Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
ILOVA
|
Yangi bakalavriat yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun talablar |
Koʻrsatkichlar | |
|
Moddiy-texnika bazaga qoʻyiladigan talablar | ||
|
1. |
Bino va inshootlar boʻyicha |
|
|
a) |
taʼlim sohalariga koʻra oliy taʼlim muassasasining hududidagi har bir taʼlim oluvchi uchun ishchi maydon oʻlchami |
|
|
texnika va muhandislik |
11,2 — 19,4 m2 | |
|
pedagogika |
8,7 — 14,5 m2 | |
|
farmatsevtika |
11,2 — 19,4 m2 | |
|
iqtisodiyot va huquq |
7,9 — 13,1 m2 | |
|
tibbiyot |
12,3 — 22,0 m2 | |
|
qishloq xoʻjaligi |
11,2 — 19,4 m2 | |
|
zooveterinariya |
11,4 — 20,5 m2 | |
|
madaniyat |
15,0 — 26,0 m2 | |
|
sanʼat va arxitektura |
20,0 — 33,8 m2 | |
|
b) |
oʻquv xonalaridagi har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan maydon oʻlchami |
|
|
oʻquv auditoriyalarida |
2,2 m2 | |
|
kompyuter zalida (sinfida) |
4 m2 | |
|
chet tili xonasida |
2,4 m2 | |
|
umumnazariy va umumtaʼlim laboratoriya xonalarida |
4 m2 | |
|
texnik va maxsus laboratoriyalarda |
6 m2 | |
|
alohida kabinalarga ajratilgan fonozallarda |
3 m2 | |
|
oʻquv-texnik vositalar bilan jihozlangan oʻquv auditoriyalarida |
2,4 m2 | |
|
kurs loyihasi va malakaviy bitiruv ishlari bajarish zallarida (arxitektura-qurilish va badiiy yoʻnalishlarda) |
3,6 m2 (6 m2) | |
|
axborot-resurs markazi |
0,6 m2 | |
|
2. |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha |
|
|
a) |
kompyuter texnikalari soni |
har 6 nafar talaba uchun 1 donadan |
|
b) |
Internet jahon axborot tarmogʻi (WiFi tizimi) mavjudligi |
20 mbit/sek tezlikda |
|
3. |
Malaka talablarida belgilangan amaliy malaka va koʻnikmalarning shakllanishi uchun zarur laboratoriya asbob-uskunalari, jihozlari, inventarlar, texnikalar va xom ashyolar |
oʻquv dasturiga koʻra mashgʻulotlar soniga mutanosib ravishda |
|
4. |
Yongʻin xavfsizligi boʻyicha |
yongʻin xavfsizligi nazorati organining ijobiy xulosasi |
|
5. |
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi boʻyicha |
sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi organining ijobiy xulosasi |
|
Professor-oʻqituvchilar taʼminotiga qoʻyiladigan talablar | ||
|
6. |
Professor-oʻqituvchilar shtat birliklari soni |
|
|
a) |
kunduzgi va kechki taʼlim shaklida |
har 16 nafar talabaga 1 shtat birligi* |
|
b) |
sirtqi taʼlim shaklida |
har 20 nafar talabaga 1 shtat birligi* |
|
7. |
Professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha |
|
|
a) |
asosiy ish joyi boʻyicha ishlaydiganlar ulushi |
40 foiz |
|
b) |
bakalavriat yoʻnalishida ilmiy darajalilar ulushi |
35 foiz |
|
v) |
magistratura mutaxassisligida ilmiy darajalilar ulushi |
100 foiz |
|
8. |
Professor-oʻqituvchi tayanch maʼlumotining (mutaxassisligi yoki ixtisosligining) muvofiqligi boʻyicha |
dars beradigan faniga mos boʻlishi zarur |
|
Oʻquv-metodik taʼminotiga qoʻyiladigan talablar | ||
|
9. |
Har bir bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun malaka talablari mavjudligi boʻyicha |
davlat taʼlim standarti, kasb standarti, mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablariga muvofiq boʻlishi |
|
10. |
Har bir bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun oʻquv reja mavjudligi boʻyicha |
oʻquv fanlari, kreditlar miqdori, mashgʻulot turlari, muddatlari koʻrsatilgan va fanlarning uzviyligi taʼminlangan boʻlishi |
|
11. |
Oʻquv rejadagi har bir fanning oʻquv dasturlari mavjudligi boʻyicha |
davlat taʼlim standartlari va malaka talablarida belgilangan bilim, malaka, koʻnikma va kompetensiyalarning talabalarda toʻliq shakllantirish imkonini yaratadigan darajada boʻlishi |
|
12. |
Oʻquv rejadagi kreditlar miqdori boʻyicha |
|
|
a) |
bakalavriat yoʻnalishida |
bir oʻquv yiliga 60 kredit** |
|
b) |
magistratura mutaxassisligida |
bir oʻquv yiliga 60 kredit** |
|
13. |
Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi boʻyicha |
|
|
a) |
bakalavriat yoʻnalishida talabalarning darsliklar bilan taʼminlanganligi |
har 6 nafar talabaga 1 donadan |
|
b) |
magistratura mutaxassisligida talabalarning darsliklar bilan taʼminlanganligi |
har 2 nafar talabaga 1 donadan |
|
v) |
laboratoriya ishlari va kurs loyihalari uchun oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlanganligi |
har bir talabaga 1 donadan |
|
g) |
oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning elektron shakli bilan taʼminlanganligi |
darsliklar, oʻquv va oʻquv uslubiy qoʻllanmalarning elektron shakli mavjud boʻlishi*** |
|
14. |
Talabalar bilimini baholash mezonlari, amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish boʻyicha shartnoma va dasturlarning mavjudligi boʻyicha |
ustavga muvofiq tasdiqlangan boʻlishi |