17.11.2021 yildagi PQ-13-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4931-son Farmoni bilan tashkil etilgan “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasining (keyingi oʻrinlarda — “Gʻijduvon” EIZ) faoliyatini kengaytirish hamda Buxoro viloyatida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buxoro viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Peshku va Qorovulbozor tumanlari hududida ushbu qarorga ilovada keltirilgan 100 gektardan, jami 200 gektar boʻsh turgan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan boshqa yer toifasiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga ilovada keltirilgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazgan holda, “Gʻijduvon” EIZ direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish orqali “Gʻijduvon” EIZ hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “Gʻijduvon” EIZning yangi hududlarida ustuvor ravishda qurilish sanoatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Gʻijduvon” EIZning maʼmuriy kengashi uch oy muddatda yangi hududlarning bosh rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻijduvon” EIZning bosh rejasini ishlab chiqishda Buxoro viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar “Gʻijduvon” EIZning bosh rejasini ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻijduvon” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihachi va pudratchi tashkilot tanlov asosida aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻijduvon” EIZning yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarori bilan Buxoro viloyatiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻijduvon” EIZning hududida, shu jumladan yangi tashkil etiladigan hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻijduvon” EIZga ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buxoro viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki yil muddatda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida “Gʻijduvon” EIZ loyihalarini joylashtirish uchun ajratilayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga teng miqdorda yangi yerlarni oʻzlashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakovga — vazirliklar, idoralar, Buxoro viloyati hokimligining “Gʻijduvon” EIZning rivojlanishi va samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, uning hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq jarayonlarni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika vaziri A.S. Sultanovga, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Xidoyatovga, transport vaziri I.R. Maxkamovga — “Gʻijduvon” EIZ hududidagi investitsiya loyihalarining obyektlari foydalanishga topshirilgunga qadar zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini hamda mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, ularga talab etiladigan ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda Hukumatning quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli hujjatini qabul qilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatida auksion savdolariga chiqariladigan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatida 2021 — 2023-yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish yoʻnalishida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish yoʻnalishida amalga oshirilishi taklif etilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalarining portfeli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻijduvon” EIZga oʻtkazilayotgan hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch oy muddatda “Gʻijduvon” EIZni boshqa tumanlarda kengaytirish yuzasidan tegishli hujjat loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov va Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisida 2022-yilning 1-fevral va 1-iyul sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-13-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-noyabrdagi PQ-13-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Peshku va Qorovulbozor tumanlaridagi “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga oʻtkazilayotgan hududlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHEGARALARI

1. Peshku tumani, “Jongeldi” MFYdagi yer maydoni, quyidagi chegaralar bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sharqiy tomondan — “Jongeldi” MFY hududidan oʻtuvchi A380 “Gʻuzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yoʻli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shimoliy tomondan — “Jongeldi” MFY hududidan oʻtuvchi A380 avtomobil yoʻli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
janubiy tomondan — aholi punkti;

gʻarbiy tomondan — ochiq maydon.

2. Qorovulbozor tumani, “Boʻzachi” MFYdagi yer maydoni, quyidagi chegaralar bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sharqiy tomondan — A380 “Gʻuzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yoʻlining “Boʻzachi” MFY hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shimoliy tomondan — A380 “Gʻuzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yoʻli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
janubiy tomondan — aholi punkti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻarbiy tomondan — ochiq maydon.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2021-y., 07/21/13/1054-son)