Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 18-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2722-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 22-mh, 36, 39-QQ-son “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (roʻyxat raqami 2722, 2015-yil 26-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 43-son, 550-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-oktabr,
32-mh-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-oktabr,
33-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-oktabr,
45-2021Q/Q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:”;
2. Nizomda:
a) Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasining (bundan buyon matnda logopediya shoxobchasi deb yuritiladi) faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.”;
b) 8-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 9-banddagi “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishni va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik taʼminlash kichik guruhi” degan soʻzlar “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 10-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 11-banddagi “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 19-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 23-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishni va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik taʼminlash kichik guruhiga” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 2-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)