Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 19.10.2021 yildagi 1444-IV-son
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.04 Oliy Majlis Senati Kengashi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.04 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan uning Kotibiyati faoliyatini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6312-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) institutining inson huquqlari boʻyicha mustaqil milliy institut sifatidagi ahamiyatini yanada mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash borasida hududlardagi ishtirokini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati tuzilmasida doimiy asosda ishlovchi 14 ta shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari (bundan buyon matnda Mintaqaviy vakillar deb yuritiladi) lavozimlari joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mintaqaviy vakillar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati xodimlari hisoblanadi hamda ularga Kotibiyat xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Kotibiyatining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Kotibiyatining shtatlar jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) (bundan buyon matnda Vakil deb yuritiladi), uning oʻrinbosari va Vakil Kotibiyatining xodimlari uchun oldingi ish joyida berilgan koʻp yillik xizmatlari uchun qoʻshimcha haq va ustamalar, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik daraja va boshqalar) saqlanib qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning, uning oʻrinbosarining va Vakil Kotibiyati xodimlarining Vakil Kotibiyatidagi ish vaqti navbatdagi harbiy hamda maxsus unvonlar berish uchun ish stajiga kiritiladi va ular boʻyicha, shu jumladan koʻp yillik xizmatlar uchun ustamalar hisoblanadi hamda toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga, uning oʻrinbosariga hamda Vakil Kotibiyatining oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan maxsus unvonlar — martaba darajalari beriladi hamda martaba darajalari uchun ustama haq toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga, uning oʻrinbosariga hamda Vakil Kotibiyatining oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari Vakilning va Adliya vazirligining qoʻshma qarorida belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vakil, uning oʻrinbosari va Vakil Kotibiyatining xodimlari uchun tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan, Mintaqaviy vakillar uchun 2022-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi olti oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 578-F-sonli farmoyishi bilan Vakil Kotibiyatiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berilgan Toshkent shahar Yashnobod tumani Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 69-uy manzilida joylashgan qurilishi tugallanmagan binoni toʻliq foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 19-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1444-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 19-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-274-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 19-oktabrdagi 1444-IV/KQ-274-IV-sonli qoʻshma qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Kotibiyatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 19-oktabrdagi 1444-IV/KQ-274-IV-sonli qoʻshma qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Kotibiyatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHTATLAR JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lavozimlarning nomlanishi
Shtat birliklarining soni
Yagona tarif setkasi boʻyicha razryad
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)
1
18
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson xuquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari
1
17
Vakil kotibiyati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining mudiri
1
18
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha Vakil maslahatchisi
1
17
Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi
5
Boʻlim boshligʻi
1
17
Bosh maslahatchi
1
16
I-toifali mutaxassis
3
13
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini oldini olish boʻlimi
6
Boʻlim boshligʻi
1
17
Bosh maslahatchi
2
16
Yetakchi maslahatchi
1
15
I-toifali mutaxassis
2
13
Inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha monitoring va huquqiy tahlil sektori
2
Sektor mudiri
1
17-3%
Bosh maslahatchi
1
16
Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy targʻibot sektori
2
Sektor mudiri
1
17-3%
I-toifali mutaxassis
1
13
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sektori
2
Sektor mudiri
1
17-3%
I-toifali mutaxassis
1
13
Bosh hisobchi
1
17
Devonxona va kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis
1
16
Ish yurituvchi kotib
1
10
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 19-oktabrdagi 1444-IV/KQ-274-IV-sonli qoʻshma qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 875-I/554-I-sonli Qoʻshma qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 531-modda; 2018-yil, № 12, 889-modda; 2020-yil, № 3, 252-modda) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat koʻrsatish va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitasi raisiga, Vakilning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati xodimlariga tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan mehnatga haq toʻlash fondidan tejab qolingan mablagʻlarni, shuningdek tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan birliklar toʻldirilmaganda boʻshab qolgan mablagʻlarni Kotibiyat xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasiga va shtat jadvaliga belgilangan xodimlarning cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2738-III/KQ-594-III-sonli Qoʻshma qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 9, 665-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 20-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi senatorlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 584-IV/KQ-158-IV-sonli Qoʻshma qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), uning oʻrinbosarlari va Kotibiyati xodimlariga hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.