy hisobotlarni bank veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilish tartibini taʼminlash.

Doimiy ravishda

Bank boshqaruvi

II. Risk menejmenti tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha

10.

Bank Kengashi va Risklarni nazorat qilish qoʻmitasining risklarni boshqarish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish.

Risk menejmenti departamenti Bank Kuzatuv kengashi va Risklarni nazorat qilish qoʻmitasi oʻrtasida doimiy uchrashuvlarni tashkil etish va bunda quyidagilarni inobatga olish:

1. Risk appetitni doimiy ravishda kuzatib borish.

2. Risk menejmenti departamentiga “veto” huquqini berish.

2022-yil I chorak

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

11.

Tarkibiy boʻlinmalar faoliyatidagi risklardan kelib chiqib ularni auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish tizimini joriy qilish.

1. Audit tekshiruvlari yillik rejasini ishlab chiqishda tar�ibiy boʻlinmalarda mavjud risklarni baholash tizimini ishlab chiqish.

2. Risklarni baholash natijasiga koʻra tarkibiy boʻlinmalarni Audit tekshiruvlari yillik rejasiga kiritish.

2022-yil yanvar

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

12.

Operatsion risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish.

Operatsion risklarni boshqarishda asosiy risk indikatorlari (KRI-Key Risk Indicators) va hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish (Loss data collection) instrumentlarini joriy qilish.

2022-yil aprel

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

13.

Tashqi auditorlarni tanlash tizimini takomillashtirish.

Tashqi auditorlarni tanlab olish, shartnomalar tuzish va ularni rotatsiya qilish, shuningdek, noauditorlik xizmatlarini koʻrsatish ishlarini tartibga soluvchi siyosatni ishlab chiqish va qabul qilish.

2022-yil aprel

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

14.

Ijtimoiy va ekologik risklarni boshqarish tizimini joriy qilish.

Ijtimoiy va ekologik risklarni boshqarish tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil dekabr

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

III. Bank tarmoqlarini transformatsiya qilish

15.

Buxoro viloyati misolida bank tarmoqlari faoliyatini transformatsiya qilish

1. Filial tarmoqlarini transformatsiya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Buxoro viloyatida filiallar tarmogʻini transformatsiya qilish boʻyicha Ishchi guruh ishini yoʻlga qoʻyish.

3. Filiallarning har bir faoliyat yoʻnalishini soddalashtirish, markazlashtirish, avtomatlashtirish nuqtai nazaridan kelib chiqib oʻrganib chiqish.

4. Tarmoqlarni transformatsiya qilish ishlarini qoʻllab-quvvatlash va monitoring olib borishga yoʻnaltirilgan — oʻzgartirishlar yoʻl xaritasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Namunaviy loyihani bank tizimiga tatbiq qilish rejasini tasdiqlash.

6. Ushbu jarayonlarga Bank mahsulotlarini sotish va tarmoqlarni muvofiqlashtirish departamentining barcha imkoniyatlarini safarbar qilish.

2022-yil

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

16.

Mintaqaviy boshqaruv tuzilmalarini optimallashtirish.

1. Funksiyalarni markazlashtirish, mintaqaviy boshqaruv tuzilmalarini optimallashtirish va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini standartlashtirish.

2. Filial tarmoqlarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish.

3. Boshqaruv hisobotlarini standartlashtirish va avtomatlashtirish.

4. Kredit qarorlari qabul qilinishini markazlashtirish.

2022-yil

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

17.

Mijozlarga hududiy miqyosda xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

1. Har bir hudud boʻyicha yagona MFO tizimiga oʻtish.

2. Hududdagi mijozlarga yagona mijoz tariqasida xizmat koʻrsatish, yaʼni hududdagi mijozga qulay boʻlgan istagan tarmoq orqali bank xizmatlarini taqdim etish.

3. Bank boʻyicha yagona MFOga oʻtish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil

Bank boshqaruvi

18.

Tarmoqlarda mahsulotlarni sotish jarayonlari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

1. Mahsulotlarni sotish, kross sotuv va xizmat koʻrsatish standartlari boʻyicha oʻquv materiallarini ishlab chiqish va oʻqitish jarayonlarini standartlashtirish.

2. Tarmoq xodimlarini oʻqitish uchun treninglar tashkil etish.

3. Standartlarning bajarilishini nazorat qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.

4. �ichik va oʻrta biznes hamda chakana biznes segmentlari mahsulotlarini boshqarishning standart tizimini joriy qilish.

2022-yil

Bank boshqaruvi

IV. Bankning biznes modelini oʻzgartirish boʻyicha

19.

Bankning amaldagi rivojlanish strategiyasi bajarilishini taʼminlash

Strategiyada belgilangan vazifalar bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni Kuzatuv kengashi muhokamasiga kiritib borish.

Kuzatuv kengashi tomonidan Strategiya bajarilishini baholash va Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yigʻilishiga kiritish.

doimiy ravishda

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi,

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

20.

Biznes jarayonlarni xalqaro bank amaliyoti standartlari asosida qurish.

1. Xalqaro tajribaga ega boʻlgan malakali mutaxassislarni va xorijiy ekspertlarni ishga jalb qilish.

2022-yil fevral

Bank boshqaruvi

2. Bankning barcha biznes jarayonlari xalqaro bank amaliyoti talablari asosida ishlab chiqilishini taʼminlash.

2022-yil sentyabr

21.

Loyihalarni moliyalashtirishda mustaqil qaror qabul qilinishini taʼminlash.

Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishda operatsion mustaqillik, bozor tamoyillari va risklarni boshqarish tizimidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda Bank Kredit siyosati asosida qaror qabul qilish.

Doimiy ravishda

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

22.

Bank faoliyatiga xos boʻlmagan yoʻnalishlarga bank mablagʻlarini yoʻnaltirmaslik.

Bank faoliyatiga xos boʻlmagan yoʻnalishda tijorat tashkilotlarining ustav fondiga (kapitaliga) investitsiya tariqasida mablagʻ kiritishni toʻxtatish.

Doimiy ravishda

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

23.

Bankda xodimlarni mehnat samaradorligini baholash tizimi (KPI) asosida ragʻbatlantirish.

1. Bank xodimlarni mehnat faoliyati samaradorligini baholash tartibi boʻyicha Nizom ishlab chiqish;

2022-yil aprel

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

2. Bank boshqaruvi, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va filial xodimlari uchun alohida tartibda KPI natijalari asosida ragʻbatlantirish metodologiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil may

3. Bosh ofis va filiallari tarmogʻi xodimlarini ragʻbatlantirish mexanizmiga yuklangan vazifalarni bajarish, shu jumladan, mijozlarning sadoqati va qoniqish darajasidan kelib chiqqan holda mehnat samaradorligini baholash tizimini (KPI) bosqichma-bosqich joriy etish.

4. Mehnat samaradorligini baholash tizimi koʻrsatkichlarini hisoblash ishlarini bosqichma-bosqich avtomatlashtirish.

2022-yil iyul

24.

Bank aktivlari tarkibini diversifikatsiyalash va maqbullashtirish choralarini koʻrish.

1. Bank aksiyadorlarining manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan kelib chiqib bank aktivlari va kredit portfeli tuzilmasini takomillashtirish, xorijiy valyutadagi kreditlar ulushini kamaytirish.

2. Milliy valyutada moliyalashtirish imkonini beruvchi kredit liniyalarini jalb qilish.

2022-2023-yillar

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

25.

Bank xizmatlari jozibadorligini oshirish, zamonaviy va masofaviy moliyaviy xizmat turlarini kengaytirish.

1. Mobil ilovalar orqali taqdim etilayotgan xizmat turlarini kengaytirish.

2. Xalqaro bank amaliyotida keng foydalaniladigan kredit kartalarni joriy qilish.

3. Kichik va oʻrta biznes, korporativ biznes hamda chakana biznes segmentlari uchun yangi turdagi aktiv va passiv mahsulotlarni ishlab chiqish va amalda tatbiq qilish.

2022-yil

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

26.

Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Xodimlar malakasini oshirishda tavakkalchiliklarni boshqarish, IT sohasiga alohida eʼtibor qaratish. Bunda, Rossiyaning Sber universiteti bilan tuzilgan memorandum asosida bank xodimlarining malakasini oshirish.

2. Xodimlarning zaruratga koʻra xorijda malakasini oshirishni tashkil etish hamda chet el banklari va xalqaro moliya tashkilotlarining tajribali mutaxassislarini Bankda tashkil etiladigan trening mashgʻulotlariga jalb qilish.

2022-yil

Bank boshqaruvi

27.

Xalqaro tajriba asosida muammoli qarzdorliklarni boshqarish tizimini takomillashtirish.

Kredit qarzdorliklari bilan ishlash tizimini xalqaro standartlar talablari asosida yoʻlga qoʻyish.

2022-yil dekabr

Bank boshqaruvi

28.

Gʻaznachilik faoliyatini transformatsiya qilish.

1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, KPMG auditorlik tashkiloti bilan hamkorlikda Gʻaznachilik yoʻnalishida aktiv-passivlarni klassik boshqarish tizimining eng yaxshi tajribasini amaliyotga joriy qilish.

2022-yil fevral

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

2. Bankning biznes yoʻnalishlariga moliyaviy resurslarni samarali yoʻnaltirish maqsadida ichki transfert narxlarni boshqarish tizimini joriy etish.

2022-yil

29.

Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammolarni hal qilish, yashil iqtisodiyotni transformatsiya qilish va yashil moliyalashtirish yoʻnalishida yetakchilikni taʼminlash uchun yashil moliyaviy xizmatlar koʻlamini kengaytirish.

1. Green banking siyosatini tasdiqlash.

2. Green banking marketing strategiyasini ishlab chiqish va joriy qilish.

3. “Yashil moliyalashtirish” boʻyicha vakolatlar markazini tashkil qilish.

4. “Yashil moliyalashtirish” mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy qilish.

5. Yashil brendni va Bankning biznes jarayonlarini “yashillashtirish”ni rivojlantirish.

2022-yil iyun

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

V. Bankda axborot texnologiyalari infratuzilmasini takomillashtirish

30.

Xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi yangi protsessing marka�ini tashkil qilish.

WAY4 protsessing markazini ishga tushirish, barcha turdagi xalqaro kartalarni muomalaga chiqarish, multivalyutali va kredit kartalari sotuvini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil aprel

Bank boshqaruvi

31.

Axborot texnologiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish va tartibga solish.

1. ITIL jarayonlarini tatbiq qilish, xizmat koʻrsatish miqyosi boʻyicha bitim tuzish, axborot texnologiyalari tashkiliy tuzilmasini modernizatsiya qilish.

2. IT strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. IT audit oʻtkazish tizimini ishlab chiqish hamda Ichki audit departamentiga IT audit oʻtkazish yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha vakolatlar berish.

2022-yil dekabr

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

32.

Mijozlarga xizmat koʻrsatish jarayonlarini avtomatlashtirish.

Bankda mavjud barcha biznes jarayonlarning operatsion qismini Bankda tashkil etilgan Operatsion blok yordamida bosqichma-bosqich avtomatlashtirish.

2022-yil dekabr

Bank boshqaruvi

33.

Bankda moliyaviy menejment tizimini raqamlashtirish.

Zamonaviy moliyaviy menejmentning avtomatlashgan tizimi — “Budjetlashtirish” dasturiy kompleksini joriy qilish.

Xarajatlar va foydani (yoki zararn�) biznes yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlash tizimini amaliyotga tatbiq qilish.

2022-yil sentyabr

Bank boshqaruvi

34.

Zamonaviy axborot tizimlarini joriy qilish.

1. Bankning yangi axborot tizimini joriy qilish masalasini koʻrib chiqish.

2. Kontakt-markaz faoliyati uchun zarur boʻlgan axborot tizimlarini toʻliq joriy qilish va markaz faoliyatini keng miqyosga chiqarish.

3. Maʼlumotlar ombori (Data Ware Nouse), mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimi (CRM), kredit konveyer dasturiy tizimini joriy qilish.

4. Maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini (asosiy va zaxira) tashkil qilish.

5. Maʼlumotlar omborini (Data Ware Nouse) tashkil qilish uchun mustaqil ekspertlarni jalb qilish.

2022-yil dekabr

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

35.

It loyihalarini amalga oshirishning samarali tizimini yaratish.

1. Axborot texnologiyalari departamenti tarkibida Itni rivojlantirish boʻlinmasini tashkil qilish.

2. Boʻlinma tomonidan axborot texnologiyalari borasidagi loyihalarni shakllantirish, ularni bank faoliyatini raqamlashtirishdagi ahamiyatini hisobga olgan holda amalga oshirish ishlarini boshqarishni yoʻlga qoʻyish.

2022-yil yanvar

Bank boshqaruvi

36.

It loyihalarini boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Bank boshqaruvi huzurida Texnologik qoʻmitani tashkil qilish.

2. Qoʻmita faoliyatini Bankni transformatsiya qilish uchun eng muhim boʻlgan loyihalarni tanlab olish va amalga oshirishga qaratish.

2022-yil aprel

Bank boshqaruvi

VI. Bankni xususiylashtirishning asosiy bosqichlari

37.

XMK, YETTB va OTB tomonidan ajratiladigan kreditlarni toʻliq yoki ularning bir qismini Bankning qoʻshimcha chiqariladigan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan jami 175 mln AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyalarini jalb qilish

1. Tegishli korporativ qarorlarni qabul qilish (Boshqaruv, Kengash, Aksiyadorlar umumiy yigʻilish qarorlari);

2022-yil avgust

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi,

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

2. Bank va Xalqaro moliya instituti (XMK, YETTB, OTB) va/yoki xalqaro moliya instituti va Bank aksiyadorlari oʻrtasida zarur moliyaviy hujjatlarni imzolash (Kredit bitimlari, Bank kapitalida ulushini saqlab qolish toʻgʻrisida bitim — Share retention agreement, Investitsiya shartnomasi — Investment Agreement);

2022-yil oktyabr

3. Kredit bitimi kuchga kirishi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish (Conditions Precedent) va kredit liniyasi mablagʻlarini loyihalarga yoʻnaltirish.

Kredit bitimi imzolangan sanadan boshlab 6 oy muddatda

38.

XMK, YETTB va OTBning kredit liniyalari mablagʻlarini Bank kapitaliga konvertatsiya qilish

Xalq�ro moliya institutining Bank aksiyadorlari tarkibiga kirish toʻgʻrisidagi tegishli xabarnomasi olingandan soʻng:

1. Bankni VMning kotibiyatlari tarkibidan chiqarish va mustaqil direktorlar orasidan Bank Kuzatuv kengashi raisini saylash;

Xalqaro moliya institutidan kredit liniyasini konvertatsiya qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingandan keyin 90 kun muddatda

Moliya vazirligi,

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

2. Xalqaro moliya institutining Bank aksiyadorlari tarkibiga kirishi boʻyicha tegishli bitimlar imzolanishi (Shareholders Agreement, Subscription Agreement, the Uzbek law governed Sale and Purchase Agreement, Put Option Agreement and Policy Agreement);

Bank ustav kapitalini oshirish va oddiy aksiyalarni emissiya qilish yuzasidan tegishli korporativ qarorlarni qabul qilish (Boshqaruv va Kengash);

Ustavga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;

Bank yangi aksiyalarini tegishli organlarda roʻyxatga olish;

Bank va Xalqaro moliya instituti oʻrtasida aksiyalarni sotib olish shartnomasini imzolash va aksiyalarni Xalqaro moliya instituti nomiga oʻtkazish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

Xalqaro moliya instituti xabarnomasidan soʻng 120 kunda

39.

Xususiylashtirish yuzasidan professional maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi nufuzli xalqaro kompaniya yoki investitsion bankni (Moliyaviy maslahatchi) tanlash.

1. Moliyaviy maslahatchini tanlash boʻyicha tender (tanlov)ni oʻtkazish;

2. Moliyaviy maslahatchini tanlash va zarur shartnomalarni imzolash.

2023-yil sentyabr

Moliya vazirligi,

Bank boshqaruvi

40.

Bankni xususiylashtirish boʻyicha qoʻshma rejani ishlab chiqish.

Xususiylashtirish jarayoniga sifatli takliflarni jalb qilish yuzasidan bosqichlarni batafsil koʻrsatuvchi va Bankni xususiylashtirishni 2023-yil 31-dekabrga qadar yakunlashni nazarda tutuvchi xususiylashtirish boʻyicha qoʻshma rejani ishlab chiqish va tasdiqlash

2022-yil oktyabr

Moliya vazirligi,

Bank boshqaruvi

41.

Bankning kapitalidagi davlat ulushini salohiyatli investorlar orasida joylashtirish yoʻli bilan 2023-yil yakuniga qadar bank ustav kapitalidagi davlat ulushini 50% dan kamaytirish orqali xususiylashtirishni amalga oshirish.

1. Xususiylashtirishning eng maqbul usulini tanlash.

2. Investorlar uchun taqdimot materiallarini tayyorlash, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish (road-shou va boshqalar), salohiyatli investorlarni aniqlash.

3. Bankning kapitalidagi davlat ulushini salohiyatli investorlar orasida joylashtirish.

2023-yil dekabr

Moliya vazirligi,

Kuzatuv kengashi,

Bank boshqaruvi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Belgilangan vazifalar va ijro muddatlari ijro davrida Moliya vazirligi tomonidan xalqaro moliya instituti bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan oʻzgartirilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/778/1207-son)