O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 18-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2722-1]
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 22-mh, 36, 39-QQ-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (ro‘yxat raqami 2722, 2015-yil 26-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 43-son, 550-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xalq ta’limi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-oktabr,
32-mh-son
Sog‘liqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-oktabr,
33-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-oktabr,
45-2021Q/Q-son
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:”;
2. Nizomda:
a) Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasining (bundan buyon matnda logopediya shoxobchasi deb yuritiladi) faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.”;
b) 8-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 9-banddagi “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik ta’minlash kichik guruhi” degan so‘zlar “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 10-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
d) 11-banddagi “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi” degan so‘zlar “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 19-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
j) 23-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik ta’minlash kichik guruhiga” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
z) 2-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “muassasalari” degan so‘z “tashkilotlari” degan so‘z bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)