Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qarori)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-dekabr,
766-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 206-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisida nizomda:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 3-bandning “a” kichik bandidagi va 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi har yili Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi tamom boʻlgan kundan boshlab bir hafta muddatda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansini ishlab chiqishni taʼminlash uchun barcha zarur materiallarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadilar, davlat buyurtmasi balansi keyinchalik belgilangan tartibda tasdiqlanadi”;
v) 14-bandning birinchi xatboshisidagi va 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) ilovadagi I, II, III, VIII va XII-bosqichlarning “Subyektlar” ustunidagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 28-iyundagi 487-son qarorida:
a) 2-ilova:
2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Monitoring xizmati” soʻzlari “Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “Monitoring xizmati” soʻzlari “Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “v2” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v2) oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, shu jumladan:
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash”;
b) 3-ilovada:
5-bandning birinchi xatboshisi “markaziy apparati” soʻzlaridan keyin “va “Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Monitoring xizmati” soʻzlari “Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2019-yil 1-fevraldagi 74-son qaroriga 2-ilovaning rus tili matnidagi II, IV va VI pozitsiyalari “Subyekti” ustunidagi “XK “Uzbekozikovkatxolding” soʻzlari “Agentstvo po regulirovaniyu alkogolnogo, tabachnogo rinka i razvitiya vinodeliya Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar oʻrtasida oʻzaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;
meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, yuqori samara beruvchi yoʻnalishlarda loyihalarni amalga oshirish;
oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va toʻgʻridan-toʻgʻri chet investitsiyalar oqimining taʼsirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish;
zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini kamaytirish choralarini koʻrish”;
toʻrtinchi va oʻn uchinchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 11-band quyidagi mazmundagi “b1 — b5” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“b1) meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar oʻrtasida oʻzaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish sohasida:
oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni tayyorlashda, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatga moʻljallangan prognoz loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini xorijiy tajribalar asosida qayta ishlash va chuqur qayta ishlash hamda ularning hajmlarini oshirish, xom ashyo bazasini kengaytirish, zamonaviy qayta ishlash quvvatlarini yaratish va qayta ishlash jarayoniga ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish orqali oziq-ovqat mahsulotlarining qoʻshilgan qiymati zanjiri yaratish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi;
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda qishloq xoʻjaligida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va qoʻllab-quvvatlash mexanizmini ishlab chiqadi;
b2) mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish sohasida:
mamlakat oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining talab va taklif balanslarining prognozlarini ishlab chiqish, aholini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatga moʻljallangan modellarini ishlab chiqadi;
sohadagi yangiliklarni keng targʻib qilish maqsadida mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va agrologistikaga doir boʻlgan seminarlarni tashkil etadi;
tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda maqsadli tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
b3) meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, yuqori samara beruvchi yoʻnalishlarda loyihalarni amalga oshirish sohasida:
oziq-ovqat sanoatida faoliyat olib borayotgan korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni joriy etish boʻyicha loyihalar dasturini shakllantiradi;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
b4) oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va toʻgʻridan-toʻgʻri chet investitsiyalar oqimining taʼsirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish sohasida:
oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalar oqimining taʼsirini tahlil qiladi va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqadi;
oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtiradi;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga xususiy, xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi hamda rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganadi;
b5) zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini kamaytirish choralarini koʻrish sohasida:
zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish choralarini koʻrib boradi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlash korxonalari, tayyorlash va sotish tashkilotlari oʻrtasida bozor munosabatlari asosida, uning tayyorlanishi, saqlanishi, yanada chuqurroq qayta ishlanishi va sotilishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat xom ashyosi harakatining zamonaviy logistikasini keng joriy etadi;
meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, maxsus saqlash omborlari va sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarini tashkil etishga investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi”;
6. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2022-yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 24-iyuldagi 622-son qarorida:
a) 1-ilovaning 230 va 251-pozitsiyalari “Masʼullar” ustunidagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari “Mahalliy hokimlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-ilovaning 23-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi urugʻchilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi 733-son qarorining 4-bandi beshinchi xatboshidagi “va “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-sentabrdagi 794-son qarorining 15-bandi toʻqqizinchi xatboshisidagi ““Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Idishda qadoqlangan ichimlik suvining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2019-yil 10-oktabrdagi 861-son qarorida:
a) 4-banddagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning rus tili matnidagi II, IV va IX-pozitsiyalari “Subyekti” ustunidagi “XK “Uzbekozikovkatxolding” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni joriy etish sxemasining II va IV — pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-martdagi 136-son qarorining 1.1-ilovasi bilan tasdiqlangan Iqtisodiyot tarmoqlarida har bir loyiha va mahalliylashtiriladigan mahsulot turi boʻyicha ishlab chiqarish parametrlarining 15-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 172-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga nomzodlarni tavsiya etadigan vazirlik va idoralar roʻyxatining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-iyundagi 345-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligi boʻyicha umumiy texnik reglamentni joriy qilish sxemasining II va IV-pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi funksional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha funksiyalarining “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli oʻziga xos xususiyatlari bilan izohlanadigan avariyalar va halokatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Saqlash, texnologik qayta ishlash va sotish chogʻida don va dondan qayta ishlangan mahsulotlar, oziq-ovqatlar va boshqa tovarlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish.
FVDT boshqaruv organlari va aholini avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, koʻrilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining favqulodda vaziyatlar chogʻida harakat qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
Idoraviy ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarining tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlar chogʻida qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini taʼminlash.
FVDT funksional quyi tizimining Tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish”.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-dekabrdagi 1012-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bogʻ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11-bandning birinchi xatboshisidagi “olti oy” soʻzlari “bir yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 6-bosqichi “Koʻrib chiqish muddati” ustunidagi “6 oy” soʻzlari “1 yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-martdagi 84-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2011-y., 3-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Boshqaruv apparatlari tuzilmasida investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish boʻlinmasi faoliyat koʻrsatishi lozim boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek yirik korxonalar roʻyxatining 11-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatining 54-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxatining “8. Xoʻjalik boshqaruvi organlari” boʻlimining 14-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga elektron soʻrovga muvofiq maʼlumotlar ayirboshlashning dasturiy taʼminoti orqali ular maʼlumotlar bazasini shakllantirishlaridan oldin maʼlumotlar taqdim etadigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga ularning maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxatining 28-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son; 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son, 21.05.2024-y., 09/24/290/0353-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son; 02.09.2025-y., 09/25/553/0796-son)