25.11.2021 yildagi 1560-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma toʻqqiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma toʻqqiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor etishga doir tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda targʻibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma toʻqqiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, qoʻmitalar va komissiyalar Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini soʻzsiz taʼminlash yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan saylov okruglaridagi faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, mamlakatimiz Bosh qomusida kafolatlangan huquqlar asosida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilingan qonunlar va ularning xalq farovonligini taʼminlashda hamda odamlar hayotini yaxshilashda tutgan oʻrni va ahamiyatini saylovchilarga tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda amalga oshiriladigan tadbirlarga partiya faollari hamda mahalliy Kengashlar deputatlarini keng jalb etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. Tojiyev va Devoni rahbari M. Miralimov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma toʻqqiz yillik bayrami munosabati bilan Qonunchilik palatasi tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Z. Ibragimova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1560-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2021-yil 25-noyabrdagi 1560-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma toʻqqiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar

Oʻtkazish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi va takomillashtirilishida parlamentning roli va ahamiyatini ochib berishga qaratilgan tadbirlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Milliy parlamentarizmning shakllanishi va rivojlanishida Konstitutsiyaning oʻrni” mavzusida parlament konferensiyasi.

6-dekabr

Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari

Z. Ibragimova,

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi

J. Shirinov,

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori

F. Otaxonov,

Qonunchilik palatasi Devoni rahbarining oʻrinbosari

B. Radjabov

II.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma toʻqqiz yillik bayramini keng koʻlamda nishonlashga bagʻishlangan ijtimoiy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari

1.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi keng qatlamlariga yetkazish, Bosh qomusimizning xalqimiz hayotidagi oʻrnini har tomonlama ochib berishga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etish.

noyabr-dekabr

Qonunchilik palatasi deputatlari siyosiy partiyalarning hududiy Kengashlari va mahalliy Kengashlar deputatlari bilan birgalikda,

Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati rahbari

N. Rizayev

2.

“Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi” tamoyilini hayotga joriy etish orqali aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, biznes yuritish shartlarini yengillashtirish, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikni ragʻbatlantirish uchun yaratilgan yangi imkoniyatlarni aholiga yetkazishga qaratilgan “Konstitutsiya — biznes yuritishning kafolati” mavzusida konferensiya oʻtkazish.

6-dekabr

OʻzLiDeP fraksiyasi partiya Siyosiy Kengashi va uning hududiy Kengashlari bilan birgalikda

Masʼul deputatlar:

M. Xadjayeva, S. Gʻiyasov

3.

Mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni targʻib qilish va kelajagimiz boʻlgan yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan “Bosh qomusimiz — demokratik islohotlarning asosi va garovi” mavzusida davra suhbati tashkil etish.

3-dekabr

“Milliy tiklanish” DP fraksiyasi partiya Markaziy Kengashi bilan birgalikda

Masʼul deputat:

N. Tilovoldiyev

4.

Bolalarning konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash va ularni tibbiy-ijtimoiy himoya qilish, koʻmakka muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat gʻoyalarini keng targʻib qilish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya va qon quyish ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning hududiy boʻlimlarida Konstitutsiyaning 29 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — bolalar huquqi kafolatining asosi” mavzusida seminar va “Bor mehrimiz senga, bolajon!” mavzusida begʻaraz donorlik aksiyasini tashkil etish.

3-dekabr

“Adolat” SDP fraksiyasi partiya Siyosiy Kengashi va uning hududiy Kengashlari bilan birgalikda

Masʼul deputatlar:

M. Valiyev, O. Abdullayeva

5.

Fuqarolarning bepul taʼlim va kafolatlangan tibbiy xizmatlardan foydalanish, nafaqa olish bilan bogʻliq ijtimoiy huquqlarining Bosh qomusimizda aks etganligini elektorat vakillariga keng tushuntirish maqsadida “Konstitutsiya — farovon hayotimiz poydevori” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

2-dekabr

XDP fraksiyasi partiya Markaziy va uning hududiy Kengashlari bilan birgalikda,

Masʼul deputatlar:

M. Varisova, F. Sharipov, M. Hasanova

6.

Mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni taʼminlash, oʻrmon fondini muhofaza qilish, koʻpaytirish, undan oqilona foydalanish, sohaga bozor mexanizmlarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish, fuqarolarda tabiatga hurmat munosabatlarini shakllantirish shuningdek, sohada olib borilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish maqsadida “Konstitutsiya — mamlakatimiz ekologik xavfsizligini taʼminlashning ishonchli kafolati” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

4-dekabr

Ekologik partiya fraksiyasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda

Masʼul deputatlar

I. Xushvaqtov, K. Jumaniyozov

7.

Mamlakatimizda yoshlarning taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish, munosib ish oʻrinlari yaratish, ularni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga tayyorlash, yosh tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda Konstitutsiyaning oʻrni va ahamiyatiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etish.

4-dekabr

Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya raisi

A. Aslonov

III.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma toʻqqiz yillik bayrami munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida tashkil etiladigan chiqishlar

1.

“Mulk huquqi kafolatining mustahkam poydevori” mavzusida maqola.

2-dekabr

OʻzLiDeP fraksiyasi

(A. Xaitov)

2.

“Konstitutsiya — budjet va iqtisodiy islohotlarning ishonchli kafolati” mavzusida maqola.

30-noyabr

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi

Sh. Nazarov

3.

“Konstitutsiya — sud-huquq sohasidagi islohotlarning asosi” mavzusida maqola.

30-noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi

J. Shirinov

4.

“Konstitutsiya — ekologiya va atrof-muhitni himoya qilishning mustahkam kafolati” mavzusida maqola.

1-dekabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi

X. Gapporov

5.

“Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va bu borada nodavlat tashkilotlar rolini yanada oshirishda Konstitutsiyaning oʻrni” mavzusida maqola.

1-dekabr

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi

Sh. Bafayev

6.

“Konstitutsiya — millatlararo totuvlikni saqlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va strategik rivojlanish asosi” mavzusida maqola.

2-dekabr

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi

D. Fayziyeva

7.

“Konstitutsiya — fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilishning mustahkam kafolati” mavzusida maqola.

3-dekabr

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi raisi

E. Borisova

8.

“Konstitutsiya — agrar va suv xoʻjaligi sohasidagi islohotlarning huquqiy kafolati” mavzusida maqola.

3-dekabr

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi

R. Mamutov

9.

“Konstitutsiya — mamlakat rivoji va sanoat tarmoqlari taraqqiyotining huquqiy poydevori” mavzusida maqola.

4-dekabr

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisi

V. Muratkabilov

10.

“Ijtimoiy himoya va mehnat munosabatlarini tartibga solishda Konstitutsiyaning oʻrni” mavzusida maqola.

4-dekabr

Mehn�t va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi

M. Xodjayeva

11.

“Konstitutsiya — taʼlim sohasini qoʻllab-quvvatlash, fanni rivojlantirish va ilmiy izlanishlar orqali mamlakatni rivojlantirish asosi” mavzusida maqola.

7-dekabr

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi

E. Zaxidov

12.

“Davlat boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini hamda jamiyatda soʻz va axborot erkinligini taʼminlashda Konstitutsiyaning ahamiyati” mavzusida maqola.

7-dekabr

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi

I. Abdullayev

13.

“Mamlakat xavfsizligi taʼminlash va mudofaa tizimini rivojlantirishda Konstitutsiyaning ahamiyati” m?vzusida maqola.

10-dekabr

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi

E. Salixov

IV.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma toʻqqiz yillik bayrami munosabati bilan oliy taʼlim muassasalarida turkum tadbirlar oʻtkazish

1.

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yillik bayrami munosabati bilan Asosiy Qonunimizning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga keng tushuntirish yuzasidan tadbirlar tashkil etish.

26-noyabr — 10-dekabr

Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining raislari

V.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma toʻqqiz yillik bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlarni OAVda yoritish

1.

Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar, qoʻmitalar va komissiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yillik bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan barcha tadbirlarni, deputatlarning Konstitutsiya asosida mamlakatimizda barcha sohada erishilgan ulkan yutuqlarning huquqiy asoslari aniq va taʼsirchan misollar orqali ochib berilgan tahliliy maqolalari hamda boshqa chiqishlarini markaziy ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida keng yoritish.

noyabr-dekabr

Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati rahbari

N. Rizayev

2.

“Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston”, “Yoshlar”, “Toshkent” “MY5” va “Mahalla” telekanallarida Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ochib berishga bagʻishlangan koʻrsatuv va intervyular tashkil etish.

noyabr-dekabr

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari,

Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati rahbari

N. Rizayev

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma toʻqqiz yillik bayrami munosabati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” mavzusida chellenj tashkil qilish.

dekabr

Qonunchilik palatasi deputatlari,

Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati rahbari

N. Rizayev