24.11.2021 yildagi 712-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, shartli bojxona qiymatini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 321-moddasiga muvofiq, shuningdek, deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, shartli bojxona qiymatini belgilash orqali ushbu tovarlarni chiqarib yuborish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 321-moddasida tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, ularni shartli chiqarib yuborish deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan aniqlangan tovarlarning bojxona qiymatiga muvofiq ravishda hisoblab chiqarilgan bojxona toʻlovlari summasi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan toʻlansa yoki toʻlanishi taʼminlansa, amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, shartli bojxona qiymatini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmaganda, tovarlar deklarant yoki bojxona brokeri taqdim etgan bojxona yuk deklaratsiyasi asosida shartli bojxona qiymatini belgilash orqali bojxona organi tomonidan chiqarib yuborilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yakuniy bojxona qiymatini olib kiriladigan tovarlar toʻgʻrisidagi bitimning qiymatiga oid usul asosida aniqlash imkoni boʻlmaganda yoki bojxona organi tomonidan bojxona qiymatini nazorat qilish yakunlari boʻyicha deklarant yoki bojxona brokeri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilgandan soʻng shartli bojxona qiymati ularning arizasiga muvofiq aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tovarlar shartli bojxona qiymatini belgilash orqali deklarant yoki bojxona brokeri xohishiga koʻra quyidagi holatlarda chiqarib yuborilishi mumkinligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xomashyo birjalarining xorijdagi savdo maydonchalarida tuzilgan bitimlari boʻyicha tovarlarning yakuniy narxi aniq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga oid shartnoma shartlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304-moddasida nazarda tutilgan tovarlarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan hamda sotib oluvchi tomonidan sarflangan xarajatlar maʼlum boʻlib, biroq ushbu xarajatlar bilan bogʻliq toʻlov haqiqatda amalga oshirilmagan va (yoki) toʻlov shartida toʻlov yuk yetib kelgandan soʻng amalga oshirilishi belgilangan boʻlsa, ushbu tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlari axborot tizimi maʼlumotlariga koʻra tovarlarning maʼlum qilingan bojxona qiymati boʻyicha xavf aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida tuzilgani haqidagi belgilari mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 308-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan holatlarni isbotlash uchun maʼlum bir vaqt talab etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga oid shartnomada belgilangan toʻlov shartiga koʻra valyuta mablagʻlari haqiqatda toʻlanmagan va (yoki) toʻlovlar tovarlar importi boʻyicha amalga oshirilishi koʻrsatilib, ushbu tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlari axborot tizimi maʼlumotlariga koʻra tovarlarning maʼlum qilingan bojxona qiymati boʻyicha xavf aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant yoki bojxona brokeri maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslab bermaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Y. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 24-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
712-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 712-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, shartli bojxona qiymatini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom deklarant yoki bojxona brokeri (keyingi oʻrinlarda — deklarant) tomonidan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, shartli bojxona qiymatini belgilash orqali ushbu tovarlarni chiqarib yuborish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy usul — olib kiriladigan tovarlarga doir bitimning qiymatiga oid usul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari ixtiyorida mavjud boʻlgan qiymat boʻyicha maʼlumot — bojxona organlari tomonidan bojxona yuk deklaratsiyalari asosida rasmiylashtirilgan tovarlar bojxona qiymati, narx maʼlumotlari byulleteni, shuningdek, muqobil manbalarda keltirilgan tovarlar qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanma — maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslash maqsadida foydalaniladigan Jahon bojxona tashkilotining Bojxona bahosini belgilash boʻyicha amaliy qoʻllanmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlum qilingan bojxona qiymati — shartli bojxona qiymati belgilanganda, bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish uchun asos boʻladigan, deklarant tomonidan taqdim etilgan va vaqtincha qabul qilingan narx;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslash uchun zarur hujjatlar — qonunchilik hujjati bilan tasdiqlanadigan maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxatiga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil manbalar — ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki yetkazib beruvchilarning rasmiy eʼlon qilinadigan maʼlumotlari, byulletenlari, birja kotirovkalari, prays-varaqlari hamda ularning uyushmalari yoki birlashmalarining yigʻma narx maʼlumotnomalari, tovarlarni ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarining dilerlari yoki distribyuterlarining maʼlumotlari, shuningdek narxlar konʼyukturasini xolis shakllantiradigan umumiy foydalaniladigan narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning boshqa ishonchli manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni chiqarib yuborish — bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va maʼlum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda, tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini ifodalovchi harakati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari axborot tizimi) — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va maʼlumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat bojxona qoʻmitasi) avtomatlashtirilgan tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli bojxona qiymati — tovarlarning bojxona qiymatini tezkorlik bilan aniqlashning imkoni boʻlmaganda, yakuniy bojxona qiymati aniqlangunga qadar bojxona organi tomonidan oʻzining ixtiyorida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida vaqtincha belgilangan bojxona toʻlovlarini shartli hisoblash uchun asos hisoblanadigan narx.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmaganda ularni shartli chiqarib yuborish deklarant tomonidan taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bojxona organi mazkur Nizomda belgilangan tartibda tovarlarning shartli bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi deklarantga tovarlarning shartli bojxona qiymati va talab qilinayotgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash miqdorlari toʻgʻrisida elektron shaklda xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlum qilingan bojxona qiymati asosida asosiy usul boʻyicha toʻldirilib, tegishli bojxona toʻlovlari summalari ushbu qiymatdan kelib chiqib kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shartli bojxona qiymati asosida bojxona toʻlovlari hisoblab chiqilib, toʻlanishi lozim boʻlgan summa deklarant tomonidan toʻlanishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yakuniy bojxona qiymatini olib kiriladigan tovarlarga doir bitim qiymatiga oid usul asosida aniqlash imkoni boʻlmaganda yoki bojxona organi tomonidan bojxona qiymatini nazorat qilish yakunlari boʻyicha deklarant yoki bojxona brokeri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilgandan soʻng shartli bojxona qiymati ularning arizasiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Deklarant tomonidan maʼlum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin bojxona qiymati va tegishli bojxona toʻlovlari bojxona yuk deklaratsiyasiga tuzatish shaklini rasmiylashtirish orqali qaytadan hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shartli bojxona qiymatini qoʻllash muddati bojxona yuk deklaratsiyasi roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kunni tashkil etadi. Mazkur muddat bojxona yuk deklaratsiyasi roʻyxatga olingan kundan keyingi kunda boshlangan deb sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi belgilangan muddat oʻtgach, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. Bunda bojxona yuk deklaratsiyasiga tuzatish shakli toʻldirilib, u tovarning bojxona qiymati xususidagi uzil-kesil qaror hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Shartli bojxona qiymatini belgilash holatlari. Bojxona qiymatini shartli belgilashda maslahatlashuvlar oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartli bojxona qiymatini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish deklarant xohishiga koʻra quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xomashyo birjalarining xorijdagi savdo maydonchalarida tuzilgan bitimlari boʻyicha tovarlarning yakuniy narxi aniq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga oid shartnoma shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304-moddasi birinchi qismining “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar maʼlum boʻlib, biroq ular boʻyicha toʻlov haqiqatda amalga oshirilmagan va (yoki) toʻlov shartida toʻlov yuk yetib kelgandan soʻng amalga oshirilishi belgilangan boʻlsa, ushbu tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlari axborot tizimi, shu jumladan, “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi maʼlumotlariga koʻra tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati boʻyicha xavf aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida tuzilganligi toʻgʻrisidagi belgilar mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 308-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan holatlarni isbotlash uchun maʼlum bir vaqt talab etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga oid shartnomada belgilangan toʻlov shartiga koʻra valyuta mablagʻlari haqiqatda toʻlanmagan va (yoki) toʻlovlar tovarlarning importi boʻyicha amalga oshirilishi koʻrsatilgan boʻlsa, ushbu tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlari axborot tizimi maʼlumotlariga koʻra tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati boʻyicha xavf aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hollarda deklarant maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslab bermaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bojxona organi tomonidan deklarant maʼlum qilgan bojxona qiymati boʻyicha quyidagi hollarda maslahatlashuvlar oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant tomonidan maʼlum qilingan tovarlarning bojxona qiymati bojxona qonunchiligi boʻyicha toʻgʻri aniqlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlari axborot tizimi, shu jumladan, “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi maʼlumotlariga koʻra tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati boʻyicha xavf aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi xodimda bojxona yuk deklaratsiyasi bilan birga taqdim etilgan birlamchi hujjatlarning elektron nusxalari va ulardagi maʼlumotlar haqqoniyligi boʻyicha nomuvofiqlik mavjud boʻlganda. Bunda hujjatlardagi maʼlumotlarning oʻzaro mos kelmasligi yoki ulardagi muhr hamda maʼlumotlarning sezilarli darajadagi farqlari, hujjatlardagi maʼlumotlarning notoʻgʻri aks ettirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlaridagi mavjud narxlar toʻgʻrisidagi axborot va muqobil manbalarni oʻrgangan holda, tovarlarning narxi past belgilanganligi boʻyicha asoslar va tahliliy maʼlumotlar mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maslahatlashuv bojxona organi tomonidan elektron shaklda amalga oshiriladi hamda uning natijasi boʻyicha bojxona organi tomonidan bir ish kuni ichida shartli bojxona qiymatini qabul qilish imkoniyati yuzasidan qaror qabul qilinadi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanmadan kelib chiqib, aynan qaysi hujjatlar yoki maʼlumotlar taqdim etilganda, deklarant tomonidan maʼlum qilingan bojxona qiymati qabul qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning shartli bojxona qiymatini qoʻllash mumkinligi va aynan qaysi narx asos qilib olinishi yuzasidan maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatlashuv natijasi boʻyicha qabul qilingan qaror bojxona organi xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda bojxona organlari axborot tizimida uch yil saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bojxona qiymatini shartli belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bojxona qiymatini shartli belgilash orqali chiqarib yuboriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bojxona organi tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqish jarayonida mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgani va asosiy usulda maʼlum qilingan bojxona qiymati qabul qilinmasligi bois Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 319-moddasiga asosan deklarantga bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usulidan foydalanish yoki shartli bojxona qiymatini belgilash mumkinligi bojxona organlari axborot tizimi orqali maʼlum qilinadi. Bunda maʼlum qilingan bojxona qiymatini qabul qilmaslik sabablari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Deklarant tovarlarni shartli bojxona qiymati asosida aniqlab, bojxona toʻlovlarini taʼminlash orqali shartli chiqarib yuborish yuzasidan bojxona organlari axborot tizimi orqali bojxona organlariga murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bojxona organi oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni solishtiradi va deklarant tomonidan taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha tovarlar bojxona qiymatini aniqlash usullarini ketma-ketlik bilan qoʻllash orqali tovarlarning shartli bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi hamda shartli bojxona qiymati haqida deklarantni bojxona organlari axborot tizimi orqali bir ish kuni ichida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Deklarant tovarlarni shartli bojxona qiymati asosida rasmiylashtiruvdan oʻtkazish uchun bojxona yuk deklaratsiyasining 37-grafasida tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq “058” raqamini koʻrsatgan holda, bojxona yuk deklaratsiyasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 339-moddasiga muvofiq bojxona organi tomonidan belgilangan shartli bojxona qiymatiga muvofiq ravishda hisoblab chiqarilgan bojxona toʻlovlari summasi toʻlanishini taʼminlashni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bojxona yuk deklaratsiyasining 44-grafasida shartli bojxona qiymati va ushbu qiymat boʻyicha hisoblangan bojxona toʻlovlari summasi koʻrsatiladi hamda 45 va 47-grafalari maʼlum qilingan tovarlarning bojxona qiymatidan hisoblab chiqilgan holda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bojxona organi tovarlarni shartli bojxona qiymati asosida rasmiylashtiruvdan oʻtkazadi va bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlash vositalarini bojxona organlari axborot tizimi orqali alohida nazoratga oladi. Bunda shartli bojxona qiymati va maʼlum qilingan bojxona qiymati asosida hisoblab chiqilgan bojxona toʻlovlari summasi orasidagi farq bojxona organlari axborot tizimida nazoratga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yakuniy bojxona qiymatini belgilash maqsadida tovarlar chiqarib yuborilgandan soʻng oltmish kun ichida deklarant tomonidan maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslash uchun zarur hujjatlar taqdim etiladi. Bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi bitim bahosiga taʼsir koʻrsatmaganligini isbotlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi 308-moddasining uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar oʻttiz kalendar kun ichida taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant tomonidan maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslash qoʻllanma talablariga muvofiq ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bojxona organi xodimi maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslash uchun zarur hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar tovarlarning maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yetarli deb topilgan taqdirda, bojxona organi tomonidan deklarant uch ish kuni ichida xabardor etiladi hamda rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shakli taqdim etilishi soʻraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shakli bojxona organi xodimi tomonidan rasmiylashtiriladi va nazoratga olingan ortiqcha toʻlangan bojxona toʻlovlari deklarantning arizasiga asosan bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoki kelgusi bojxona toʻlovlari hisobiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash bojxona organlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga toʻlashdan boshqa shakllarda amalga oshirilgan boʻlsa, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq belgilangan tartibda deklarantga qaytarish choralari koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yetarli emas deb topilganda, bu haqda elektron shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va bojxona organi xodimining elektron imzosi bilan tasdiqlangan holda, deklarantga uch kun muddatda ushbu dalolatnoma nusxasi elektron shaklda yuboriladi hamda undan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shakli taqdim etilishi soʻraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shakli bilan shartli bojxona qiymati asosida toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarini undirib olish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Deklarant tomonidan maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslash uchun taqdim etiladigan maʼlumotlar toʻgʻri, miqdor jihatidan aniqlash mumkin boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslashda deklarant tomonidan taqdim etilgan hujjat va (yoki) maʼlumotlarda nomuvofiqliklar, notoʻgʻri axborotlar aniqlangan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlar tovarlarning maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslash uchun yetarli emas deb topishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar tovarlar chiqarib yuborilgan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kun ichida taqdim etilmagan taqdirda, bojxona xodimi tomonidan shartli belgilangan bojxona qiymati asosida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasiga bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shaklini taqdim etish talabini deklarantga yozma (yoki) elektron xabarnoma asosida yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Deklarant tomonidan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, ushbu tovarlarni ularning bojxona qiymatini shartli belgilash orqali chiqarib yuborish maqsadida deklarant mazkur Nizom 15-bandiga muvofiq tovarlarni deklaratsiyalash yuzasidan murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning amal qilish muddati ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan muddatdan kam boʻlmagan muddatni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bojxona organida deklarant tomonidan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash uchun taqdim etilgan maʼlumotlarda ushbu Nizomning 11-bandi toʻrtinchi xatboshiga muvofiq nomuvofiqlik paydo boʻlganda, deklarant maʼlumotlarning ishonchliligini isbotlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agar deklarant tovarlarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga rozi boʻlmasa, deklarant oʻzi maʼlum qilgan bojxona qiymati qaysi sabablarga koʻra qabul qilinmaganligini tushuntirib berishni bojxona organidan soʻrashga haqli, shartli bojxona qiymatining qoʻllanilishi holati bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bojxona organi deklarant tomonidan maʼlum qilingan tovarlar bojxona qiymati nima uchun bojxona organi tomonidan qanday sabablarga koʻra qabul qilinmaganligi yuzasidan mazkur Nizom 20-bandining “b” kichik bandiga muvofiq elektron shaklda tuzilgan dalolatnomani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant tomonidan bojxona organiga soʻrov yuborilishi deklarantni bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bojxona organi bojxona qiymatini aniqlash uchun deklarant tomonidan taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlarning boshqa maqsadlarda ishlatilmasligi hamda oshkor etilmasligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlari axborot tizimi maʼlumotlariga koʻra tovarlarning maʼlum qilingan bojxona qiymati boʻyicha xavf aniqlangan taqdirda, deklarant yoki bojxona brokeri mazkur tovarlar boʻyicha maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslash maqsadida olib kiriladigan tovarlar uchun toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bojxona organlari tomonidan maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslash uchun zarur hujjatlar taqdim etish talabi qoʻyiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 308-moddasi talablari boʻyicha taqdim etiladigan hujjatlarni taqdim etish talabi ham qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada tovarlar uchun toʻlovlar oltmish kundan oshgan muddatda toʻlanishi belgilangan va bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli qabul qilingan boʻlsa, deklarant bojxona organlari axborot tizimi orqali xabardor qilingan holda bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona auditiga (koʻk yoʻlakka) yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant maʼlumotlarning toʻgʻriligi va bitimning haqiqiyligini isbotlashga majbur va shu maqsadda zarur maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Deklarant bojxona organlari qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu qaror yuzasidan yuqori turuvchi organlarga va (yoki) sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom talablari bojxona qiymatini aniqlash uchun taqdim etilgan har qanday maʼlumot, hujjat yoki deklaratsiyaning haqiqiyligi yoxud toʻgʻriligini tekshirish boʻyicha bojxona organlarining huquqini cheklamaydi yoki shubha ostiga qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda shartli bojxona qiymatini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, shartli bojxona qiymatini qoʻllash orqali tovarlarni chiqarib yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Bojxona organi

Deklarantga taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha bojxona qiymati qabul qilinmasligi va bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usulidan foydalanish yoki shartli bojxona qiymatini belgilash mumkinligi bojxona axborot tizimi orqali maʼlum qilinadi.

Bojxona yuk deklaratsiyasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha

2-bosqich

Deklarant

Tovarlarni shartli bojxona qiymati asosida aniqlab, bojxona toʻlovlarini taʼminlash orqali shartli chiqarib yuborish yuzasidan bojxona axborot tizimi orqali bojxona organlariga murojaat etadi.

Darhol

3-bosqich

Bojxona organi

Ixtiyorida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida solishtirishni oʻtkazadi va taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullarini ketma-ketlik bilan qoʻllash orqali tovarning shartli bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi hamda shartli bojxona qiymati haqida deklarantni bojxona axborot tizimi orqali xabardor qiladi.

Murojaat kelgandan soʻng bir ish kuni ichida

4-bosqich

Deklarant

Bojxona yuk deklaratsiyasining 37-grafasida tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq “058” raqamini koʻrsatgan holda bojxona yuk deklaratsiyasini va bojxona organi belgilagan shartli bojxona qiymatiga muvofiq ravishda hisoblangan bojxona toʻlovlari summasi toʻlanishini taʼminlaydi.

Darhol

5-bosqich

Bojxona organi

Tovarlarni shartli bojxona qiymati asosida rasmiylashtiruvdan oʻtkazadi va bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlash vositalarini bojxona axborot tizimi orqali alohida nazoratga oladi.

Bojxona toʻlovlari summasi toʻlanishi taʼminlangandan soʻng ikki ish kuni ichida

6-bosqich

Deklarant

Yakuniy bojxona qiymatini belgilash maqsadida maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslash uchun zarur hujjatlarni taqdim etadi.

Tovarlar chiqarib yuborilgandan soʻng oltmish kalendar kunda

7-bosqich

Bojxona organi

Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va natijasi boʻyicha ushbu hujjatlar bojxona qiymatini asoslash uchun:

a) yetarli deb topilgan taqdirda, deklarant xabardor qilinadi hamda bojxona tuzatish deklaratsiyasi shaklini taqdim etish soʻraladi va bojxona tuzatish �eklaratsiyasi shakli bojxona organi xodimi tomonidan rasmiylashtirilib, ortiqcha toʻlangan bojxona toʻlovlarini belgilangan tartibda qaytarish choralari quriladi.

b) yetarli emas deb topilgan taqdirda, elektron dalolatnoma rasmiylashtiradi va nusxasini deklarantga yuboradi hamda undan bojxona tuzatish deklaratsiyasi taqdim etilishi soʻraladi, shuningdek, bojxona tuzatish deklaratsiyasi bilan shartli bojxona qiymati asosida toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarini undirib olish choralari koʻriladi.

Uch ish kuni ichida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 09/21/712/1094-son)