18.10.2021 yildagi 1433-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon matnda Davlat dasturi deb yuritiladi) 2021-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Davlat dasturi asosida barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, joriy yilning toʻqqiz oyida yalpi ichki mahsulot oʻsishi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 106,9 foizni tashkil etgan, savdo aylanmasi hajmi 167,0 trln. soʻmga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 109,8 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari 116,1 trln. soʻmni tashkil etib, belgilangan prognoz 108,4 foizga yoki 9 trln. soʻmga oshirib bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish borasida ham sezilarli ishlar bajarilgan. Chunonchi, davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha maqbullashtirilgan, shu jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalarida jami 5 288 ta shtat birligi qisqartirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilikning ishtirokini kengaytirish choralari koʻrilgan. Jumladan, 2021-yil 1-sentabrdan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, davlatning ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlarda ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida oʻtkaziladigan sinov tadbirlarining Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida kuzatilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ustuvorligini taʼminlashga va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga ustuvor ahamiyat qaratildi. Xususan, shartnomaviy munosabatlarga doir bir qator taqiqlar va talablar, namunaviy shartnomalarni qonunosti hujjatlari bilan tasdiqlash amaliyoti bekor qilingan. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituvi (“E-maʼmuriy ish”) tizimi joriy etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida ham qator ishlar bajarilgan. Jumladan, ish bilan band boʻlmagan 90,2 ming nafar fuqaro, shundan, 48,6 ming nafar yoshlar hamda 59,6 ming nafar ayollar kasb-hunarga, tadbirkorlikka oʻqitishga jalb etilgan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 28,6 ming nafar ishsiz fuqarolarga 58,9 mlrd. soʻm miqdorida subsidiyalar ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻliqni saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan. Chunonchi, 82 ta oilaviy shifokorlik punkti va 19 ta oilaviy poliklinika tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teletibbiyot orqali 46 153 nafar bemor konsultatsiya olib, 493 ta seminar, 689 ta onlayn mahorat darsi, 3 412 ta onlayn konsilium, 234 ta onlayn namoyishli jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan hududlarga 855-marta chiqilib, 413 532 ta koʻrik va 1 008 ta yuqori texnologik operatsiyalar oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash maqsadlari uchun 13 turdagi emlash ishlarining kalendar rejasi boʻyicha oʻtkazilgan oʻrtacha emlash qamrovi 99,5 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga koʻrsatilayotgan nefrologiya va gemodializ yordamini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi tasdiqlangan. Namangan, Xorazm va Samarqand viloyatlarida buyrak transplantatsiyasi amaliyotini oʻtkazish yoʻlga qoʻyilib, oʻtgan davrda jami 12 ta buyrak transplantatsiyasi oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda, ushbu dastur ayrim bandlarining bajarilishi kechikmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar tomonidan Davlat dasturining hisobot davrida bajarilishi nazarda tutilgan jami 168 ta bandidan 23 tasining ijrosi toʻliq taʼminlanmaganligi, 6 ta bandning bajarilish muddati uzaytirilganligi koʻrsatib oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Davlat dasturining 7-bandiga koʻra davlat fuqarolik xizmatida kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va faoliyatini baholash boʻyicha samarali hamda ochiq tizimni joriy etishni nazarda tutuvchi, 149-bandiga muvofiq, har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yoʻnalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shugʻullanadigan ehtiyojmand oilalarga 0,1 gektardan 1 gektargacha yer maydonlari ajratishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga doir ishlar yakunlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar tomonidan Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan budjet mablagʻlarining, shuningdek xalqaro moliya institutlaridan jalb etilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi hamda maqsadli sarflanishini taʼminlash masalasiga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlab oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Davlat dasturining 178-bandida nazarda tutilgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Osiyo taraqqiyot hamda Osiyo infratuzilma investitsiya banklarining 200 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarini jalb qilish borasidagi ishlar kechikayotganligi qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining 197-bandida nazarda tutilgan vazifalar doirasida ogʻir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi boʻlgan 1,6 ming nafar xotin-qizlardan faqat 707 nafarini (44,1 foizini) uy-joy bilan taʼminlash choralari koʻrilgan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining koʻrib chiqilayotgan davrdagi ijrosiga oid hisobotni muhokama qilish mobaynida Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan Davlat dasturining ijrosini taʼminlashda hukumat aʼzolari jamiyat hayotidagi boshqa bir qator muhim masalalarga ham alohida eʼtibor qaratishlari lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obyektlarini, taʼlim muassasalarini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, maktablarda va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida toʻgʻri ovqatlanishni tashkil etish, hududlarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini yanada oshirish yuzasidan choralar koʻrish zarurligi aytildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, koronavirus pandemiyasi sharoitida aholining sogʻligʻini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, aholini koronavirusga qarshi kurashning barcha bosqichlarida emlash qamrovini yanada kengaytirish ishlarini jadallashtirish ustidan nazoratning kuchaytirilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish choralarini kuchaytirish lozimligi alohida qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevralda qabul qilingan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-6155-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va hududlar kesimida Davlat dasturining bajarilishi holatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida doimiy ravishda muhokama qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida ijro muddati uzaytirilgan 6 ta bandda hamda bajarilishi toʻliq yakunlanmagan 23 ta bandda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini yanada kuchaytirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarini, ayniqsa, xalqaro moliya institutlari mablagʻlarining maqsadli va oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida nazarda tutilgan har bir tadbirning bajarilishini uning natijadorligi nuqtai nazaridan tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish, shu jumladan, aholini koronavirusga qarshi kurashning barcha bosqichlarida emlash boʻyicha qamrovni kengaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obyektlarini, ayniqsa, tibbiyot va taʼlim muassasalarini energiya resurslari (elektr energiyasi, koʻmir, tabiiy va suyultirilgan gaz) bilan uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining bajarilishini muhokama qilish jarayonida siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal etish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlarining samarali tashkil etilishi, ushbu tadbirlar uchun ajratilayotgan budjet mablagʻlarining maqsadli oʻzlashtirilishi ustidan taʼsirchan parlament va deputat nazoratini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarning samarali ijro etilishi ustidan oʻz partiyaviy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining ijro muddati uzaytirilgan 6 ta bandida (67, 91, 95, 154, 161, 256-bandlarida) belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan parlament nazoratini oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida ijrosi toʻliq taʼminlanmagan quyidagi bandlarning bajarilishi ustidan samarali monitoring oʻrnatsin va ushbu bandlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga maʼlumot taqdim etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi — 26, 49, 60, 105-bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi — 1, 7, 27, 30, 34-bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi — 269, 270-bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi — 247-band;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi — 31-band;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi — 149-band;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi — 5, 6, 12, 25, 176, 257-bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi — 17, 36-bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi — 253-band.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 18-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1433-IV-son