Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turarjoy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet mablagʻlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2150-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 11-oktabrdagi 86-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turarjoy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet mablagʻlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150, 2010-yil 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 375-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turar joy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet transfertlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 2015-yil 27-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 284-modda).
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-dekabr,
78-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 10/21/2150-2/1204-son)