Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining
Qarori
“Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 4-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2524-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 24-oktabrdagi 19-son “Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2524, 2013-yil 15-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 46-son, 613-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2017-yil 13-dekabrdagi 40-son “Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2524-1, 2017-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 51-son, 1252-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Transport vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. KURBANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-oktabr,
6-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
2021-yil 19-oktabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2021-yil 19-oktabr
Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D. SATTAROV
2021-yil 22-oktabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi X. XASILOV
2021-yil 25-oktabr
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori R. BOBOYEV
2021-yil 27-oktabr
Transport vaziri I. MAHKAMOV
2021-yil 25-oktabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 10/21/2524-2/1018-son)