O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ko‘p kvartirali uylarni kapital va joriy ta’mirlash uchun mablag‘lar to‘plash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida tashkil etilgan “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalarining faoliyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda kommunal xizmatlarini ko‘rsatishda buxgalterlik hisobini yuritishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida tashkil etilgan “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari (keyingi o‘rinlarda — “Yagona hisob-kitob markazi”) tomonidan majburiy badallar yig‘ish bo‘yicha xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar mazkur shirkatlarning to‘plash hisobvarag‘idan amalga oshiriladi;
tijorat banklari oldidagi kreditor qarzdorlikni qisqartirish maqsadida qarzdorligi mavjud bo‘lgan uy-joy mulkdorlari shirkatlari Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarni kapital va joriy ta’mirlash uchun mablag‘lar to‘plash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan manbalardan tushadigan mablag‘ning 70 foizigacha miqdorini kreditor qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi majburiy badallarni yig‘ish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi jamg‘ariladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini o‘rnatsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-dekabr,
754-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 754-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ko‘p kvartirali uylarni kapital va joriy ta’mirlash uchun mablag‘lar to‘plash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
1. 10-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida tashkil etilgan Yagona hisob-kitob markazlari tomonidan majburiy badallar yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish”.
2. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida tashkil etilgan Yagona hisob-kitob markazlari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining quyidagi hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi:
buxgalterlik hisobini yuritish va konsalting xizmatlari — asosiy hisobvarag‘idan;
majburiy badallar yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar — to‘plash hisobvarag‘idan”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/754/1167-son)