22.11.2021 yildagi F-5-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-2023-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturini ishlab chiqish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy islohotlarni izchil davom ettirish yoʻlida oʻz yechimini kutayotgan masalalarni hal etish, Yangi Oʻzbekiston sharoitida davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati tizimining samaradorligini oshirish, ular faoliyatini natijadorlikka yoʻnaltirish orqali aholi farovonligini taʼminlash va “mobil boshqaruv apparati”ni yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining saylovoldi dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi maʼruzasi doirasida ilgari surilgan tashabbus va takliflarni realizatsiya qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-2023-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturini ishlab chiqishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash, tuzilmalarini takomillashtirish va shtat birliklarini maqbullashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, ochiqlik va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarining moddiy-texnika taʼminotini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarining kadrlar salohiyatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarida korrupsiyaning oldini olish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi 6-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi 7-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy islohotlarni amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlarining faoliyati oʻzaro kelishilgan tarzda, samarali olib borilishini, sustkashliklar va masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻymasligini taʼminlash, shuningdek, ishchi guruhlari ishini puxta va sifatli tashkil qilish, mazkur farmoyishda belgilangan chora-tadbirlar bilan bir qatorda ularning qoʻshimcha vazifa va funksiyalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar, markazlar va boshqa davlat boshqaruvi organlari (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar)ning davlat siyosatini amalga oshirish, nazorat funksiyalarini bajarish, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi funksiyalarini boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar faoliyatida aniq koʻrsatkichlar va maqsadli indikatorlarga erishish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi asoslari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining zamon talablariga mos ravishda puxta ishlab chiqilishi hamda kiritilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruhlar rahbarlari R.Q. Davletov, Sh.X. Shermatov, T.A. Ishmetov, O.A. Xasanov, N.T. Yoʻldoshev, D.A. Kuchkarov 2022-2023-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar 8-ilovada belgilangan asosiy ustuvor yoʻnalishlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2022-2023-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturining loyihasini ishlab chiqish sxemasi 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur farmoyishning 2 — 7-ilovalariga muvofiq tashkil qilinayotgan ishchi guruhlari tomonidan tayyorlangan takliflar ishchi guruhi rahbarining imzosi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflar taqdimot koʻrinishida taqdim qilinadi hamda ularga tahliliy maʼlumotnoma va jadvallar, rivojlangan mamlakatlarning tajribasini oʻrganish boʻyicha maʼlumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ilova qilinadi (keyingi oʻrinlarda — taqdimot materiallari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Vazirlar Mahkamasi hamda ishchi guruhlari bilan birgalikda taqdim qilingan taqdimot materiallarini koʻrib chiqadi hamda Komissiyaga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning yigʻilishida taqdimot materiallarini shaxsan ishchi guruhlari rahbarlari taqdimot qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, ishchi guruhi aʼzolari asosiy ish joyidagi vazifalardan toʻliq ozod qilinadi hamda tegishli davr mobaynida ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha shart-sharoitlar saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar rahbarlari ikki kun muddatda ishchi guruhlari tarkibiga kiritilgan aʼzolar belgilangan tartibda oʻz ishida toʻliq faoliyat yuritishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishchi guruhlari rahbarlari R.Q. Davletov, Sh.X. Shermatov, T.A. Ishmetov, O.A. Xasanov, N.T. Yoʻldoshev, D.A. Kuchkarov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda tashkiliy yigʻilishlarni oʻtkazib, tegishli yoʻnalish doirasida belgilangan vazifalar sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha savolnoma, tarmoq grafigi va taqdimot materiallari namunalarini tasdiqlasin hamda ishchi guruhi aʼzolarining vazifalar taqsimotini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruhlari faoliyatini samarali tashkil qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har kuni tegishli ishchi guruhlari tomonidan tayyorlanayotgan takliflarning muhokamasini tashkil etib borsin, zarur hollarda, ushbu ishlarni boshqa ishchi guruhlari bilan birgalikda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarni tayyorlash jarayonida ishchi guruhlari oʻrtasida samarali va doimiy kommunikatsiya hamda hamkorlikni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-yanvarga qadar ishchi guruhlari tomonidan har tomonlama asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilishini va ularning manfaatdor vazirlik va idoralar, shu jumladan mahalliy hokimliklar bilan kelishilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi guruhlari rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalist va blogerlarni jalb qilish hamda tayyorlanayotgan takliflarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, belgilangan vazifalar boʻyicha soʻrovnomalar tashkil qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruhlarining soʻrovlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarini jalb qilgan holda tegishli masalalar yuzasidan rivojlangan davlatlarning tajribasini chuqur oʻrganib, ular boʻyicha maʼlumotlarning tezkor taqdim etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu maʼlumotlarni tayyorlashda xorijiy davlatlarning nufuzli ekspertlari, olimlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar va muhokamalar oʻtkazish (shu jumladan videokonferensaloqa shaklida), ulardagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarni tarjima qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya institutlaridan maʼmuriy islohotlar yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborotlar va hisobotlar, shuningdek, tavsiya va takliflarini soʻrab olsin va ishchi guruhlariga taqdim etsin, zarur hollarda, ularning tajribali ekspertlarini ishchi guruhlari faoliyatiga jalb qilishga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda zarur hollarda ishchi guruhlari aʼzolarini rivojlangan xorijiy davlatlarga qisqa muddatli xizmat safariga yuborishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ishchi guruhlari aʼzolarini xorijga yuborish bilan bogʻliq xarajatlar (transport, mehmonxona, kunlik va boshqalar) Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya (A.N. Aripov, Z.Sh. Nizomiddinov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 10-fevralga qadar taqdimot materiallarini koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-fevralga qadar har bir yoʻnalish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-martga qadar 2022-2023-yillarda Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-5-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi F-5-son farmoyishiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-2023-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturini ishlab chiqishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

A.N. Aripov

—

Bosh vazir, komissiya raisi

2.

Z.Sh. Nizomiddinov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, komissiya hamraisi

3.

S.S. Safoyev

—

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari

4.

A.X. Saidov

—

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari

5.

R.A. Gulyamov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

6.

Q.K. Kuranbayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari

7.

D.A. Kuchkarov

—

Bosh vazir oʻrinbosari

8.

S.U. Umurzakov

—

Bosh vazir oʻrinbosari

9.

R.V. Abduqodirov

—

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi

10.

N.T. Yoʻldoshev

—

Bosh prokuror

11.

B.M. Mavlonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari

12.

B.T. Turabov

—

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari

13.

R.Q. Davletov

—

adliya vaziri

14.

T.A. Ishmetov

—

moliya vaziri

15.

Sh.X. Shermatov

—

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

16.

O.A. Xasanov

—

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

17.

D.N. Kalandarov

—

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqarma boshligʻi, komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi F-5-son farmoyishiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash, tuzilmalarini takomillashtirish va shtat birliklarini maqbullashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

R.Q. Davletov

—

adliya vaziri, ishchi guruhi rahbari

2.

Sh.A. Chulliyev

—

Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

D.J. Shirinov

—

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi

4.

S.M. Xolxoʻjayev

—

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

J.I. Abruyev

—

moliya vaziri oʻrinbosari

6.

X.X. Meliyev

—

adliya vaziri oʻrinbosari

7.

R.R. Xakimov

—

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari

8.

S.A. Mirzayev

—

Hisob palatasi shuʼba mudiri

9.

J.I. Safarov

—

Vazirlar Mahkamasi apparati boʻlim mudiri

10.

A.I. Roʻziyev

—

Vazirlar Mahkamasi apparati bosh mutaxassisi

11.

N.Z. Saidaxmetova

—

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi boshqarma boshligʻi

12.

F.X. Otaxonov

—

Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori

13.

M.T. Turgunov

—

Fanlar akademiyasi huzuridagi Davlat va huquq instituti direktori

14.

A.K. Rasulev

—

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktori oʻrinbosari

15.

B.A. Narimanov

—

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri

16.

Sh.A. Xoʻjayev

—

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri

17.

S.M. Syelimanova

—

Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra mudiri

18.

O.Z. Muxamedjanov

—

Toshkent davlat yuridik universiteti professori

19.

F.A. Primov

—

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi ilmiy kotibi

20.

N.M. Rustambekov

—

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi

21.

Lavozimi boʻyicha

—

Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi

22.

A.T. Dexkanov

—

Adliya vazirligi bosh maslahatchisi

23.

K.I. Nigmatov

—

Adliya vazirligi bosh maslahatchisi

24.

A.A. Sagdulloyev

—

Adliya vazirligi yetakchi maslahatchisi

25.

E.I. Gimranov

—

“UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MChJ direktori

26.

B.B. Xodjayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

27.

B.B. Raxmatov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

28.

E.E. Adilov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

29.

K.M. Ochilov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

30.

A.K. Kurultayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

31.

B.B. Karimov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori

32.

T.X. Abbosxonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori, ishchi guruhi masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi F-5-son farmoyishiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, ochiqlik va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh.X. Shermatov

—

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, ishchi guruhi rahbari

2.

F.E. Bokiyev

—

Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

I.Z. Abdullayev

—

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi

4.

O.Z. Nasritdinxodjayev

—

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

O.A. Pekos

—

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

A.M. Boboyev

—

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

7.

Sh.U. Turdikulova

—

innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari

8.

A.N. Karimov

—

adliya vaziri oʻrinbosari

9.

S.B. Nadjimitdinov

—

Hisob palatasi shuʼba mudiri

10.

D.M. Saidjanov

—

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

11.

D.I. Quryozov

—

Vazirlar Mahkamasi apparati bosh mutaxassisi

12.

Z.A. Bozorov

—

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori v.b.

13.

N.U. Muxammadiyev

—

Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

14.

J.N. Nematov

—

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti

15.

Lavozimi boʻyicha

—

Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi

16.

B.M. Azizov

—

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi

17.

A.A. Madaminov

—

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi

18.

A.R. Mansurov

—

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshligʻi v.b.

19.

B.M. Bekmurodov

—

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi

20.

E.S. Tulyakov

—

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori

21.

F.F. Abduxalikov

—

Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

22.

D.M. Ziyamuxamedova

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

23.

Sh.Y. Ismailov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

24.

A.M. Musayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

25.

S.S. Mirzaxoʻjayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

26.

M.Sh. Gaffarov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

27.

E.B. Raxmonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

28.

F.R. Gulyamov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori, ishchi guruhi masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi F-5-son farmoyishiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarining moddiy-texnika taʼminotini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

T.A. Ishmetov

—

moliya vaziri, ishchi guruhi rahbari

2.

E.F. Gadoyev

—

Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi

3.

D.K. Axmedov

—

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

A.J. Ortiqov

—

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

5.

D.K. Adilov

—

qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

A.M. Boboyev

—

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari

7.

O.B. Rustamov

—

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari

8.

G.X. Raximova

—

moliya vaziri oʻrinbosari

9.

A.A. Kamalov

—

Markaziy bank raisi oʻrinbosari

10.

M.M. Mirzayev

—

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

11.

F.K. Umarov

—

Kadastr agentligi direktori

12.

S.B. Nadjimitdinov

—

Hisob palatasi shuʼba mudiri

13.

O.N. Qudratov

—

Vazirlar Mahkamasi apparati kotibiyat mudiri

14.

E.E. Rustamov

—

Vazirlar Mahkamasi apparati kotibiyat mudiri oʻrinbosari

15.

Lavozimi boʻyicha

—

Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi

16.

B.M. Ortikov

—

Moliya vazirligi departament boshligʻi

17.

N.N. Parpixodjayev

—

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi

18.

D.A. Umarov

—

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi

19.

F.F. Nazarov

—

Adliya vazirligi boʻlim boshligʻi

20.

O.A. Mamatov

—

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi direktori

21.

Sh.F. Ozodzoda

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

22.

A.B. Samadov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

23.

A.U. Qayumov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

24.

B.X. Xaydarov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

25.

J.R. Sidikov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti

26.

S.A. Talipov

—

Vazirlar Mahkamasi apparati bosh mutaxassisi, ishchi guruhi masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi F-5-son farmoyishiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarining kadrlar salohiyatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

O.A. Xasanov

—

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari

2.

B.S. Sayfullayev

—

Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi

3.

D.M. Ismailov

—

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

4.

E.M. Muxitdinov

—

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

K.X. Karimov

—

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

D.S. Kattaxonova

—

Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari

7.

J.B. Xaydarov

—

Vazirlar Mahkamasi apparati boʻlimi boshligʻi

8.

A.Sh. Bekmurodov

—

Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori v.b.

9.

A.U. Tamikayev

—

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri

10.

I.J. Qurbonov

—

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri

11.

M.Y. Gasanov

—

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra dotsenti

12.

D.R. Artikov

—

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra oʻqituvchisi

13.

Q.M. Rafikov

—

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi

14.

Lavozimi boʻyicha

—

Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi

15.

Sh.D. Muxamedov

—

Moliya vazirligi departament boshligʻi

16.

N.I. Muxtorov

—

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi

17.

A.M. Xalturdiyev

—

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

18.

I.G. Nikonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

19.

Sh.Z. Davronov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

20.

A.S. Azizov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

21.

U.S. Yusupov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

22.

I.M. Abduvaxabov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

23.

T.X. Abbosxonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori

24.

A.A. Eranov

—

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri, ishchi guruhi masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi F-5-son farmoyishiga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarida korrupsiyaning oldini olish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

N.T. Yoʻldoshev

—

Bosh prokuror, ishchi guruhi rahbari

2.

K.N. Burxanov

—

Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi

3.

Sh.T. Polvonov

—

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

A.E. Burxonov

—

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

5.

S.S. Saidkarimov

—

Hisob palatasi raisi oʻrinbosari

6.

J.T. Maxsudov

—

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari

7.

A.E. Fayzibayev

—

Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

8.

B.Sh. Yunusov

—

Hisob palatasi yetakchi inspektori

9.

A.I. Bekchanov

—

Vazirlar Mahkamasi apparati boʻlim mudiri

10.

U.S. Muxamedov

—

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi oʻrinbosari

11.

E.V.Kolenko

—

Bosh prokuratura Akademiyasi boshligʻi

12.

V.X. Davlyatov

—

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri

13.

O.A. Ismoilov

—

Oliy sud boshqarma boshligʻi

14.

Lavozimi boʻyicha

—

Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi

15.

L.A. Jalov

—

Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi

16.

U.M. Aloyev

—

Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori

17.

Z.A. Qodirov

—

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi boshqarma boshligʻi

18.

B.S. Utambetov

—

Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti direktori

19.

M.Sh. Maxmudov

—

Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

20.

J.I. Uzakov

—

Adliya vazirligi boʻlim boshligʻi

21.

O.R. Fayziyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

22.

S.N. Gordeyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

23.

T.B. Safarov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

24.

Sh.B. Bakayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

25.

D.B. Ibroximov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

26.

M.K. Gafurov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori, ishchi guruhi masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi F-5-son farmoyishiga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

D.A. Kuchkarov

—

Bosh vazir oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari

2.

Q.K. Kuranbayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari

3.

A.X. Saidov

—

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari

4.

T.A. Madumarov

—

Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi oʻrinbosari

5.

Sh.A. Tuxtashev

—

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

6.

S.B. Artikova

—

Bosh prokuror oʻrinbosari

7.

I.I. Norqulov

—

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

D.Sh. Sultanov

—

moliya vaziri oʻrinbosari

9.

M.M. Ikramov

—

adliya vaziri oʻrinbosari

10.

B.R. Parpiyev

—

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari

11.

Q.A. Karimov

—

Hisob palatasi bosh inspektori

12.

M.B. Jumaniyazov

—

Vazirlar Mahkamasi apparati kotibiyati mudiri oʻrinbosari

13.

M.T. Yakubov

—

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

14.

X.T. Azizov

—

Davlat boshqaruvi akademiyasi birinchi prorektori

15.

M.M. Mirakulov

—

Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi oʻrinbosari

16.

G.S. Ismailova

—

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori

17.

G.R. Malikova

—

Bosh prokuratura Akademiyasi professori

18.

I.R. Bekov

—

Toshkent davlat yuridik universiteti professori

19.

Lavozimi boʻyicha

—

Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi

20.

A.A. Maxmudov

—

Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi

21.

N.O. Tillyayev

—

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi

22.

A.K. Tursunov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

23.

B.R. Raxmatullayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

24.

R.R. Mirzayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

25.

N.S. Narmatov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

26.

E.O. Xamroyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

27.

Gʻ.Q. Rejabov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori

28.

F.Z. Djalilov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori, ishchi guruhi masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi F-5-son farmoyishiga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-2023-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan asosiy ustuvor yoʻnalishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash, tuzilmalarini takomillashtirish va shtat birliklarini maqbullashtirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining har birining maqomini belgilash, ularni tashkil etish va tugatishning aniq tartibi, bir-biridan farqlovchi mezonlarni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarning barcha funksiyalarni tahlil qilish, takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qisqartirish, shuningdek, ushbu asosda vazirlik va idoralar hamda ularning tarkibiga kiradigan tashkilotlarni qayta tashkil qilish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) va sonini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvini vujudga keltirayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar)ni tashkil qilishning aniq huquqiy asoslarini yaratish, ularning vakolat chegaralari va faoliyat yuritish davrini belgilash, shuningdek, kollegial organlar sonini qisqartirish va ular vakolatini tegishli sohaga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralarga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal qilishda vazirlik va idoralarning hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari ishini samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar rahbar oʻrinbosarlarining yoʻnalishlar kesimidagi javobgarlik chegaralarini aniq belgilash, ularga yuklatilgan funksiya va vazifalarni tuman (shahar), mahalla darajasida samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarning tashkiliy va markaziy apparati tuzilmalarining yagona namunasini ishlab chiqish, tashkiliy tuzilmalarga tashkilotlarni kiritish va chiqarib tashlashning huquqiy asoslarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarning shtat birliklari toʻgʻrisidagi yagona ochiq markazlashgan axborot platformasini yaratish, ularga qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish yoki mavjudlarini qisqartirish boʻyicha aniq huquqiy asoslarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarning Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan shtat birliklarini maqbullashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, ochiqlik va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarda maʼmuriy tartib-taomillarni maqbullashtirish, qogʻozbozlikni kamaytirish, boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish, ish yurituvini toʻliq raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar (shu jumladan ularning tarkibiy tuzilmalarida) hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarda yagona hujjat almashinuvini taʼminlash, ushbu yoʻnalishda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va foydalanishning milliy standartlarini joriy qilish, “Ochiq idora” loyihasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish, ularni toʻliq raqamlashtirish va debyurokratlashtirish orqali fuqarolarning sarson boʻlishiga barham berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar bilan oʻzaro elektron munosabatlarni yanada takomillashtirish doirasida fuqarolarning raqamli imzosi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlar ulushini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, ularning aholi, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashida yangi, zamonaviy va taʼsirchan texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarning ayrim funksiyalarini nodavlat sektoriga oʻtkazish orqali maʼmuriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda ijtimoiy hamda davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat boshqaruvi organlarining moddiy-texnika taʼminotini takomillashtirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar tasarrufidagi maʼmuriy binolar, inshootlar va boʻsh turgan yer maydonlaridan, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanish mexanizmlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika taʼminoti (shu jumladan avtotransport vositalari bilan) holatini oʻrganish, mavjud muammolarni bartaraf etishning huquqiy asosini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalarini bitta maʼmuriy binoga joylashtirish orqali aholiga “Yagona darcha” tizimi asosida xizmat koʻrsatish, ular oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlash boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralar maʼmuriy binolarining ichki qismini ochiq ofis koʻrinishida rejalashtirish va qurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat boshqaruvi organlarining kadrlar salohiyatini takomillashtirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarda kasbga oid sifatlar va alohida xizmatlarni odilona va obyektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli mutaxassis xodimlarni ishga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tanlov asosida va keng raqobat muhitida ishga qabul qilishni toʻliq joriy qilish va ular faoliyati samaradorligini baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish, shaxsning maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik sifatlarini obyektiv baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarning kadrlar bilan ishlash tuzilmalari (NR-xizmat) maqomini oshirish, ularning maʼmuriy funksiyalarini kengaytirish, xodimlarni izlash, taklif qilish va ishga joylashtirishning yangi texnologiyalarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar rahbarlarining yordamchilari maqomini oshirish, shu jumladan qarorlar qabul qilishda ularning mustaqilligi va masʼuliyatini belgilash, ushbu lavozimga chuqur bilim, tajriba va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan malakali mutaxassislarni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish, ushbu sohani tartibga solish maqsadida yagona qonun loyihasini hamda davlat fuqarolik xizmatini uzoq istiqbolli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarda “Kadrlar — barchasini hal qiladi” tamoyilini amaliyotga joriy qilishni taʼminlash, oʻz ustida ishlamaydigan va masʼuliyatni his qilmaydigan kadrlarga nisbatan “jamoaviy taʼsir”ni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar kadrlarini attestatsiya, rotatsiya qilish, malakasini oshirish, oʻqish va stajirovkaga yuborish tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi akademiyasining kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdagi rolini kuchaytirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish borasidagi ishtirokini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarda yagona kadrlar reytingini yuritish, bunda reytingni shakllantirishda kadrlar qoʻnimsizligi, tizimdan chiqib ketganligi, kadrlarni motivatsiya qilish va shart-sharoitlar yaratish masalalarini inobatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar kadrlarining dam olishi, ish qobiliyatini tiklashi, boʻsh vaqtini mazmunli va foydali oʻtkazishi tizimini takomillashtirish, davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan olinadigan kafolatlangan bepul xizmatlar va vositalar paketini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat boshqaruvi organlarida korrupsiyaning oldini olish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini oʻrganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qoʻyish” hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarda korrupsiyaning oldini olishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan, mukammal taʼmirlangan va jihozlangan bino va inshootlar, amalga oshirilgan xaridlar va xizmatlar uchun sarflanadigan mablagʻlardan oqilona, tejamkor va samarali foydalanish, tender va tanlovlarni ochiq va shaffof holda oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, ularning normalarini aniq huquqiy mexanizmlar bilan ochib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashlarining Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari bilan aloqalariga doir huquqiy asoslarni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi rolini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy vakillik organlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish hisobiga hududiy ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlar, ularning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasini aniq belgilash, ular faoliyatini mahallalar darajasida amalga oshirgan ishlari natijadorligiga qarab baholab borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda masʼul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish mexanizmlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi F-5-son farmoyishiga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-2023-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturining loyihasini ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ishchi guruhlari rahbarlari

(R. Davletov, Sh. Shermatov, T. Ishmetov, O. Xasanov, N. Yoʻldoshev, D. Kuchkarov)

Ishchi guruhlarning tashkiliy yigʻilishlarini oʻtkazib, tegishli yoʻnalish doirasida belgilangan vazifalar sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha savolnoma, tarmoq grafigi va taqdimot materiallari namunalarini tasdiqlash hamda ishchi guruhi aʼzolarining vazifalar taqsimotini belgilash.

2021-yil 25-noyabr

Ishchi guruhlari faoliyatini samarali tashkil qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrish.

Tegishli ishchi guruhlari tomonidan tayyorlanayotgan takliflarning muhokamasini tashkil etib borish, zarur hollarda, ushbu ishlarni boshqa ishchi guruhlari bilan birgalikda amalga oshirish.

Doimiy

Ishchi guruhlari tomonidan har tomonlama asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilishini va ularning manfaatdor vazirlik va idoralar, shu jumladan mahalliy hokimliklar bilan kelishilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini taʼminlash.

Bunda takliflar taqdimot koʻrinishida taqdim qilinadi hamda ularga tahliliy maʼlumotnoma va jadvallar, rivojlangan mamlakatlarning tajribasini oʻrganish boʻyicha maʼlumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ilova qilinadi.

2022-yil 20-yanvarga qadar

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Vazirlar Mahkamasi hamda ishchi guruhlari bilan birgalikda taqdim qilingan taqdimot materiallarini koʻrib chiqish hamda Respublika komissiyasiga kiritish.

2022-yil 1-fevralga qadar

3-bosqich

Respublika komissiyasi

(A. Aripov, Z. Nizomiddinov)

Taqdimot materiallarini koʻrib chiqish.

2022-yil 10-fevralga qadar

Har bir yoʻnalish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilish.

2022-yil 20-fevralga qadar

2022-2023-yillarda Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini kiritish.

2022-yil1-martga qadar