26.11.2021 yildagi O‘RQ-732-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muzeylar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 14-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 21-oktabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Muzeylar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-177-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 483-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 271-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“271-modda. Muzeylarning faoliyat turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzeylar qonunchilikda taqiqlanmagan hamda ushbu Qonunning 24-moddasida nazarda tutilgan muzeylarni tashkil etish maqsadlariga mos boʻlgan faoliyat turlarini oʻz taʼsis hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi mumkin. Bunda muzeylar tomonidan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi taʼminlanishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 28-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat muzeylariga pulli xizmatlar koʻrsatishdan, xayriyalardan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushadigan mablagʻlar kelgusi yil uchun budjetdan moliyalashtirish hajmini belgilashda hisobga olinmaydi va ushbu mablagʻlar hisobiga budjetdan moliyalashtirish miqdori kamaytirilmaydi. Bunda koʻrsatilgan mablagʻlardan davlat muzeylarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-732-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 03/21/732/1098-son)