02.11.2021 yildagi 664-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maslahati sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-sentabrdagi PQ-4846-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlarining roʻyxatini shakllantirish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan soliq maslahatchilari tashkilotlarining roʻyxatini eʼlon qilib borish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilarni aniqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq maslahati boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish va soliq toʻlovchi ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosani berish va eʼtirof etish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining soliq hisobotlaridagi maʼlumotlarda aniqlangan tafovutlarni bartaraf etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosida soliq organlari tomonidan soliq maslahatchilari tashkilotlarining soliqlarga doir berilgan xulosalarini tekshirish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi bilan birgalikda mazkur qaror ijrosi boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyotini puxta oʻrganib, soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish jarayoniga soliq maslahatchilari tashkilotlarini yanada kengroq jalb etish boʻyicha 2022-yil 1-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Qonunchilik hujjatlarida ayrim tijorat tashkilotlarini tugatishning hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatishning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqacha xususiyatlari belgilanishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 2-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
664-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 664-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat soliq qoʻmitasi) “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) orqali soliq organlari tomonidan aniqlanadigan yillik aylanmasi oxirgi uch yil davomida 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan soliq toʻlovchilar (tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar bundan mustasno) — yuridik shaxslar hamda soliqlar va yigʻimlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda toʻlaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi oʻrinlarda — soliq toʻlovchilar) nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlarining roʻyxatini shakllantirish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxatga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilganidan boshlab bir yildan ortiq muddat davomida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatida kamida bir yillik soliq maslahatchisi stajiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari mavjud boʻlgan tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlarining roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda ularga soliqlar boʻyicha xulosa beruvchi soliq maslahatchilari tashkilotlari sifatida roʻyxatga kiritilishini soʻrab Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga (keyingi oʻrinlarda — Palata) murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Murojaat tushgan kundan boshlab Palata uch ish kuni davomida roʻyxatga kiritishni soʻrab murojaat qilgan soliq maslahatchilari tashkilotlarining mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligini Soliq maslahatchilari reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida oʻrganib chiqadi va soliq maslahatchilari tashkilotini roʻyxatga kiritish yoki roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Palata tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq maslahatchilari tashkilotlarini roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinganda ushbu xulosa asosida ularning roʻyxati shakllantiriladi va soliq maslahatchilari tashkilotlari bu haqida xabardor qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq maslahatchilari tashkilotlari ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq kelmaganda ularni roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi va u soliq maslahatchilari tashkilotlariga mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda Palataga qayta murojaat etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan talablardan tashqari boshqa asoslarga koʻra soliq maslahatchilari tashkilotlarini roʻyxatga kiritish rad etilishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat soliq qoʻmitasi Palata tomonidan yuritiladigan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxati shakllantirilgandan soʻng uch ish kunida elektron shaklda onlayn tarzda yoki xat orqali olinishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi Palata tomonidan taqdim etilgan roʻyxatni mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shaklda uch ish kunida oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va muntazam ravishda yangilab boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilarni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat soliq qoʻmitasiga davlat xizmatlari markazlaridan belgilangan tartibda ixtiyoriy tugatish jarayonida turgan soliq toʻlovchilar haqida tushgan maʼlumotlar shu kunning oʻzida Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan dastur orqali oʻrganib chiqiladi va har oʻn kunlik maʼlumotlar umumlashtirilgan holda soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilar roʻyxati shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yillik aylanmasi oxirgi uch yil mobaynida 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan soliq toʻlovchilar (tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar bundan mustasno) soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat soliq qoʻmitasi ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilarning roʻyxati shakllantirganidan soʻng ikki ish kunida ularning shaxsiy kabinetiga roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari bilan ixtiyoriy tugatilayotganda soliqlarga doir xulosa berish boʻyicha shartnoma tuzish orqali ixtiyoriy tugatish ishlarini amalga oshirish huquqi mavjudligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, xabar buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat soliq qoʻmitasi soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilarning roʻyxati shakllantirilgandan soʻng bir ish kunida ushbu roʻyxatni Palataga oʻzining rasmiy saytiga joylashtirish uchun elektron shaklda taqdim etadi. Mazkur roʻyxat Palata tomonidan har oʻn kunda toʻldirilib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Soliq maslahati boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish va soliq toʻlovchi ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosani berish va eʼtirof etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat soliq qoʻmitasidan soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma olgan soliq toʻlovchilar ushbu huquqlardan foydalanish istagini bildirganda, xabarnoma olgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida oʻzlarining tashabbuslariga asosan roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma asosida soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishini amalga oshirish haqida oʻzlarining shaxsiy kabineti orqali Davlat soliq qoʻmitasini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, xabar buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali Davlat soliq qoʻmitasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkinligi toʻgʻrisida xabardor qilingan, ammo ushbu jarayon orqali tugatilish istagini bildirmagan soliq toʻlovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soliq toʻlovchi soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosa soliq organlari ushbu soliq toʻlovchini oxirgi soliq auditidan oʻtkazilgan sanadan boshlab (soliq auditi soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab) tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida roʻyxatdan oʻtkazgan organ xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davr mobaynidagi moliya-xoʻjalik faoliyatini qamrab oladi, biroq ushbu davr uch yildan oshmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Soliq toʻlovchi soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayonida roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga asosan soliq maslahatchilari tashkilotiga barcha zarur hujjatlarni, shuningdek, oxirgi uch yillik davr uchun bank hisobvaragʻidan koʻchirmani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayonida roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan soliq toʻlovchining yillik aylanmasi oxirgi uch yilning biror-bir yilida 1 mlrd soʻmdan oshganligi aniqlangan taqdirda, soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayoni toʻxtatiladi hamda shartnoma bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish natijalari yuzasidan roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda teng kuchga ega boʻlgan uch nusxada xulosa tuziladi va imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosaning ikki nusxasi soliq toʻlovchiga (bir nusxasini Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish uchun) taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maslahatchilari tashkiloti soliqlarga doir xulosani elektron raqamli imzo yordamida soliq toʻlovchiga taqdim etishi, soliq toʻlovchi esa ushbu xulosani Davlat soliq qoʻmitasiga oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan soliq toʻlovchilarga soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi xulosa shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir xulosa berilganidan boshlab besh ish kuni davomida soliq toʻlovchilar mazkur xulosani, unga oʻzining bank hisobvaragʻidan koʻchirma va summalar koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturalar reyestrini ilova qilgan holda soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, xulosa va unga ilova qilingan hujjatlar buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali Davlat soliq qoʻmitasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining soliq hisobotlaridagi maʼlumotlar va ixtiyoriy tugatilayotganda roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan berilgan soliqlarga doir xulosa oʻrtasida tafovut aniqlangan taqdirda, soliq toʻlovchilar besh ish kuni davomida mazkur tafovutlarni bartaraf etgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini oʻzlari roʻyxatdan oʻtgan soliq organiga taqdim etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar boʻyicha aniqlangan tafovutlar (ijobiy yoki salbiy farq summasi) Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, soliq organlari aniqlangan salbiy farq boʻyicha moliyaviy sanksiyalarni (penya bundan mustasno) va maʼmuriy jarimalarni qoʻllamaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Soliq toʻlovchilarning hisobotlari va soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan berilgan xulosada aniqlangan tafovutlar (ijobiy va salbiy farq summalari) bartaraf etilgan taqdirda, Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan soliqlarga doir xulosa tan olinadi hamda soliq toʻlovchilar soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan soliqlarga doir xulosa tan olingan hamda soliq toʻlovchilar soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilgan deb hisoblanganda ularga nisbatan soliq organlari tomonidan soliq auditi oʻtkazilmaydi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish boʻyicha ishlar yakunlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda xabardor qilingan kundan keyin davlat organlari va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga ularning maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmagan soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilganda soliq organi ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq auditidan oʻtkazishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir berilgan xulosa doirasida ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining soliq majburiyatlarini yashirishi yoki qasddan buzib koʻrsatilganligi holatlari soliq organlari tomonidan aniqlanganda, ular roʻyxatdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, soliq organlari tanlov asosida roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir berilgan xulosalarni tekshirib koʻrishga haqli va berilgan xulosalarda soliq toʻlovchining soliq majburiyatlari yashirib yoki qasddan buzib koʻrsatilganligi holatlari aniqlanganda soliq organlari soliqlarga doir berilgan xulosalarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida tegishliligi boʻyicha sudga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan soliq organlari soliq maslahatchilari tashkilotlarining soliqlarga doir berilgan xulosalarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi murojaati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari koʻrsatilgan xizmatlar davomida olingan maʼlumotlar hamda tuzilgan hisobotlarni soliq toʻlovchining roziligisiz soliq organlariga hamda boshqa shaxslarga maʼlum qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Soliq toʻlovchi soliq maslahatchilari tashkilotlarining xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda hamda ular oʻrtasida yuzaga kelgan boshqa nizolar shartnomada va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlarining roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Soliq maslahatchilari tashkilotlari

Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda ularga soliqlar boʻyicha xulosa beruvchi soliq maslahatchilari tashkilotlari sifatida roʻyxatga kiritilishini soʻrab Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga murojaat qiladi.

Zarurat paydo boʻlganda

2-bosqich

Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi

1. Soliq maslahatchilari tashkilotlarining Nizomda koʻrsatilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.

2. Soliq maslahatchilari tashkilotini roʻyxatga kiritish yoki roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi.

3 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi

1. Soliq maslahatchilari tashkilotlarini roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinganda, ushbu xulosa asosida roʻyxatni shakllantiradi.

2. Soliq maslahatchilari tashkilotlarini xabardor qiladi.

3 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi

1. Soliq maslahatchilari tashkilotlari Nizomda koʻrsatilgan talablarga muvofiq kelmaganda, ularni roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qiladi.

2. Soliq maslahatchilari tashkilotlarini bu haqida asoslangan xulosani taqdim etgan holda xabardor qiladi.

3 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Soliq maslahatchilari tashkilotlari

Roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga qayta murojaat etadi.

Oʻz xohishiga koʻra

6-bosqich

Davlat soliq qoʻmitasi

1. Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan yuritiladigan roʻyxatni elektron shaklda onlayn tarzda yoki xat orqali oladi.

2. Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va muntazam ravishda yangilab boradi.

3 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Davlat soliq qoʻmitasi

Yillik aylanmasi oxirgi uch yil mobaynida 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan soliq toʻlovchilar (tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar bundan mustasno) soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilar roʻyxati shakllantiriladi.

Har 10 kunda

8-bosqich

Davlat soliq qoʻmitasi

Ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilar roʻyxati Palataga oʻzining rasmiy saytiga joylashtirish uchun elektron shaklda taqdim etadi.

1 ish kuni mobaynida

9-bosqich

Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi

Ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilar roʻyxatini oʻzining rasmiy saytiga joylashtiradi va toʻldirib boradi.

Har 10 kunda

10-bosqich

Davlat soliq qoʻmitasi

Ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetiga (yoki buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali) ixtiyoriy tugatilayotganda soliqlarga doir xulosa berish boʻyicha shartnoma tuzish huquqi mavjudligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

11-bosqich

Soliq toʻlovchi

Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi huquqlaridan foydalanish istagini bildirganda soliq maslahatchilari tashkilotlari bilan shartnoma tuzadi va Davlat soliq qoʻmitasini xabardor qiladi.

7 ish kuni mobaynida

12-bosqich

Soliq maslahatchilari tashkilotlari

1. Soliq toʻlovchilarga soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi xulosa berish xizmatini koʻrsatadi va xulosani taqdim etadi.

2. Soliq toʻlovchining yillik aylanmasi oxirgi uch yilning biror-bir yilida 1 mlrd soʻmdan oshganligi aniqlangan taqdirda, soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayoni toʻxtatiladi hamda shartnoma bekor qilinadi.

Shartnoma tuzilgan kundan boshlab 30 kunda

13-bosqich

Soliq toʻlovchi

Soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan berilgan soliqlarga doir xulosani Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim qiladi.

5 ish kuni mobaynida

14-bosqich

Soliq toʻlovchi

Soliq hisobotlaridagi maʼlumotlar va soliqlarga doir xulosa oʻrtasida tafovut aniqlangan taqdirda, mazkur tafovutlarni bartaraf etgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini soliq organiga taqdim etadi.

5 ish kuni mobaynida

15-bosqich

Soliq toʻlovchi

Soliqlar boʻyicha aniqlangan tafovutlar Soliq kodeksida belgilangan tartibda hisob-kitob qilinadi.

Soliq kodeksida belgilangan tartibda

16-bosqich

Davlat soliq qoʻmitasi

Tafovutlar bartaraf etilgan taqdirda, soliqlarga doir xulosa tan olinadi hamda soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilgan deb hisoblanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish boʻyicha ishlar yakunlanadi.

Belgilangan muddatda

17-bosqich

Soliq organlari

Tanlov asosida soliqlarga doir berilgan xulosalarni tekshirib koʻrishga haqli va berilgan xulosalarda soliq toʻlovchining soliq majburiyatlarini yashirishi yoki qasddan buzib koʻrsatilganligi holatlari aniqlanganda, berilgan xulosalarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida tegishliligi boʻyicha sudga murojaat qiladi.

Belgilangan muddatda

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Soliq maslahatchilari tashkilotining toʻliq nomi

STIR

Davlat roʻyxatidan oʻtgan sana

Pochta manzili

Telefon raqami

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.