02.11.2021 yildagi PQ-5274-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan soliqlarni toʻlashni kechiktirish mexanizmlarini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizda investitsion muhitni yanada yaxshilash, mahalliy va xorijiy investorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021-yil 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2022-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlariga (bundan davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar, yer qaʼridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mustasno) umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yer uchastkalariga va (yoki) bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qoʻlga kiritganda mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan soliqlarni toʻlashni olti oy muddatga kechiktirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kechiktirilgan soliqlar summasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yer uchastkalari, bino va inshootlar qiymatidan kelib chiqib hisoblangan soliqlar miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan huquqiy normalar doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarni toʻlashni kechiktirish huquqi yer uchastkalari, bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch oy muddat ichida davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilgan va uning toʻlanishini taʼminlash (garov) talab etilmagan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarni toʻlashni kechiktirishning amal qilish muddati davlat soliq xizmati organlariga belgilangan tartibda xabarnoma yuborilgan kundan boshlab hisoblanadi hamda uning tugagan sanasidan boshlab kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda bir yil davomida toʻlab beriladi. Bunda, soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish imkoniyatini berishdan foydalanganlik uchun foizlar soliqlar kechiktirilgan sanadan boshlab Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi va (yoki) bino va inshootlar soliq toʻlovlarini kechiktirish muddati davomida realizatsiya qilingan yoki ijaraga berilgan taqdirda, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha kechiktirish muddati davomida hisoblangan soliq summasi toʻliq miqdorda undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar guruhiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni toʻlashni kechiktirish taqdim etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashni kechiktirish muddati tugaganidan soʻng, tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash yuzasidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlariga murojaat qilish huquqi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 2-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5274-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2021-y., 07/21/5274/1015-son)