“TASDIQLANDI”
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvi
(2000-yil 22-fevral,
3/6-son bayonnoma)
466-son
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki meʼyoriy hujjatlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida
nizom
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizom Fuqarolik kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” qonunlariga muvofiq, ishlab chiqilgan boʻlib, tijorat banklarining ichki meʼyoriy hujjatlariga Markaziy bank tomonidan qoʻyiladigan talablarni belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2. Tijorat banklarining ichki meʼyoriy hujjatlari bank amaliyotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning tegishli meʼyoriy hujjatlari doirasida amalga oshirishning batafsil, aniq tartibini oʻrnatib, mazkur bank rahbarlari va xodimlari uchun ijro etilishi majburiy boʻlgan qoʻllanma vazifasini bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.3. Tijorat banklari va ularning mijozlari oʻrtasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.4. Tijorat banklarining ichki meʼyoriy hujjatlari banklarda samarali ichki nazorat tizimini yaratish, bank faoliyatiga xos boʻlgan tavakkalchilikni samarali boshqarish (tavakkalchilikni aniqlash, baholash, kuzatish)ni, xavfsiz va sogʻlom bank faoliyatini yuritishni, bank qonunchiligiga toʻliq rioya etilishini taʼminlash, bank faoliyatini boshqarish va bank operatsiyalarini amalga oshirishni qulaylashtirish maqsadida ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5. Tijorat banklari oʻz vakolatlari doirasida faqat mazkur bank uchun majburiy xapakterga ega boʻlgan ichki meʼyoriy hujjatlarini nizom, yoʻriqnoma, koʻrsatma, tartib, qoida, buyruq shaklida qabul qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.6. Tijorat banklarining ichki meʼyoriy hujjatlari amalda belgilangan tartibda bank Kengashi yoki bank Boshqaruvlari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.7. Tijorat banki ichki meʼyoriy hujjatlarida belgilangan qoidalar ularning mijozlari bilan tuzilgan shartnomalarda koʻrsatib oʻtilgan taqdirdagina, mijozlar uchun majburiy yuridik kuchga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.8. Bank ichki meʼyoriy hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Markaziy bank meʼyoriy hujjatlariga mos kelishi boʻyicha javobgarlik bank Kengashi va bank Boshqaruvi zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Tijorat banklari ichki meʼyoriy hujjatlari matni bayoniga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
2.1. Tijorat banklari ishlab chiqqan meʼyoriy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq boʻlishi va Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari talablariga javob berishi shartdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari meʼyoriy hujjatlarida fuqarolarning qonun bilan himoyalangan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga zid normalar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.2. Ichki meʼyoriy hujjatda mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasining qaysi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaysi qarorini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi farmonini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qaysi qarori yoki meʼyoriy hujjati (ularning moddalari yoki bandlari)ni bajarish yuzasidan yoki ular asosida chiqarilayotganligi koʻrsatilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3. Ichki meʼyoriy hujjatning tuzilishi huquqiy tartibga solish mavzusining mantiqan rivojlanib borishini, shuningdek, boʻlajak hujjatning bir xil mazmunda tushunilishi va amalda qoʻllanilishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
2.4. Ichki meʼyoriy hujjat, uning mazmuniga mos keluvchi qisqacha nomga ega boʻlishi, mazmuni va hajmidan kelib chiqqan holda, ushbu hujjat alohida sarlavhali bob, boʻlim va bandlarga boʻlinishi hamda raqamlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
2.5. Ichki meʼyoriy hujjatdagi qoidalar adabiy tilda aniq va ravshan bayon qilingan boʻlishi lozim. Turlicha sharhlash imkoniyatlarini istisno qilish maqsadida ichki meʼyoriy hujjatda ishlatilayotgan tushuncha va iboralar ularning amaldagi qonunchilikda qabul etilgan maʼnolari bilan bir xil shaklda qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarur hollarda, maxsus iboralar va tushunchalarning qisqacha taʼrifi berib oʻtiladi, umum tomonidan qabul qilingan qisqartmalar qoʻllaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. Bunda eskirgan hamda koʻp maʼnoli soʻzlar va soʻz birikmalari, nisbiy oʻxshatishlarni ishlatish mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
2.6. Ichki meʼyoriy hujjatda amaldagi qonunchilik va Markaziy bank meʼyoriy hujjatlarida belgilangan normalarining soʻzma-soʻz qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ichki meʼyoriy hujjatlarning matnida amaldagi qonun hujjatlariga havola etishga istisno tariqasidagina ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur ichki meʼyoriy hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek Markaziy bank va boshqa vazirlik, idoralar tomonidan avval qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarga havola qilishga faqatgina ularning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadidagina yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.7. Ichki meʼyoriy hujjatning har bir bandi bitta meʼyoriy qoidadan iborat boʻlishi hamda har bir alohida band toʻla va tugallangan mazmunni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
2.8. Agar ichki meʼyoriy hujjatda roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, sxemalar, hujjat va blanklar namunalarini keltirish zarurati boʻlsa, ular, qoidaga koʻra, ilovalarda joylashtiriladi. Zarur hollarda, ichki meʼyoriy hujjatning tegishli bandlarida ularga havola etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.9. Ichki meʼyoriy hujjat quyidagi rekvizitlarga ega boʻlishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
hujjatning tartibga solish predmetini yorituvchi qisqacha nomi va hujjatning turi;
hujjatni qabul qilgan bank boshqaruv organi qarori raqami va sanasi;
hujjatning roʻyxat raqami;
mazkur bankning muhri bilan tasdiqlangan hamda bank kengashi yoki boshqaruvi aʼzolarining imzolari;
Keyingi tahrirga qarang.
III. Tijorat banklarining ichki meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, unga oʻzgartirish kiritish va bekor qilish
Keyingi tahrirga qarang.
3.1. Ichki meʼyoriy hujjatlar bankning tegishli tarkibiy boʻlinmasida ishlab chiqilganidan soʻng, bankning yuridik xizmati tomonidan, ushbu hujjatning amaldagi qonunchilik va Markaziy bank meʼyoriy hujjatlariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi va bu borada yuridik xulosa tayyorlanib, tegishli yigʻma jildlarga tikib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tijorat banklarining ichki meʼyoriy hujjatlarining, ularning amaldagi qonunchilikka va Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida yuridik xizmatning xulosasi va rozilik imzosi (vizasi) boʻlmasa, qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3.2. Ichki meʼyoriy hujjat, agar unda boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, bank Kengashi yoki bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan kunning ertasidan amalga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3.3. Tijorat banklari ichki meʼyoriy hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bankning tegishli boshqaruv organlari (bank Kengashi yoki bank Boshqaruvi)ning qarori asosida kiritiladi. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar asosiy meʼyoriy hujjat rasmiylashtirilgan tartibda rasmiylashtirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
3.4. Tijorat banki ichki meʼyoriy hujjatiga taalluqli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, qonunchiligi va Markaziy bank meʼyoriy hujjatlarida oʻzgarishlar yuz bersa va unda muddat belgilanmagan boʻlsa, bank, bir hafta muddat ichida oʻzining meʼyoriy hujjatiga tegishli oʻzgartirish kiritishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
3.5. Markaziy bank tomonidan bank nazoratini amalga oshirish jarayonida tijorat banklari ichki meʼyoriy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga muvofiqligi oʻrganiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrganish davomida tijorat banklari ichki meʼyoriy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga zid boʻlgan yoxud ularning talablariga toʻliq javob bermaslik hollari aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ushbu ichki meʼyoriy hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish toʻgʻrisida tijorat banklari Kengashlari yoki Boshqaruvlariga ijro etilishi majburiy boʻlgan yozma taqdimnoma beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning ushbu taqdimnomalari, ularda belgilangan muddatda ijro etilmagan taqdirda, Markaziy bank “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida Qonuni”ning 53-moddasi asosida belgilangan tartibda jarima undirishi yoki ushbu ichki meʼyoriy hujjat bilan tartibga solinadigan bank operatsiyasini amalga oshirilishini vaqtincha cheklab qoʻyishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3.6. Tijorat banklarining ichki meʼyoriy hujjatlari bankning qaysi boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, mazkur boshqaruv organining tegishli qarori bilan bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Tijorat banklarining kredit operatsiyalarini tartibga soladigan ichki meʼyoriy hujjatlariga talablar
4.1. Tijorat banklarining kredit operatsiyalarini tartibga soluvchi ichki meʼyoriy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi, Markaziy bankning Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 2-martda 905-raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida Nizom (yangi tahriri)” hamda Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 2-martida 906-raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” talablariga va boshqa meʼyoriy hujjatlariga muvofiq boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
4.2. Har bir tijorat banki kredit operatsiyalarini amalga oshirishni tartibga soluvchi ichki meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqishi va ular alohida hujjat koʻrinishida bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
4.3. Tijorat banklarining kredit operatsiyalarini tartibga soluvchi ichki meʼyoriy hujjatlarida berilayotgan kreditlarning qaytarilishi, foizliligi, muddatliligi va maqsadli ishlatilishi shartlari belgilanishi kerak.
4.4. Kredit operatsiyalarini tartibga soluvchi ichki meʼyoriy hujjatlarda kuyidagi asosiy talablar oʻz aksini topishi lozim:
qarz oluvchi tomonidan bankka taqdim etilishi shart boʻlgan hujjatlar roʻyxati;
qarz oluvchining kreditga layoqatlilik mezonlari va kreditga layoqatlilik darajasini aniqlash metodikasi;
kreditni qaytarilishining taʼminoti sifatida bank tomonidan qabul qilinishi mumkin boʻlgan taʼminot turlari;
taʼminot turlarining likvidligiga bank tomonidan qoʻyiladigan talablar.
4.5. Tijorat banklarining kredit operatsiyalarini tartibga soluvchi ichki meʼyoriy hujjatlarida banklar tomonidan oʻz mijozlariga ishonchli (blankali) kredit berish shartlari albatta koʻrsatib oʻtilishi lozim.
4.6. Tijorat banklarining kredit operatsiyalarini tartibga soluvchi ichki meʼyoriy hujjatlarida banklar tomonidan qarz oluvchilarning kredit arizalarini roʻyxatga olish kitoblarini yuritish tartibi va kredit arizalarini koʻrib chiqishning aniq belgilangan muddatlari belgilangan boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakuniy qoidalar
5.1. Tijorat banklarining meʼyoriy hujjatlari Markaziy bank tomonidan tasdiqlanmaydi yoki kelishilmaydi va roʻyxatga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5.2. Tijorat banklari tomonidan tegishli ichki meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilmaganligi yoki ular ushbu Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtirilmaganligi, shuningdek, ichki meʼyoriy hujjatlarga rioya qilinmaganligi xavfsiz boʻlmagan va nosogʻlom bank faoliyati yuritilishi sifatida baholanadi va bunday banklarga nisbatan Markaziy bank tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida Qonun”ning 53-moddasida belgilangan tartibda tegishli jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5.2. Mazkur Nizomning amalga kiritilishi munosabati bilan Markaziy bankning 1997-yil 28-fevraldagi 315-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan ishlab chiqiladigan meʼyoriy hujjatlarni kelishish, hisobga olish va amalga kiritish tartibi” oʻz kuchini yoʻqotadi.
Markaziy bank raisining oʻrinbosari A.Q. QODIROV