Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Qarori
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomning 49-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2780-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Adliya vazirligining 2016-yil 22-apreldagi 1-2016, 4-son qarori (roʻyxat raqami 2780, 2016-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 172-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomning 49-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “bir ish kuni” degan soʻzlar “72 soat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “bir ish kuni” degan soʻzlar “72 soat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-dekabr,
45-2021-son
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-dekabr,
3-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 10/21/2780-4/1183-son)