Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
“Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 2-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1461-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son “Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 04/QQ, 01-76, 01/1184-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1461, 2005-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 96-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-noyabr,
37-2021-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TAShKENBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-noyabr,
26-mh-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-noyabr,
47-2021-Q/Q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 9-noyabrdagi 37-2021-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021-yil 2-noyabrdagi 26-mh-son va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 8-noyabrdagi 47-2021-Q/Q-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari va muhandis-pedagog kadrlarining boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari va muhandis-pedagog kadrlarining boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
2. Nizomda:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari va muhandis-pedagog kadrlarining boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisida nizom”;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son “Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq professional taʼlim muassasalarining boʻsh (vakant) oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Tanlov professional taʼlim muassasalariga zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga, ijodiy va ilmiy potensialga, yuksak axloqiy va maʼnaviy sifatlarga ega boʻlgan kadrlarni saralab olish maqsadida oʻtkaziladi.”;
v) 1-banddagi “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining direktor oʻrinbosarlari hamda kasb-hunar kollejlarining oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari (bundan buyon matnda direktor oʻrinbosarlari va pedagog deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Professional taʼlim muassasalarining oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari (bundan buyon matnda pedagoglar deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Pedagog lavozimi boʻshaganidan keyin 10 kun ichida pedagog lavozimiga professional taʼlim muassasasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida va professional taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida (agar mavjud boʻlsa) tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon beriladi.”;
d) 2-banddagi “Direktor oʻrinbosarlari va pedagog lavozimlariga” degan soʻzlar “Pedagog lavozimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 3-banddagi “Taʼlim muassasalariga” degan soʻzlar “Professional taʼlim muassasalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
z) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Kasb-hunar kollejlarining” degan soʻzlar “Professional taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq hunarmandchiligi yoʻnalishlaridagi professional taʼlim muassasalarining kasbiy taʼlim (amaliyot) pedagog lavozimini egallash uchun tanlovda ishlab chiqarish korxonalarining yuqori razryadli xodimlari va milliy hunarmandchilik ustalari, oʻrta maxsus maʼlumotga ega mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.”;
i) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Professional taʼlim muassasasiga aylantirilayotgan boshqa turdagi taʼlim muassasalari pedagoglari tanlovda umumiy asosda ishtirok etadilar.”;
k) 7-bandda:
birinchi xatboshidagi “Direktor oʻrinbosari va pedagog” degan soʻzlar “Pedagog” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
l) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Pedagoglarni tanlovdan oʻtkazish boʻyicha taxminiy savollar majmui va tanlov oʻtkazish jadvali Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari yoxud boʻysunuvida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik yoki idora tomonidan ishlab chiqiladi.”;
m) II bobning nomidan “tartibi” degan soʻz chiqarib tashlansin;
n) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab 20 kun ichida pedagog lavozimiga tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlarning arizalari tegishli professional taʼlim muassasasiga taqdim etiladi.”;
o) 12-bandda:
oltinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
p) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Pedagog lavozimiga tanlov oʻtkazish uchun professional taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan tanlov komissiyasi tuziladi.”;
r) 14-banddagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi yoki boʻysunuvida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik yoki idora, shuningdek kasb-hunar kolleji” degan soʻzlar “Professional taʼlim muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
s) 17-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
t) 18-banddagi “kasb-hunar kolleji” degan soʻzlar “professional taʼlim muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2021-y., 10/21/1461-2/1119-son)