27.11.2021 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenuminning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotida vujudga kelgan masalalar munosabati bilan, shuningdek, mazkur toifadagi ishlarni koʻrib chiqishda qonun normalari toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyat ishlarining oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishi milliy xavfsizlikni taʼminlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyat ishlarini koʻrib chiqishda sudlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlari bilan bir qatorda quyidagilarga amal qilishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhi (FATF) tavsiyalariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 1553-moddasida quyidagilar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun shaxslarning xorijga chiqib ketishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishini, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishni moddiy yoki moliyaviy jihatdan taʼminlash (bundan buyon matnda terrorizmni moddiy va moliyaviy taʼminlash deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday vositalarni, resurslarni berish yoki yigʻish, boshqa xizmatlar koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq terrorchilik tashkiloti deganda, ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini moddiy va moliyaviy jihatdan taʼminlash quyidagilarda ifodalanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday koʻchar yoki koʻchmas aktivlarni yoki bunday aktivlarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi yuridik hujjatlarni taqdim etishda yoxud ularda ishtirok etishda (masalan, bank cheklari, pul oʻtkazmalari, bank kreditlari, qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, veksellar, aksiyalar, akkreditivlar va h.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terroristik harakatlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan boshqa mulklarni taqdim etishda yoki xizmatlar koʻrsatishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Terroristik faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan mulkiy xarakterdagi xizmatlar quyidagilarda ifodalanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanish uchun chiptalar sotib olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini, shu jumladan, xayriya niqobi ostida Oʻzbekiston Respublikasidagi yoki xorijdagi hisob raqamlariga oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxslar orqali pul va boshqa mablagʻlarni taqdim etishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik tashkilotlariga qoʻshilish uchun joʻnab ketayotgan shaxslarga yoʻlboshchilik qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun qurol-yaroq, oʻq-dori va boshqa asbob-uskunalar taqdim etishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlari, hayotiy zarur narsalar, dori-darmonlar, kiyim-bosh, anjomlar, aloqa vositalari, transport, turar va noturar joylar pul mablagʻlari taqdim etishda va h.k.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vositalar, resurslar toʻplash deganda, terrorizmni moliyalashtirish uchun moʻljallangan jinoyat predmetini izlab topish yoki jamgʻarishga qaratilgan harakatlarni sodir etish tushuniladi. Vositalar, resurslar toʻplashda ifodalangan jinoyat terrorizmni moliyalashtirish uchun moʻljallangan predmetlarning bir qismi olingan paytdan boshlab, bunda olingan vositalarni tasarruf etish uchun real imkoniyat mavjudligidan qatʼiy nazar, tugallangan hisoblanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vositalar, resurslarni taqdim etish deganda, ilgari qonuniy yoki noqonuniy yoʻl bilan topilgan va terrorizmni moliyalashtirish uchun moʻljallangan jinoyat predmetini terroristik xarakterdagi jinoyatlarni sodir etishgacha yoki sodir etish jarayonida topshirish tushuniladi. Bu qilmish jinoyat predmeti amalda taqdim etilgan, shu jumladan, pochta yoki boshqa aloqa vositalari orqali joʻnatilgan paytdan boshlab, undan foydalanish uchun real imkoniyat mavjudligidan qatʼiy nazar, tugallangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Terroristik tashkilot aʼzosi boʻlgan shaxs tomonidan uni moliyalashtirishda ifodalangan harakatlar JK 155 va 1553-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tushuntirilsinki, shaxsni JK 1553-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topish uchun terrorizmni moliyalashtirishning hech boʻlmaganda bitta fakti aniqlanganligining oʻzi yetarli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dastlabki tergov organlari va sudlar aybdorning harakatlarini JK 1553-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda JK 32 va 34-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mansabdor shaxslarning terrorizmni moliyalashtirishda ifodalangan harakatlari JK 1553-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi va JK 19211, 205-moddalari boʻyicha qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxsning harakatlarini JK 1553-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilishda, aybdor terrorizmni moliyalashtirishda oʻz mansab vakolatlaridan foydalanganligi aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aybdorning harakatlarini JK 1553-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilish uchun ikki va undan ortiq shaxslarning terrorizmni moliyalashtirish faoliyatini amalga oshirish maqsadida guruhga birlashganligi aniqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shaxsning harakatlarida ekstremizm belgilari bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasining “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasiga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qonunga muvofiq ekstremizmni moliyalashtirish deganda, quyidagilarga qaratilgan faoliyat tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekstremistik faoliyatning mavjud boʻlishini va faoliyat koʻrsatishini, shaxslarning ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishini yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekstremistik tashkilotlarga yoki ekstremistik faoliyatga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻlarni, resurslarni berishga yoxud yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 2441-moddasining birinchi qismida quyidagilar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash yoki saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga yoxud aholi orasida vahima chiqarishga daʼvat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoxud namoyish etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Shuni nazarda tutish kerakki, JK 2441-moddasining ikkinchi qismi boʻyicha jinoiy javobgarlik quyidagi hollarda kelib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga yoxud aholi orasida vahima chiqarishga daʼvat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. JK 2411-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilishini moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxsning harakatlari, jinoyatni bajaruvchining harakatlaridan kelib chiqqan holda, yordamchi sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etishni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxsning harakatlari JK 2442-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur toifadagi ishlarni koʻrib chiqishda, sudlar shaxsda terrorizmni yoki ekstremizmni moliyalashtirishga qaratilgan toʻgʻri qasd mavjudligini aniqlashi lozim. Jumladan, sudlar tomonidan shaxsning aybini isbotlovchi dalillarga huquqiy baho berishda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishda aybdor deb topilgan shaxslarga jazo tayinlashda, har bir alohida holatda sudlar sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Terrorizmni, ekstremizmni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha muhokama tamomlanganda, sudlar ish boʻyicha ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi masalani JPK 211-moddasiga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi “Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorida berilgan tushuntirishlariga amal qilgan holda hal qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyat ishlari toʻgʻri koʻrib chiqilishini taʼminlasinlar, shuningdek, sud amaliyotida mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan choralar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-son