23.11.2021 yildagi PQ-21-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, daromadni oshirish va manfaatdorlikni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyatida mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari mavjud imkoniyatlar va sharoitlardan samarali foydalanmayotgani oqibatida viloyat qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishda oʻz yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarida qishloq xoʻjaligi sohasida yuzaga kelayotgan muammolar yechimi boʻyicha tezkor qarorlarni qabul qilish va ustuvor vazifalar ijrosini samarali taʼminlash, vakolatli idoralar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda tashabbuskorlik va talabchanlik yetishmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, qishloq xoʻjaligi yerlarini noqonuniy ajratish va ulardan xoʻjasizlarcha foydalanish holatlari davom etib, mavjud yer va suv resurslari samaradorligini taʼminlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni joriy qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish masalalariga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, qishloq xoʻjaligining barcha sohalarida klaster tizimini rivojlantirish hisobiga qoʻshilgan qiymatni yaratish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va hudud eksport salohiyatini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining oʻrni sezilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun barcha imkoniyatlar va zaxiralar boʻlsa-da, aholini yil davomida hamda uzluksiz ravishda barqaror narxlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha yetarli darajada ishlar amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatida qishloq va suv xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yanada jadallashtirish, tarmoqdagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, hududda agrar tarmoqning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining masʼuliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini tugatish hamda Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosariga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi intensiv bogʻ va tokzorlarni barpo qilish va issiqxonalarni tashkil etish boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion ishlanmalar, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qishloq xoʻjaligi tarmoqlariga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollari bosh sonini, goʻsht, sut, tuxum, baliq va asal ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish va qishloq joylarda savdo va pullik xizmatlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qashqadaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib Qashqadaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvalini qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qashqadaryo viloyati hokimligi bir hafta muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda Qashqadaryo viloyati hokimining tegishli oʻrinbosarlari funksional vazifalari va ularning kotibiyatlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Qashqadaryo viloyatida qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolar va kamchiliklarni chuqur tahlil qilib, ularning yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin va ijrosini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qashqadaryo viloyati hokimligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-21-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-21-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tashkiliy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni — 65 nafar
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 07/21/21/1087-son)