18.11.2021 yildagi SQ-427-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining Oʻzbekistonda inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining axborotini koʻrib chiqib, Harakatlar strategiyasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi doirasida xalqaro majburiyatlar bajarilishini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston ilk bor uch yil muddatga (2021 — 2023-yillarga) BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzoligiga saylandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi va huquqiy amaliyotini inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida 2021-yil 4-iyunda Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisidagi konvensiyasi hamda 2021-yil 7-iyunda BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qaror bilan qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlarini tashkil qilish, ularning vazifalarini aniq belgilash, qiynoqdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish va boshqa bir qator normalar belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar huquqini tiklash, barcha sohalarda xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasida tenglik tamoyilini tatbiq etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Senati tomonidan “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni samarali qoʻllash, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash borasida bir qator muammolar mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, inson huquq va erkinliklari himoyasini yanada kuchaytirish lozim, chunki davlat organlari, ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida inson huquqlari boʻyicha bilim va koʻnikmalar yetarli darajada shakllanmaganligi inson huquqlari sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotiga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”dagi ijro muddati yakunlangan 46 ta bandning 11 tasi boʻyicha tadbirlar yakuniga yetkazilmagan. Shuningdek, “Advokatura va advokatlik faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarini, “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hamda sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish boʻyicha qonunlarni qabul qilish boʻyicha ishlar yakuniga yetkazilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi taʼminlanmagan. Jumladan, “Inson huquqlarini oʻrganish” maxsus oʻquv kursi oʻqitilishi oliy taʼlim muassasalarida toʻliq yoʻlga qoʻyilmaganligi, moliyalashtirish masalasi hal qilinmaganligi sababli fanlar nomutaxassis oʻqituvchilar tomonidan oʻqitilmoqda. Shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlarida ham inson huquqlari boʻyicha kurslar yoki dars soatlari tashkil etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar normalarini qoʻllash amaliyoti yoʻlga qoʻyilmaganligi BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan asosli eʼtirozlarga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining Oʻzbekistonda inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasining murojaat qilish jarayonlariga taalluqli hamda Qiynoqlarga solishga va muomalada boʻlish, jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiyasining Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish masalasini oʻrganib chiqsin va takliflarni Oliy Majlis palatalariga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan milliy maʼruzalarni tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakatlar rejalari (“Yoʻl xaritalari”) ijrosi ustidan tizimli monitoring va qatʼiy nazorat amaliyotini joriy qilsin hamda yakuni boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni har olti oyda Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazga kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasini ishlab chiqishda xalqaro tashkilotlarni keng jalb etish va BMTning tegishli tuzilmalari tavsiyalarini inobatga olishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Jahon taʼlimi dasturining toʻrtinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha Inson huquqlari sohasidagi milliy taʼlim dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarini keng jalb qilgan holda inson huquqlari boʻyicha “muqobil” maʼruzalarni tayyorlashda amaliy yordam koʻrsatish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlar ijrosi boʻyicha BMTning Inson huquqlari boʻyicha Kengashi va shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etiladigan milliy maʼruzalarni Vazirlar Mahkamasi bilan oʻrnatilgan tartibda kelishishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda taʼlim muassasalari dasturlariga “Inson huquqlari”, “Ayol huquqlari”, “Bola huquqlari” oʻquv kurslarini kiritish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat organlari, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida inson huquqlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarni yetarli darajada shakllantirishga qaratilgan oʻquv kurslarini tizimli yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qaror ijrosi yuzasidan 2022-yilning 1-apreligacha Senatga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki oy muddatda aholini ijtimoiy himoya qilishning xalqaro standartlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotiga joriy qilish imkoniyatlarini oʻrganib, Xalqaro mehnat tashkilotining Ijtimoiy himoyaning minimal standartlari toʻgʻrisidagi 102-sonli konvensiyasini ratifikatsiya qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya vazirligi uch oy muddatda davlat xizmatlaridan foydalanish munosabatlarini tartibga soladigan huquqiy normalarni xalqaro standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish, shuningdek, maʼlumotlar bazasining toʻla raqamlashtirilishini nazarda tutadigan normalarni qonunchilikka kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar vazirligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sud hukmi yoki ajrimi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan voyaga yetmagan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ularga psixologik yordam koʻrsatish tartibini belgilaydigan qonunchilikni takomillashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bosh prokuratura uch oy muddatda adashib jinoyat yoʻliga kirgan va hozirda tuzalish yoʻliga oʻtgan, sodir etgan qilmishidan chin dildan pushaymon boʻlgan mahkumlarga imkon berish, ularni muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jamiyatga, oilasiga qaytarish tartibini belgilaydigan normalarni qonunchilikka kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati toʻgʻrisidagi axborotni oʻz faoliyatida inobatga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish rejalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda hamda kelgusidagi ish rejalarini tuzishda inson huquqlari boʻyicha milliy maʼruzalardan foydalansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita majlislari va parlament eshituvlari mazmunidan kelib chiqib, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazini ushbu tadbirlarga jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga vazirlik va idoralar hududiy boʻlinmalari rahbarlarining Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi va “Yoʻl xaritasi”ning hududlar kesimida ijro etilishi yuzasidan axborotlarini kamida bir yilda bir marotaba eshitish va tanqidiy muhokama qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni Oliy Majlis Senatiga taqdim qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-427-IV-son