Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 10-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 21-oktabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2021-yil 21-oktabrda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1076-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 31-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi 837-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 11, 791-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 21-modda:
sakkizinchi xatboshisidagi “suv obyektidan” degan soʻzlar “suv obyektidan yoki suv xoʻjaligi obyektidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari — suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari (tumanlarning irrigatsiya boʻlimlari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, suv omborlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari)”;
oʻn beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha oʻn oltinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“suv yetkazib berganlik va boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun haq toʻlash — suv taʼminoti tashkilotlari (suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari va boshqalar) tomonidan koʻrsatiladigan suv yetkazib berish boʻyicha xizmatlar va boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari (suv xoʻjaligi obyektlarini taʼmirlash, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, suvni boshqarish va hisobga olish vositalaridan foydalanishda koʻmaklashish) uchun shartnoma asosida toʻlovlarni amalga oshirish”;
oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi xatboshilari tegishincha yigirmanchi va yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 6-modda:
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suv xoʻjaligi sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“suv xoʻjaligini rivojlantirish, suvdan oqilona foydalanish, suvdan samarali foydalanish, suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, suv va suvdan foydalanishga doir boshqa dasturlarni tasdiqlash;
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibini tasdiqlash”;
toʻqqizinchi xatboshisi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin;
3) 7-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha aniq yoʻnaltirilgan roʻyxatlarni shakllantirish va tasdiqlashda, shuningdek ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda koʻmaklashish;
suv isteʼmolchilari uyushmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini taʼmirlash hamda tiklash, tomorqa yerlariga suv yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishda koʻmaklashish”;
beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 8-moddaning ikkinchi qismidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
6) 11-modda birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “oqindi” degan soʻz “oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 16-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv obyektlaridan oʻtadigan koʻpriklar, oʻtish yoʻllarini va boshqa transport kommunikatsiyalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalari suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini nazorat qilish organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda zarur hollarda, energetika, arxitektura va qurilish organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan (daryo transporti yuzasidan) kelishib olinishi lozim, shuningdek toshqin suvlarini oʻtkazib yuborishni, suv obyektlaridan foydalanish rejimini, suvlarning ifloslanishiga, bulgʻanishiga va kamayib ketishiga yoʻl qoʻymaslikni, ularning zararli taʼsirining oldini olishni taʼminlovchi tadbirlar oʻtkazilishini nazarda tutishi kerak”;
ikkinchi qismidagi “qishloq va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 182-modda:
toʻrtinchi qismidagi “qishloq va suv xoʻjaligi organlari” degan soʻzlar “suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Suv isteʼmolchilari uyushmalarining faoliyatini moliyalashtirish oʻz aʼzolarining har yillik aʼzolik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suv isteʼmolchilari uyushmalari suvdan foydalanish qoidalari buzilgan, suvdan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, shuningdek limitdan ortiqcha suv olingan, aʼzolik badallari, suv yetkazib berganlik va boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, qonunning hamda shartnoma shartlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilguniga qadar suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berishni toʻxtatishga haqli”;
9) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv obyektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalanish obyektlari boʻlishi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik prinsiplari hamda boshqa shartlar asosida foydalanishga berilishi mumkin, bundan suv omborlari, sel-suv omborlari, shuningdek yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari mustasno”;
10) 21-moddaning:
toʻrtinchi qismidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “qishloq va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻninchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Oqindi” degan soʻz “Oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 27-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma yer usti suvlari boʻyicha — suv xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, yer osti suvlari boʻyicha — geologiya va mineral resurslar organlari tomonidan beriladi.
Sunʼiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan;
irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — viloyat yoki tumanlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan;
suv isteʼmolchilari uyushmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — tuman ahamiyatiga molik suv obyektlaridan tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari tomonidan;
oʻzlari xizmat koʻrsatadigan zonada joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hamda boshqa suv isteʼmolchilariga — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan beriladi”;
12) 29-moddaning matnidagi “qishloq va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
13) 30-moddaning ikkinchi qismidagi “qishloq va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14) 31-moddaning:
birinchi qismidagi “vaqtincha foydalanish” degan soʻzlar “vaqtincha, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan vaqtincha foydalanish muddati uch yildan kam boʻlmasligi va qirq toʻqqiz yildan oshmasligi kerak”;
15) 35-modda birinchi qismi:
beshinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “oqindi” degan soʻz “oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suvni tejash va raqamli texnologiyalarni joriy etish choralarini koʻrishi”;
16) 351-modda birinchi qismi beshinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “oqindi” degan soʻz “oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
17) 44-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari tegishliligiga koʻra shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlaridan, ayrim hollardagina sogʻliqni saqlash organlari va kurort boshqarmalari bilan kelishilgan holda boshqa maqsadlar uchun foydalanishga ruxsat berishi mumkin”;
18) 45-moddaning oʻzbekcha matnidagi “oqindi” degan soʻz “oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
19) 48-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv isteʼmolchilari uyushmalarining suvdan foydalanish rejalari tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.
Quyidagilar:
tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimi tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda — suv isteʼmolchilari uyushmalari boʻyicha;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda — tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimi boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha tuzilgan hamda umumlashtirilgan suvdan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi”;
20) 49-modda:
ikkinchi qismidagi “ular davlat mulki boʻlib, xususiylashtirilishi mumkin emas” degan soʻzlar “ular davlat mulkidir” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Suv xoʻjaligidan foydalanuvchi tashkilotlarning suv xoʻjaligi obyektlari va inshootlari belgilangan tartibda, davlat-xususiy sheriklik prinsiplari asosida foydalanishga berilishi mumkin.
Suv omborlari, sel-suv omborlari, shuningdek yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari xususiylashtirilmaydi”;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
21) 501-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga ishlab chiqilgan va joriy etilgan suvni tejovchi texnologiyalarning kamida besh yil qoʻllanilishini taʼminlashi”;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suvni tejash imkonini beradigan agrotexnika tadbirlarini, shu jumladan yerlarning shoʻrini yuvishda lazerli uskuna yoki uzun bazali yer tekislagichlar yordamida har uch yilda kamida bir marta tekislashni amalga oshirishi”;
22) 51-modda:
nomining oʻzbekcha matnidagi “Oqindi” degan soʻz “Oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqova suvlar bilan sugʻorish davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining ruxsati bilan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
23) 56-modda:
nomidagi “sanoat maqsadlarida va issiqlik energetikasi ehtiyojlari uchun” degan soʻzlar “sanoat maqsadlarida hamda issiqlik va atom energetikasi ehtiyojlari uchun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida hamda issiqlik va atom energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suv isteʼmolchilari, ushbu Qonunning 351-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, suv taʼminotining aylanma hamda takroriy tizimlarini joriy etish orqali suv sarfini kamaytirish va oqova suvlarning oqizib yuborilishini tugatish choralarini koʻrishi, shuningdek suvlarning radioaktiv ifloslanishi belgilangan normalardan oshishiga yoʻl qoʻymasligi shart”;
uchinchi qismining ruscha matnidagi “selskogo i” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
24) 59-moddaning birinchi qismidagi “qishloq va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
25) 60-moddaning ikkinchi qismidagi “qishloq va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
26) 63-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv obyektlari baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga va shartlarga rioya etgan holda berilishi mumkin.
Suv obyektlaridan baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
27) 64-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv havzalarida sport va havaskorlik yoʻli bilan baliq ovlashga ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga biriktirilgan joylarda ushbu jamiyatlarning ruxsatnomasi asosida bepul yoki haq evaziga ruxsat etiladi, bundan davlat qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining va davlat biosfera rezervatlarining hududidagi suv havzalari mustasno. Suv obyektlari yoki ularning ayrim uchastkalari ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda biriktirilishi mumkin”;
28) 68-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “oqindi” degan soʻz “oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
29) 70-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kema qatnovi uchun suv obyektlaridan foydalanish suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”;
30) XIX bob nomining oʻzbekcha matnidagi “Oqindi” degan soʻz “Oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
31) 74-modda:
nomining oʻzbekcha matnidagi “oqindi” degan soʻz “oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi qismlarining oʻzbekcha matnidagi “oqindi” degan soʻz “oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
32) 75-modda:
nomining oʻzbekcha matnidagi “oqindi” degan soʻz “oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻzbekcha matnidagi “oqindi” degan soʻz “oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
33) 79-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv omborlaridan foydalanish tartibi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda, har bir suv ombori, suv omborlari tizmasi yoki tizimi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarda belgilanadi”;
34) 80-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv omborlarining tegishli texnik holatini va obodonlashtirilishini taʼminlaydigan tadbirlarni uyushtirish va muvofiqlashtirish, shuningdek ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish suv xoʻjaligi organlari hamda suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
35) 82-moddaning:
birinchi qismidagi “qishloq va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “Qishloq va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
37) 98-moddaning ruscha matnidagi “selskogo i” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
38) 99-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari rejimini buzish”;
ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Oqindi” degan soʻz “Oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
39) 101-modda:
ikkinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq va suv xoʻjaligi organlariga” degan soʻzlar “geologiya va mineral resurslar organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “oqindi” degan soʻz “oqova” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi”;
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
40) 102-moddaning birinchi qismidagi, 103-moddaning birinchi xatboshisidagi, 104-moddaning uchinchi qismidagi “qishloq va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
41) 105-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv yetkazadigan zararli taʼsirdan muhofaza qilish, zararli taʼsirning oldini olish va uni bartaraf etish tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning balansidagi obyektlarda tegishli budjet mablagʻlari hisobidan, suv isteʼmolchilari balansidagi obyektlarda esa ularning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
42) 110-moddaning ikkinchi qismidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
43) 111-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilishning bosh va havza (hududiy) jadvallari, shu jumladan ekotizim ehtiyojlari uchun oqizib yuboriladigan suvlar aholining va iqtisodiyot tarmoqlarining suvga boʻlgan istiqboldagi ehtiyojlarini qondirish, shuningdek suvni muhofaza qilish va suv yetkazadigan zararli taʼsirlarning oldini olish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy suv xoʻjaligi tadbirlarini va boshqa tadbirlarni belgilab beradi”;
44) 113-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“113-modda. Suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilishda suvning hisobi va hisoboti hamda monitoringini yuritish tartibi
Suvdan maxsus foydalanuvchilar va maxsus suv isteʼmolchilari belgilangan tartibda suvdan foydalanishning hisobi va hisobotini yuritadi.
Suv resurslari monitoringi suv resurslarining, shu jumladan yer osti suvlarining oʻzgarishini aniqlash, ularga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda suv resurslari holatining prognozlarini ishlab chiqish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suvdan maxsus foydalanish va maxsus suv isteʼmoli chogʻidagi suv resurslarining hisobi, hisoboti hamda monitoringi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-noyabr,
OʻRQ-733-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son)