10.09.2021 yildagi PF-6312-son

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini huquqiy tartibga solish

1.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga (keyingi o‘rinlarda — Ombudsman) qonunchilik tashabbusi huquqini berish.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqini berishni nazarda tutuvchi tuzatish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etish.

2021 yil 1 dekabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Oliy Majlis

Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida)

2.

Mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini qayta ko‘rib chiqish.

Yangi tahrirdagi “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etish.

2021 yil 1 dekabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

(Davletov)

3.

Ombudsman Kotibiyatining (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) faoliyatiga doir hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillar tuzilmasini tasdiqlash.

2021-yil 1-oktabr

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Ombudsman

(Eshmatova)

Kotibiyatning yangi nizomini tasdiqlash.

2021-yil 1-oktabr

Ombudsman

(Eshmatova)

Kotibiyat xodimlariga martaba darajalarini berish tartibini tasdiqlash.

2021 yil 1 noyabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Adliya vazirligi

(Davletov)

4.

Ombudsman Kotibiyati xodimlari va mintaqaviy vakillarning salohiyatini oshirish.

Ombudsman Kotibiyati xodimlari va mintaqaviy vakillarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

2022 yil 1 yanvar

Ombudsman

(Eshmatova),

Adliya vazirligi

(Davletov),

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

(Saidov)

II. Ombudsman faoliyatining samaradorligini oshirish

5.

Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar belgilash.

Chora-tadbirlar dasturi

2021 yil 1 noyabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

(Saidov),

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili

(Yunusova),

Bosh prokuratura

(Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(Davletov),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) bilan yaqin hamkorlikni va tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, birgalikda xalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil 1 dekabr

Ombudsman (Eshmatova),

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili

(Yunusova)

7.

Ombudsman faoliyatiga axborot texnologiyalarini keng joriy etish.

Loyiha qiymati va tegishli ishlarni moliyalashtirish manbalarini aks ettirgan holda, mutasaddi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan, Ombudsman va uning mintaqaviy vakillariga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi va tizimlashtirilgan holda ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilishni ta’minlovchi Yagona axborot tizimini yaratish, keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish bo‘yicha texnik hujjatlarning ishlab chiqilishini hamda vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash.

2021 yil 1 noyabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

Zarur mablag‘lar ajratilgandan so‘ng to‘rt oy muddatda ushbu tizimni ishga tushirish.

Kotibiyatning mintaqaviy vakillar, Oliy Majlis palatalari, davlat boshqaruvi organlari bilan axborot-kommunikatsiya va videokonferensaloqa orqali bog‘lanishini ta’minlash.

Kotibiyatda elektron hujjat aylanish tizimini yaratish va uni ishga tushirish, ushbu tizimni vazirlik va idoralarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish, shuningdek, Ombudsman rasmiy veb-saytining uzluksiz ishlashini ta’minlash.

Kotibiyatni zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlash va keng polosali Internet tarmog‘iga o‘rnatilgan tartibda ulash.

Kelishilgan muddatlarda

8.

Kotibiyat xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish.

Buyruq

2021 yil 1 oktyabr

Ombudsman

(Eshmatova)

9.

Kotibiyat xodimlarining malakasini oshirish uchun ularning BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, boshqa ta’lim muassasalari va xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarida ta’lim olishi va amaliyot o‘tashini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-2022-yillar

Ombudsman

(Eshmatova)

III. Ombudsman kotibiyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

10.

Ombudsman mintaqaviy vakili faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish.

Ombudsman mintaqaviy vakilini viloyat markazlarida joylashgan davlat organlarining binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish, ularni zarur mebel, aloqa va texnik vositalari bilan ta’minlash.

Mintaqaviy vakilni xizmat avtomashinasi bilan ta’minlash.

2022-yil 1-yanvar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ombudsman

(Eshmatova)

11.

Ombudsman faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash.

1 ta yengil avtotransport vositasi va 1 ta mikroavtobus ajratilishini ta’minlash;

zarur mebel, inventarlar, kompyuter va boshqa orgtexnika bilan ta’minlash.

2021-yil 1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Kuchkarov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Ombudsman

(Eshmatova)

12.

Nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish.

Nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etish.

2021 yil 1-dekabr

Ombudsman (Eshmatova)

Ombudsman resurs markazini tashkil qilish va jihozlash.

2022 yil 1 mart

13.

Kotibiyatning kichik tipografiyasini tashkil qilish va uni Ombudsman hisobotlari natijalari, risolalar, bukletlar va inson huquqlari sohasidagi boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil 1 mart

Ombudsman

(Eshmatova),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

IV. Inson huquqlari sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish

14.

Inson huquqlariga rioya etish va himoya qilish masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022 yil 1 yanvar

Ombudsman

(Eshmatova)

15.

Inson huquqlari sohasidagi axborot materiallari va nashrlarni (risolalar, bukletlar va boshqa adabiyotlar) chop etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy

Ombudsman

(Eshmatova)

16.

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari uchun inson huquqlarini himoya qilish tizimi masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy tadbirlarni (davra suhbatlari, treninglar, seminarlar, konferensiyalar) tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman

(Eshmatova)

17.

Inson huquqlari sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlarni tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman

(Eshmatova)

V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

18.

Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman

(Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov)

19.

Turkiya Respublikasi Bosh Ombudsmani bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman

(Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov)

20.

Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansiga to‘laqonli a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil 1-noyabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov)

21.

Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari Kengashini tashkil etishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman (Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

22.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy bo‘linmasi, BMTning Taraqqiyot dasturi, EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Huquqiy islohotlar dasturi (LRP), Xalqaro qamoqxonalar islohoti (PRI) va inson huquqlari masalalari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda milliy manfaatlarni inobatga olgan holda qo‘shma loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman (Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),

Adliya vazirligi

(Davletov)

23.

BMT Kengashining inson huquqlari bo‘yicha sessiyalarida, BMTning shartnomaviy organlarida, shuningdek, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy bo‘linmasi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman

(Eshmatova),

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

(Saidov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov)

24.

Milliy huquqni himoya qilish muassasalari Global alyansida “A” maqomini olish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil 1-sentabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov)

25.

Inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimini yanada takomillashtirish, ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash, qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish, fuqarolarning sud himoyasi huquqlari kafolatini yanada kuchaytirish bo‘yicha xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro tadbirlar (forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqalar) tashkil etish va o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman

(Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov),

Adliya vazirligi

(Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar