Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
“Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 4-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3192-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi va “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 11-oktabrdagi 40-2019-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3192, 2019-yil 4-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2019-yil, 10/19/3192/3991-son) bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-oktabr,
46-2021-son
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 28-oktabrdagi 46-2021-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq nomi va 1-bandidagi “himoyaga muhtoj qatlami” degan soʻzlar “ehtiyojmand” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2. Ilovada:
1-pozitsiyadagi “Nogironlar” degan soʻz “Nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota yoki ona, shuningdek koʻp bolali oilalarning ota-onalari”;
4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Odam savdosidan jabrlanganlar”;
6-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 10/21/3192-1/1021-son)