22.11.2021 yildagi 704-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda 15 ta shtat birligidan iborat Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilganligi va uning asosiy vazifalari belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyatini moliyalashtirish Markaz mablagʻlari doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut sud-ekspertlik faoliyati sohasiga zamonaviy ilmiy yondashuvlarni qoʻllash orqali uning samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga koʻtarish, davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashish, ularning faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertiza faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash, shuningdek, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalaridan ekspertlik amaliyotida foydalanishni kengaytirish maqsadida Institutning Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tarkibi tizimida sud-ekspertiza muassasalari boʻlgan davlat organlarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi va unga davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ilmiy muassasalar hamda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning aʼzolari kiritiladi. Kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktori Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan, Institutning boshqa xodimlari esa — Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlariga Markaz xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va boshqa moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi, shuningdek avvalgi ish joyida uzoq yillik xizmati uchun berilgan ustama va darajali unvonlar saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyat yuritishi uchun Markaz binosida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha”yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga Institut tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat sud-ekspertiza muassasalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga asosiy vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari tomonidan ishlab chiqilayotgan barcha uslubiyotlarni ularning ilmiy jihatdan asoslanganligi yuzasidan Institutning tegishli xulosasini inobatga olgan holda tasdiqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tomonidan berilgan taklif va tavsiyalarga amal qilib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Institutning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini taʼminlasin hamda Institutni yuqori ilmiy salohiyatli va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
704-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 704-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Ilmiy kotib

Idoralararo ilmiy-uslubiy kengash

Kriminalistik, sud-lingvistik va filologik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot boʻlimi

4

Sud-tibbiy, psixiatriya, psixologik va biologik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot boʻlimi

4

Sud iqtisodiy, tovarshunoslik, baholash va muhandislik-texnik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot boʻlimi

3

Sud-kompyuter-texnikaviy va sud-fonografiya ekspertizalari ilmiy-tadqiqot boʻlimi

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan normativlar boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassis va olimlar shartnoma asosida qoʻshimcha ravishda jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 704-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Institut X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Institut mamlakatimizda sud-ekspertlik faoliyati sohasiga zamonaviy ilmiy yondashuvlarni qoʻllash orqali uning samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga koʻtarish, davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, shu jumladan, sud-ekspertlik byurolariga (keyingi oʻrinlarda — davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari) ilmiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashish, ularning faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirishda ishtirok etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 09/26/74/0165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Institut oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyruqlari, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Institut oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institut uning toʻliq nomi koʻrsatilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Institutning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti, qisqartirilgan nomi — Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Nauchno-issledovatelskiy institut sudebnoy ekspertizi pri Respublikanskom sentre sudebnoy ekspertizi imeni X. Suleymanovoy pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Nauchno-issledovatelskiy institut sudebnoy ekspertizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — The Scientific Research Institute of Forensic expertise under X. Sulaymanova Republican Center of Forensic expertise, qisqartirilgan nomi — The Scientific Research Institute of Forensic expertise.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Institutning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy koʻmak berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish boʻyicha choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks oʻrganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini doimiy ravishda oʻrganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Institut oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar yuzasidan maslahatlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi va kriminalistika mutaxassisligi boʻyicha ilmiy darajalarga ega boʻlgan kadrlarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlariga ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlashda yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi sohasi samaradorligini oshirishga oid tadqiqotlarni olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning sud-ekspertiza hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganib boradi, Scopus, Web of science va boshqa bazalardagi sud ekspertiza sohasiga oid materiallarni doimiy tahlil qilib boradi, natijasiga koʻra takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-texnik muammolarni hal qilish va muhim ahamiyatga ega boʻlgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy koʻmak berish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini ilmiy va uslubiy jihatdan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi uslubiyotlarni ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertiza sohasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot va boshqa materiallarni ishlab chiqadi, toʻplaydi va nashr etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy fan yutuqlarini qamrab olgan oʻquv-uslubiy materiallar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud sohaviy adabiyotlarni doimiy monitoring qilish natijasida yangi avlod adabiyotlariga ehtiyojlarini oʻrganib, ularni ishlab chiqish boʻyicha dasturlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari xodimlarining ilmiy-uslubiy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy seminar va boshqa tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovga asosan sud ekspertiza tadqiqotlari xulosalari boʻyicha taqrizlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi uslubiyot va ekspert tadqiqot turlarini sinab koʻradi va ekspertlik amaliyotiga tatbiq etish boʻyicha taklif kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatining yanada ishonchliligini taʼminlash maqsadida ularni belgilangan tartibga muvofiq ixtiyoriy sertifikatlashdan oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik sohasida yagona ilmiy-metodik yondashuvlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganib, uni sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish boʻyicha taklif kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sohaviy faoliyatini reja asosida oʻrganib boradi va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarni tatbiq etish boʻyicha aniq choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik sohasida yagona ilmiy-metodik yondashuvlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qoʻllanmalar reyestrini shakllantiradi va yangilab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam koʻrsatish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertiza muassasalari, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudyalarni sud ekspertizasi masalalari boʻyicha ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini ilmiy-tahliliy axborotlar bilan taʼminlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar faoliyatiga sud ekspertizasi va kriminalistika sohasiga oid yangi oʻquv dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari yaratishga koʻmaklashish orqali oʻquv-metodik ishlarning sifati va darajasini oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan qoʻshma dasturlar asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda grantlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning sud ekspertiza sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash borasida tizimli targʻibot tadbirlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari xodimlarini sud ekspertizasi sohasining zamonaviy yutuqlari va imkoniyatlari bilan tanishtiradi, ularga ekspertiza tayinlash hamda uni oʻtkazish uchun materiallarni tayyorlash tartibini tushuntiradi, ayrim hollarda ashyoviy dalillarni topish, qayd etish, olish va oʻrashda amaliy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish boʻyicha choralarni koʻrish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik faoliyatiga ilm-fanning zamonaviy yutuqlarini tatbiq etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik faoliyatiga ilmiy va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish borasida takliflar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida fan va texnika yutuqlari tatbiq etilganlik holatlarini tizimli ravishda monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor zamonaviy tajribani oʻrganish maqsadida Institut xodimlarini xorijiy sud ekspertiza, taʼlim muassasalari va boshqa ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish tashkilotlariga tizimli ravishda malaka oshirish hamda stajirovkalarga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish uchun ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish tashkilotlari bilan ular tomonidan ishlab chiqilgan asbob-uskuna va texnologiyalarni Oʻzbekiston Respublikasida aprobatsiya va validatsiya qilish boʻyicha belgilangan tartibda hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks oʻrganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks oʻrganish orqali ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlik amaliyotini umumlashtiradi, muayyan ekspertiza materiallari boʻyicha huquqbuzarlikni sodir etishga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi hamda ularning oldini olish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlaridan zarur boʻlgan hujjat, axborot va boshqa materiallarni Institutning vazifa va funksiyalarini inobatga olgan holda soʻrab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks oʻrganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqishda davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar hamda boshqa vazirlik va idoralarning xodimlari va mutaxassislarini jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini doimiy ravishda oʻrganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar kiritish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash maqsadida doimiy ravishda soʻrovnomalar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochilmayotgan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida u haqdagi statistik maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida mavjud boʻlgan sud-ekspertiza sohasiga oid axborot-maʼlumotlar bazalari bilan Institutni taʼminlash, ularni saqlash va foydalanish boʻyicha tegishli choralarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasining yangi turlari va uslubiyotlarni ishlab chiqishda davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar hamda boshqa vazirlik va idoralarning laborator va tegishli bazalardan belgilangan tartibda foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan uslubiyotlar ilmiy jihatdan asoslanganligi boʻyicha koʻrib chiqadi va bu borada tegishli xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda sohada zamonaviy axborot texnologiyalarining keng qoʻllanilishi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertiza muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari va kompyuter dasturlari, elektron maʼlumotlar bazalarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida axborot xavfsizligi, tizim va manbalarni himoyalash boʻyicha “Axborot xavfsizligi siyosati” tizimini ishlab chiqish xamda sud-ekspertiza faoliyatiga tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda uning bajarilganligini tizimli ravishda oʻrganib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertiza muassasalari va tashkilotlarini jihozlashga doir minimal talablarni tizimli ravishda oʻrganib boradi va uni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, rivojlantirish, maʼlumotlarni saqlash va ularga ishlov berish, avtomatlashtirish masalasida maxsus dasturlar majmuini ishlab chiqish va ularni sud ekspertiza faoliyatlariga tatbiq etish boʻyicha taklif va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertlari va ekspertiza toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir maʼlumotlarni yetkazish, ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash uchun moʻljallangan “E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi ishlashi va undagi maʼlumotlarni doimiy ravishda yangilanib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi samarali, tizimli va uzluksiz ishlashi uchun tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Institutning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Institut oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan zarur axborot va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut kadrlarini xorijiy davlatlarda malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash hamda xorijiy texnologiyalar bilan moddiy-texnik jihozlanishi uchun maqsadli mablagʻlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi sohasidagi ekspert va ilmiy xodimlarni ilmiy ishlarga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyati boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan taʼsir choralar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan birgalikda tadqiqot xarakteridagi hujjatlar loyihalarini tayyorlash va tadqiqot faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun xodimlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik sohasi ilmiy-tadqiqot faoliyati masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash va Institutning Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqot laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini yangilash va ekspertiza tadqiqotlari sifatini oshirish boʻyicha takliflarini Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashiga olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz rahbariyati nomidan Institut vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik va aloqalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz rahbariyati bilan kelishilgan holda Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyati toʻgʻrisidagi axborotnomani ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Markazning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Institut oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalar ijrosi yuzasidan har yarim yillikda Adliya vazirligiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro intizomiga rioya qilish, hujjatlar ijrosini taʼminlash, ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlanmalarni yaratishni amalga oshirishga qaratilgan hujjatlarini tayyorlashni tashkillashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda ish yuritish boʻyicha belgilangan talablarga rioya etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Ilmiy kengash va tezkor yigʻilishlarida ishtirok etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning yarim yillik va yillik hisobotlarini tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi va Markaz rahbariyatining topshirigʻiga koʻra, ijro intizomi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Markaz rahbariyatiga takliflar kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning yarim yillik ish rejalari, shuningdek, Adliya vazirligining yarim yillik ish rejalari ijrosini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklatilgan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan masʼul ijrochilardan maʼlumotlar talab qilish, umumlashtirish, tahlil qilish va natijasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaz rahbariyatiga axborot kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut ish rejasi ijrosi yuzasidan Idoralararo ilmiy-uslubiy kengash yigʻilishlari oʻtkazilishini tashkillashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, vebinarlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni oʻtkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy faoliyat natijalariga koʻra faol xodimlar, ekspertlarni ragʻbatlantirish va mukofotlash uchun Markaz direktoriga takliflar kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertiza amaliyotiga tatbiq etilishi uchun moʻljallangan Markazning ilmiy faoliyati rejalariga muvofiq amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqotlar va ularning natijalarini belgilangan tartibda hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va sud-ekspertiza faoliyatida toʻplangan ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribalardan foydalanish uchun oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy aloqalarni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot loyihalarini masʼul ijrochilar tomonidan oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda oʻrnatilgan ijro va mehnat intizomi talablariga rioya etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq Institutda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Institut tuzilmasi — direktor, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, ilmiy xodim va ilmiy kotib shtat birliklaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Institutga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan, qoida tariqasida oliy maʼlumotli va ilmiy darajali (DSc, PhD), sud-ekspertiza sohasida kamida 10 yillik ish stajiga ega boʻlgan direktor rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Institut rahbari lavozimi boʻyicha Markaz direktori oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Institut direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha Institut xodimlarining ishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tomonidan koʻrib chiqish uchun davlat sud-ekspertiza muassasalaridan taqdim etilgan uslubiyotlarni, shuningdek Institut tomonidan tayyorlanayotgan uslubiyotlarni tayyorlanishi va sifatli ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyat sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Institut xodimlari Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Institut rahbari boʻlmagan vaqtda (mehnat taʼtili, xizmat safari davrida va boshqa holatlarda) uning vazifasini Markaz direktorining buyrugʻiga asosan Institutning boshqa xodimlaridan biri bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Institut xodimlari oʻz faoliyatini Markaz rahbariyati bilan kelishilgan va tasdiqlangan funksional vazifalariga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Institutda Idoralararo ilmiy-uslubiy kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tarkibi tizimida sud-ekspertiza muassasalari boʻlgan davlat organlarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi va unga davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ilmiy muassasalar hamda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning aʼzolari kiritiladi. Kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kengash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilgan uslubiy materiallarning ilmiy va amaliy asoslanganligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertiza tadqiqotlarini oʻtkazishda qoʻllaniladigan metodlarni va ekspertiza sohasidagi texnologiyalarni yanada takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini jihozlashga doir minimal talablarni ishlab chiqadi va uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertiza faoliyatini amalga oshirishda xorijiy tajribadan foydalanish xususida tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertiza faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlashning boshqa masalalarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning boʻlim boshliqlari oʻz faoliyat yoʻnalishi boʻyicha Kengash vakolati doirasiga kiradigan masalalarga oid barcha materiallarni tayyorlash va Kengashga taqdim etishga masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik taʼlim va sud ekspertiza boshqarmasi boshligʻi rahbarlik qiladi.
(20-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kengash oʻz vazifalarini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari va boshqa tashkilotlardan oʻz faoliyatini amalga oshirishga oid zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan materiallarni mustaqil ravishda koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertiza faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash sohasida boshqa huquqlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Institutning hisobdorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Institut rahbarlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga, Adliya vazirligining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Markazga muntazam ravishda hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Adliya vazirligining tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Institut rahbariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Institut faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Institutning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantirilishi yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Institut faoliyatini moliyalashtirish Markaz mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Institut faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 704-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Ijro uchun masʼul ijrochilar

I. Ilmiy-tadqiqot va uslubiy tadbirlar

1.

Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qoʻllanmalarni tanqidiy koʻrib chiqish va amaliyotni uygʻunlashtirish maqsadida tizimlashtirish.

Bunda, 2022-yilda 120 ta hamda 2023-yilda 200 ta mavjud uslubiyotlarni tanqidiy oʻrganib chiqishni taʼminlash.

Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qoʻllanmalarni tanqidiy koʻrib chiqish va amaliyotni uygʻunlashtirish maqsadida tizimlashtirish boʻyicha Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

2022-yil mart

Adliya vazirligi, Institut, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati

Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qoʻllanmalarni tanqidiy koʻrib chiqish va amaliyotni uygʻunlashtirish maqsadida tizimlashtirish.

Amalga oshirish 2022-2023-yillar

2.

Institutning Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) faoliyatini tashkil etish.

Adliya vaziri buyrugʻi bilan Kengashning tarkibi hamda nizomi (reglamenti)ni tasdiqlash.

2022-yil 10-fevral

Adliya vazirligi, Markaz, Institut

Kengashning dastlabki yigʻilishini oʻtkazish va unda Kengashning 2022-yil I yarim yillikka moʻljallangan ish rejasini tasdiqlash.

2022-yil 20-fevral

3.

Institutga yuklatilgan vazifalar hamda sud, tergov va sud ekspertiza muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalarga bagʻishlangan turkum targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

Sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud ekspertiza muassasasi xodimlari ishtirokida respublika va hududiy seminar va vebinarlar tashkil etish.

2022-yil davomida

Institut, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud ekspertiza muassasalari

4.

Institut tomonidan davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini hamda yangi turdagi uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish yuzasidan “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish.

Institut hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining vakillaridan iborat ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil fevral

Institut, sud ekspertiza muassasalari va tashkilotlari

Ishchi guruh tomonidan har bir sud ekspertiza muassasasi kesimida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari ahvoli yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazish.

2022-yil fevral — dekabr

Oʻrganish natijasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini hamda yangi turdagi uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish yuzasidan “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish.

2023-yil fevral

5.

Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining dastlabki tergovdagi ishtirokiga boʻlgan talab va ehtiyojlarni oʻrgangan holda takliflar tayyorlash.

Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining dastlabki tergovdagi ishtirokiga boʻlgan talab va ehtiyojlarni oʻrganish.

2022-yil iyul-avgust

Adliya vazirligi, Institut, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi

Oʻrganish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil sentabr

6.

Institut faoliyatini tashkil etish boʻyicha nufuzli xorijiy sud ekspertiza va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish.

Institut faoliyatini dastlabki bosqichda tashkil etish boʻyicha nufuzli xorijiy sud ekspertiza va ilmiy tadqiqot muassasalarini aniqlash.

Aniqlangan xorijiy sud ekspertiza va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan muzokaralar olib borish va ular bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish.

2022-yil iyul

Markaz, Institut

7.

Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam koʻrsatish.

Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni sud ekspertlik faoliyati bilan tanishtirish maqsadida amaliy qoʻllanma yaratish.

2022-yil fevral

Adliya vazirligi, Markaz, Institut

Sud ekspertiza faoliyatiga taalluqli taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatgan holda, sud ekspertlik faoliyati boʻyicha tegishli uslubiy va axborot materiallari bilan taʼminlab borish.

doimiy

8.

Institutni maxsus ixtisoslashtirilgan oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash, hamda ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga sharoit yaratish.

Institutni oʻquv-metodik, ilmiy-metodik qoʻllanmalar va ilmiy nashrlar bilan taʼminlash, shuningdek, ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalariga ulanish.

2022-yil fevral

Markaz, Institut

Shuningdek, Markaz axborot-resurs markazini zamonaviy adabiyot va axborot resurslari bilan boyitib borish.

2022-yil davomida

9.

Xalqaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va Institut xodimlarining amaliy koʻnikmalarini orttirish tizimini joriy etish va takomillashtirish.

Xorijiy sud ekspertiza va ilmiy-tadqiqot muassasa, kompaniyalar va korxonalarda stajirovka, malaka oshirishni oʻtash tizimini joriy etish.

2022-yil yanvar — may

Adliya vazirligi, Markaz, Institut

10.

Institut xodimlarini tegishli sohalarning ilmiy-texnik muammolariga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.

Sohalarning ilmiy-texnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish.

Institut xodimlarini tegishli ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish.

Institut ish rejasiga asosan

Markaz, Institut

Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini impakt faktori yuqori boʻlgan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish hamda natijalarni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish.

Doimiy

11.

Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, yuqori natijadorlikka erishishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlarni olib borish orqali Institutning ilmiy salohiyatini oshirish.

Institut xodimlarini xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtirokini taʼminlash.

Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun mutaxassislik yoʻnalishlaridan kelib chiqib, falsafa doktori (RhD) hamda fan doktorlarining (DSs) yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

Markaz, Institut

Yetakchi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.

2023-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

12.

Institutning xorijiy sud ekspertiza muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish.

Yetakchi xorijiy sud ekspertiza muassasalari va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish.

2022-yil martdan boshlab doimiy

Markaz, Institut

13.

Innovatsiya va ilmiy faoliyatni olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish.

Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

Mamlakatdagi iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlarini tahlil qilish.

Doimiy

Markaz, Institut

14.

Sud ekspertiza sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning jahon andozalari asosida oʻtkazilishini taʼminlash choralarini koʻrish.

Sud ekspertizasi sohasida yetakchi xorijiy davlatlarning ilmiy muassasalarida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar tendensiyalari va natijalarini tahlil qilish hamda tahlil natijalari boʻyicha institut ilmiy-tadqiqot mavzulari va yoʻnalishlarini yangilab va takomillashtirib borish.

Soha boʻyicha yetuk xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, video-konferensiyalar tashkil etish

Doimiy

Markaz, Institut

15.

Institut ilmiy maktabini shakllantirish va respublika ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilish.

Institut ilmiy maktabini yoʻlga qoʻyish va faoliyatini ommalashtirish va qoʻlga kiritilgan yutuqlar boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazib borish.

2023-yilidan boshlab doimiy

Markaz, Institut

16.

Sud ekspertiza muassasalariga yangi sud ekspertiza va tadqiqot turlarini ishlab chiqishda ilmiy va uslubiy jihatdan koʻmaklashish.

Sud ekspertiza hamda taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda yangi sud ekspertiza va tadqiqotlar turlarini yaratish boʻyicha rejalar ishlab chiqish.

Tasdiqlangan rejalar asosida yaratilgan yangi sud ekspertiza va tadqiqotlar turlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish.

2022 — 2025-yillar

Institut, sud ekspertiza va oliy taʼlim muassasalari

17.

Sud ekspertiza muassasalari tomonidan 2022 — 2025-yillarda joriy etiladigan yangi ekspertiza va tadqiqot turlarini joriy etishida yordamlashish.

Bunda, 2022-2023-yillarda 4 ta, 2023-2024-yillarda
8 ta hamda
2024-2025-yillarda 2 ta yangi ekspertiza va tadqiqot turlari joriy etish nazarda tutilgan

Sud ekspertiza muassasalari tomonidan 2022 — 2025-yillarda joriy etiladigan yangi ekspertiza va tadqiqot turlarini joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

Yangi ekspertiza va tadqiqot turlari boʻyicha uslubiyotlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2022 — 2025-yillar

Markaz, Institut

II. Tashkiliy tadbirlar

18.

Institut tashkil etilishi munosabati bilan X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining tegishli hujjatlarini qayta koʻrib chiqish.

Institutni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan Markazning moliya-xoʻjalik boʻyicha hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

Institutga ajratilgan shtat birliklari bilan bogʻliq masalalar (mansab yoʻriqnomalari, lavozimga qoʻyiladigan talablar va boshqa) yuzasidan hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2022-yil fevral

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaz

19.

Institutni yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.

Institutga kadrlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish.

Bunda oliy va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish.

2022 yanvar-fevral

Adliya vazirligi, Markaz

20.

Institut xodimlarini ilgʻor xorijiy tajriba va amaliy koʻnikmalarini yanada oshirish uchun xorijiy sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

Institut xodimlarining malaka oshirishi va stajirovka oʻtashi boʻyicha xorijiy sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari doirasini aniqlab olish.

Olib borilgan muzokaralar natijasida Institut xodimlarini malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

2022-2023-yillar

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaz, Institut

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 09/21/704/1079-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 23.02.2026-y., 09/26/74/0165-son)