Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sport taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan yangi tizimini joriy qilish, kuchli olimpiya zaxirasini yaratish orqali sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi hamda yuqori natijalarga erishishini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Olimpiya zaxiralari kollejlari negizida Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos taʼlim muassasasi shaklidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
2. Belgilansinki, 2022/2023 oʻquv yilidan (2022-yil 1-sentabrdan) boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari kontingenti faqat olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha shakllantiriladi (bundan milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sport turlari mustasno);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi tavsiyasiga asosan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining tegishli paralimpiya sport turlari boʻlimlariga yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan sportchilar uchun 10 foizgacha qoʻshimcha kvotalar ajratiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida taʼlim jarayoni umumiy oʻrta taʼlim hamda oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichlarida amalga oshiriladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga qabul kvotalari har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlari boʻyicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib shakllantiriladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari mavjud moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib hududlarda rivojlangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi bekor qilinadi hamda oʻquvchilar toʻliq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari direktorlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari va jamoatchilik vakillariga ushbu qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan har yil yakuni boʻyicha hisobot beradi va uning natijasiga koʻra ular faoliyatiga xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan baho berib boriladi. Bunda, baho natijalari kollejlar direktorlarini ragʻbatlantirish (shu jumladan boshqa lavozimlarga koʻtarish) va ularga nisbatan tegishli choralar koʻrish (shu jumladan lavozimidan ozod qilish) uchun asos boʻlib xizmat qiladi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga joylardan iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashga (seleksiya) yaqindan koʻmaklashadi, ushbu ishlarni amalga oshirish uchun boshqa sport-taʼlim muassasalari bilan doimiy aloqa oʻrnatiladi;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya sport turlari boʻyicha sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hududlarda seleksioner lavozimini joriy etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov):
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi va sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda uch oy muddatda 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga qabul parametrlarini tegishli hududlardagi aholi, sport bilan shugʻullanuvchilar, sport-taʼlim muassasalari soni va boshqa muhim koʻrsatkichlardan kelib chiqib oshirish orqali shakllantirish, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida olimpiya va paralimpiya sport turlarini koʻpaytirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
ikki oy muddatda olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida ajratilgan mablagʻlar doirasida xoʻjalik xizmatlarini autsorsing asosida amalga oshirishni yoʻlga qoʻysin;
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagi noolimpiya sport turlari boʻyicha yoʻnalishlarda tahsil olayotgan oʻquvchilar ushbu kollejlarni toʻliq tamomlagunga qadar oʻqitilishini taʼminlasin.
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (A. Aripov) mazkur qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyunga qadar olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga 2022/2023 oʻquv yili uchun qabul parametrlarini tasdiqlasin.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
2022-yildan boshlab tuman (shahar)da olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazishni moliyalashtirish uchun 110 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi (respublika budjetidan — 55 milliard soʻm, mahalliy budjetlardan — 55 milliard soʻm) hamda ushbu maqsadlar uchun har yili har bir tuman (shahar)ga 300 million soʻmdan 1 mlrd soʻmgacha beriladi. Bunda, ushbu mablagʻlarning ajratilganligi va uning xarajatlari “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib boriladi;
har bir mahalla, umumiy oʻrta taʼlim maktabi, oʻrta maxsus professional taʼlim muassasasida jamoaviy sport turlari (basketbol, voleybol, gandbol, futbol va boshqalar) boʻyicha jamoalar tuziladi. Bunda, mahalladagi jamoalarga — sport-taʼlim muassasalari trenerlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalaridagi jamoalarga — jismoniy tarbiya oʻqituvchilari masʼul etib belgilanadi;
oliy taʼlim muassasalari jismoniy tarbiya va sport faoliyati yoʻnalishlarining 3-4-kurslarida tahsil olayotgan talabalarga maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, sport-taʼlim muassasalarida trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi hamda ularga oʻrta-maxsus maʼlumotli pedagogning bazaviy tarif stavkalari boʻyicha har oyda ish haqi toʻlab boriladi;
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga maqsadli tayyorgarlik koʻrayotgan sportchi, trenerlar va boshqa mutaxassislarga, shu jumladan xorijiy sport mutaxassislariga Davlat budjetidan toʻlanadigan oylik ish haqlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan mezonlar asosida toʻlab beriladi.
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq respublikada xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster, Oʻzbekiston sport ustasi yoki Oʻzbekiston grossmeysteri sport unvonlari, shuningdek, Oʻzbekiston sport ustaligiga yoki Oʻzbekiston grossmeysterligiga nomzod, birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, oʻsmirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari belgilangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida 2022-yil 1-yanvardan boshlab unvonli va razryadli sportchilarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Belgilansinki:
davlat buyurtmasi asosida tayyorlash tizimi sport-taʼlim muassasalarining oʻquv yili boshidan boshlab rejali ishlashini tashkil etish, ular rahbariyati va trenerlar tarkibining masʼuliyatini oshirish, sport obyektlari va inshootlaridan samarali foydalanish, budjet mablagʻlarini toʻgʻri ishlatish maqsadida joriy qilinadi;
davlat buyurtmasi asosida tayyorlash tizimi sport-taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, trenerlarning sifat tarkibi, shugʻullanuvchilarning soni va boshqa muhim koʻrsatkichlardan kelib chiqib shakllantiriladi;
davlat buyurtmasi asosida unvonli va razryadli sportchilar sport turlari reyestriga kiritilgan hamda yagona sport tasnifi mavjud boʻlgan sport turlari boʻyicha tayyorlanadi;
sport unvonlari va razryadlari sportchilarga umrbod beriladi;
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga litsenziyalarni qoʻlga kiritish uchun saralash musobaqalari, jahon chempionatlari va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun nomzodlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkiblari birinchi navbatda unvonli va razryadli sportchilar orasidan tanlab olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov):
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Keyingi tahrirga qarang.
har yili tegishincha 1-avgust va 1-yanvarga qadar sport-taʼlim muassasalari tomonidan tayyorlanadigan unvonli va razryadli sportchilarning davlat buyurtmasini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlaridan kelib chiqib sport turlari reyestrini qayta tasdiqlasin.
5. Belgilansinki, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari hamda olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlariga oʻquvchilarni qabul qilishda ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi boʻyicha sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirganligi muhim mezon hisoblanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatiga sportga keng jalb qilingan bolalar va oʻsmirlar, davlat buyurtmasiga asosan tayyorlangan unvonli va razryadli sportchilar, respublika va xalqaro sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga qabul qilingan oʻquvchilar soniga qarab baho beriladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablari faoliyatiga davlat buyurtmasiga asosan tayyorlangan unvonli va razryadli sportchilar, sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan sportchilar, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo, Oʻzbekiston chempionatlari (kuboklari) gʻoliblari va sovrindorlari soniga qarab baho beriladi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari rahbarlarining sport boʻyicha oʻrinbosarlari va trenerlari har yarim yilda kamida bir marta umumiy oʻrta taʼlim maktablariga bevosita tashrif buyurib, iqtidorli yoshlarni tegishli sport-taʼlim muassasalariga jalb qilish boʻyicha seleksiya ishlarini amalga oshiradi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar kattalar va yoshlar oʻrtasida Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida oxirgi toʻrt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib va sovrindor (1 — 3 oʻrin) boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki taʼlim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichining maxsus sport fanlarini muvaffaqiyatli (aʼlo bahoda) tamomlagan bitiruvchilar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallariga hamda oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyati yoʻnalishlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi bosqichga yakka tartibdagi suhbat orqali davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida 3-4-kurslarda tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti ularning yashash boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan qatʼi nazar tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ustuvor ravishda davlat sport-taʼlim muassasalarida tashkil etiladi;
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallari bitiruvchilariga yashash boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan qatʼi nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida koʻrsatilgan tuman (shahar)da joylashgan davlat sport-taʼlim muassasalarida 4 yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Samarqand shahri, Ibn Sino koʻchasi, 17a-uy manzili boʻyicha uch yillik “spetsialitet” dasturni amalga oshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti tashkil qilinsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, Oliy sport mahorati institutiga faqat olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarini bitirib olimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa aʼzolari boʻlgan yoshlarning sport natijalariga qarab hamda seleksiya boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Turizm va sport vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov):
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
uch oy muddatda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini tubdan qayta koʻrib chiqib, yangi takomillashtirilgan tizimni joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda tuman (shahar) markazlarida joylashgan sport-taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish evaziga 2022 — 2025-yillarda ularni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarning budjetdan tashqari tushadigan tushumlari hisobiga qoplanadigan ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish boʻyicha reja-jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2022-yil 1-martga qadar barcha davlat sport-taʼlim muassasalari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda trenerlarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda uning natijasi asosida chuqur bilim, tajriba va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-iyulga qadar Moliya vazirligi bilan birgalikda sport-taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini tubdan qayta koʻrib chiqib, yangi takomillashtirilgan tizimni joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
8. Belgilansinki, 2022-yil 1-avgustdan boshlab hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) orqali amalga oshiriladi.
Bunda:
Platforma Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT-park direksiyasi rezidentlari bilan birgalikda ishlab chiqiladi va doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlanadi;
Platformani ishlab chiqish va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston sport delegatsiyasining 2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtgan yozgi XXXII Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va ishtirok etishi xarajatlari smetasi doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Platforma oʻtkaziladigan Oʻzbekiston chempionatlari (kuboklari)ning barcha bosqichlari bilan bogʻliq hujjatlarni raqamlashtirish, barcha sport-taʼlim muassasalariga oʻquvchilarni qabul qilish, Davlat budjetidan sport sohasi, shuningdek, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari uchun ajratiladigan mablagʻlar taqsimlanishi va ishlatilishining toʻliq nazoratini amalga oshirish, ular boʻyicha hisobotlarni shakllantirish, sport-taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlar tushumlarini nazorat qilish va ishlatilishi shaffofligini taʼminlaydi;
Platforma sport sinovlarining platformasi (www.jtdss.uz) bilan integratsiya qilinadi;
sportchi yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maqsadida Platformada videoxosting joylashtiriladi;
Platformada joylashtirilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar sport sohasining malakali mutaxassislari xulosalariga asosan tanlab olinadi, eng yaxshi qisqa metrajli videorolikni joylashtirgan shaxslar Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Platformani ishlab chiqish va unga xizmat koʻrsatish hamda keyinchalik modernizatsiyalash boʻyicha buyurtmachining funksiyalari Yoshlar siyosati va sport vazirligiga yuklatiladi.
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi mazkur banddagi vazifalarni toʻliq amalga oshirsin hamda Platformaning 2022-yil 1-iyulga qadar ishga tushirilishini taʼminlasin.
(8-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra sport turlari boʻyicha:
a) Oʻzbekiston chempionatlari (kuboklari):
1-bosqich — mahalla (muassasa) miqyosida;
2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;
3-bosqich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida;
4-bosqich — respublika miqyosida amalga oshiriladi;
b) Oʻzbekiston chempionatlari (kuboklari)ning final bosqichlarida faqat mazkur musobaqalarning quyi bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va tegishli hujjatlarni Platformaga joylashtirgan jamoalar (yakka sportchilar) ishtirok etadi. Bunda, ushbu talablarga rioya qilinmasa jamoalar (yakka sportchilar) ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
v) Oʻzbekiston chempionatlari (kuboklari) bilan ketma-ketlikda mavjud paralimpiya sport turlari boʻyicha ham shu tartibda musobaqalar oʻtkaziladi.
10. Sport-taʼlim muassasalariga yosh oʻquvchi-sportchilar bilan ishlash tajribasiga ega va faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan xorijiy mutaxassislar (trener, oʻqituvchi va boshqalar)ni jalb qilishning quyidagi tizimi joriy qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har bir olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida kamida bitta sport turidan xorijiy mutaxassis (trener va oʻqituvchilar)ni jalb qiladi va xorijiy mutaxassis ishtirokida mahalliy sportchilarni tayyorlash metodikasi takomillashtiriladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarga 3 — 5 nafar malakali mahalliy mutaxassislar hamda talabalarni biriktirgan holda tajriba almashish yoʻlga qoʻyiladi hamda trenerlar “Oltin fondi” yaratiladi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy hamda mahalliy mutaxassislar va oʻquvchi-sportchilar ishtirokida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq mahorat saboqlari, seminar, konferensiya va davra suhbatlari oʻtkaziladi;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarning bosh (katta) trenerlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shu jumladan xorijiy sport mutaxassislarini ishga qabul qilish Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi ishlar vazirligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi buyurtmanomalariga koʻra olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va boshqa sport-taʼlim muassasalariga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalarining konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlaydi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar vazirligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi buyurtmanomalariga koʻra olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va boshqa sport-taʼlim muassasalariga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va koʻp martalik vizalar muddati uzaytirilishini hamda ular Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga olinishi va muddati uzaytirilishini taʼminlaydi.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ajratilgan mablagʻlar doirasida:
mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid brifinglar, press-konferensiyalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin;
Kinematografiya agentligi bilan birgalikda yoshlarning sportga kirib kelishidan boshlab ularning yuqori natijalarga erishish yoʻli, nufuzli musobaqalardagi ishtiroki va bugungi kundagi hayoti toʻgʻrisida qisqa metrajli badiiy va hujjatli filmlar, videoroliklar, maxsus koʻrsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda Oʻzbekiston chempionati (kubogi), mamlakatimizda oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro musobaqalar (turnirlar)ning ular oʻtkazilishidan kamida ikki oy oldin tasdiqlangan media-reja asosida ommaviy axborot vositalari orqali targʻibot qilinishini amaliyotga joriy etsin.
12. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi O.O. Kasimov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-noyabr,
PQ-5279-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2021-y., 07/21/5279/1032-son, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)