Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 19-noyabr,
SQ-441-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 19-noyabrdagi SQ-441-IV-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 1445-IV/KQ-275-IV-sonli Qoʻshma qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 15-noyabrdagi “B.M. Sharipovni Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida”gi KQ-277-IV-sonli qarori.