Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3013-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 1-maydagi 180-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3013, 2018-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 20-son, 427-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-oktabr,
66-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi), xarid komissiyasining, uning aʼzolarining, maxsus axborot portali operatorining” degan soʻzlar “xarid komissiyasining, uning aʼzolarining, davlat xaridlari elektron tizimi operatorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2-banddagi “qonun” degan soʻz “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 3-banddagi “qonun” degan soʻz “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “toʻgʻrisidagi hujjatlar” degan soʻzlar “sohasidagi hujjatlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
5. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tuziladi, uning tarkibi tegishli davlat organlari, Operatorlar va jamoatchilik vakillaridan iborat boʻladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.”.
6. 6-banddagi “Operator” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 7-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Komissiya raisining oʻrinbosari;”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
8. 8-bandda:
oltinchi xatboshidagi “Vakolatli organga taqdim etadi” degan soʻzlar “maxsus axborot portalida eʼlon qiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “qonun” degan soʻz “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Komissiya raisi yoʻqligida uning vazifalarini oʻrinbosari bajaradi.”.
9. 9-bandda:
birinchi xatboshi “Komissiya” degan soʻzdan keyin “raisining oʻrinbosari va Komissiya” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshidan “koʻra” degan soʻz chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “Operatordan” degan soʻz “Operatorlardan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Komissiya kun tartibiga kiritilgan masalani koʻrib chiqish jarayonida Komissiya raisi, uning oʻrinbosari yoki Komissiya aʼzosi oʻzlarida manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorlik yuzaga kelgan holatda, Komissiya raisi, uning oʻrinbosari yoki Komissiya aʼzosi yigʻilish boshlanishidan oldin bu haqda maʼlum qilishga majbur.
Bu holatda manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorligi yuzaga kelgan Komissiya raisi, uning oʻrinbosari yoki Komissiya aʼzosi koʻrsatilgan masalani koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi.”.
11. 14-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shikoyatni Komissiya aʼzolarining shaxsiy kabinetlariga yuboradi;”.
12. 16-bandning birinchi xatboshisidan “Davlat xaridlarini nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning shikoyatlari Operator sayti orqali ham yuborilishi mumkin.” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
13. 17-bandda:
ikkinchi xatboshidan “vakolatli organning,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshidagi “qonun” degan soʻz “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
14. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Komissiya shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etadigan shaxslarni (bundan buyon matnda taraflar deb yuritiladi) maxsus axborot portali orqali yigʻilish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Komissiya shikoyatni buyurtmachi va ishtirokchining ishtirokida koʻrib chiqadi, bundan ishtirokchi shikoyatni uning ishtirokisiz koʻrib chiqishga rozilik bildirgan yoki uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan hollar mustasno.”.
15. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
“191. Komissiyaning majlislari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda masofadan oʻtkazilishi mumkin.”.
16. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Komissiya shikoyatni qabul qilib olganda shikoyat kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida shikoyat haqida buyurtmachini xabardor qiladi hamda xarid qilish tartib-taomilini oʻn ish kunigacha boʻlgan umumiy muddatga toʻxtatib turadi.”.
17. 21-bandning birinchi xatboshisidagi “Arizachi” degan soʻz “Arizachining” degan soʻz bilan almashtirilsin.
18. Quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
“221. Komissiya shikoyatlarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish jarayonida maxsus axborot portalida yuritiladigan ishtirokchilarning reytingidan foydalanishi mumkin.”.
19. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Komissiya shikoyat olinganidan keyin yetti ish kuni ichida u boʻyicha qaror chiqarishi va bu haqdagi axborotni maxsus axborot portalida joylashtirishi kerak.”.
20. 27-banddagi “kun” degan soʻz “ish kuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 28-banddagi “qonun” degan soʻz “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)