20.10.2021 yildagi SQ-406-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yil III choragida bajarilishi toʻgʻrisidagi hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 2021-yil III choragida bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotini (keyingi oʻrinlarda — Hukumat hisoboti) oʻrganib chiqib, muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga taʼsirini yumshatish borasida oʻz vaqtida koʻrilgan choralar hamda soʻnggi yillarda olib borilgan islohotlar natijasida 2021-yilning yanvar — sentabr oylarida yalpi ichki mahsulotning oʻsishi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 106,9 foizni, jumladan, sanoat mahsuloti oʻsishi 109,0 foizni, xizmatlar oʻsishi 107,6 foizni, qishloq xoʻjaligi mahsuloti oʻsishi 104,2 foizni tashkil qilgan. Savdo aylanmasi hajmi 167,0 trln soʻmga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 109,8 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bandligini taʼminlash, yoshlar va ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida 90,2 ming nafar fuqaro, jumladan, 48,6 ming nafardan ortiq yoshlar hamda 59,6 ming nafar ayol kasb-hunarga, tadbirkorlikka oʻqitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 28,6 ming ishsiz fuqaroga 58 mlrd 900 mln soʻmlik subsidiyalar ajratilgan. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan 9 trln 800 mlrd soʻm sarflangan hamda mahalliy budjetlarga aynan shu maqsadlar uchun 301 mlrd soʻmlik ssuda ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida jami 27 mln dozaga yaqin vaksina olib kelinib, 23 mln dozaga yaqin vaksina bilan qariyb 5 yarim million aholi koronavirusga qarshi barcha bosqichlarda toʻliq emlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mamlakatimizdagi qoʻshma korxonada ishlab chiqarilayotgan “Sputnik V” vaksinasi aholini emlash tadbirlarida foydalanish uchun topshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilgan islohotlar natijasida 82 ta oilaviy shifokor punkti va 19 ta oilaviy poliklinika tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teletibbiyot orqali 46 153 nafar bemorga konsultatsiya, 493 ta seminar, 689 ta onlayn master klass darslari, 3 412 ta onlayn konsilium, 234 ta onlayn namoyishli jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilgan. Ixtisoslashgan markazlar tomonidan 855 marotaba hududlarga chiqilib, 413 532 ta koʻrik va 1 008 ta yuqori texnologik operatsiya oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning 49, 103, 105, 218-bandlaridagi topshiriqlar belgilangan muddatlarda bajarilmagani oqibatida quyidagi muhim vazifalar ijrosi oʻz vaqtida taʼminlanmagan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayot sugʻurtasi tarmogʻini hamda shaxsiy sugʻurtani aholi orasida ommalashtirish, ularni keng miqyosda targʻib qilish, shaxsiy sugʻurta turlarini rivojlantirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasidagi bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash maqsadida ish beruvchilar bilan hamkorlikni tashkil etishga qaratilgan onlayn-platforma yaratish topshirigʻi talab darajasida bajarilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish, davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) tizimini joriy etish yuzasidan Hukumat qarori qabul qilinmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini taʼminlash doirasida barcha madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish hamda ularning Milliy roʻyxatini qayta shakllantirish, Madaniy meros obyektlari elektron portalini yaratish, uni davlat elektron xizmatlari bilan integratsiya qilish, davlat kadastr hujjatini rasmiylashtirish va davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli axborotlarni joylashtirish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning 241-bandida yil davomida bajarilishi belgilangan Yoshlar texnoparklari faoliyatini tashkil etish vazifasi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo hamda Navoiy viloyatlarida olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz ahvolda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yil III choragida bajarilishi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda dasturning 49, 105-bandlaridagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishini taʼminlasin hamda dasturda belgilangan barcha vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatib, topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarmagan vazirlik va idoralar rahbarlariga nisbatan tegishli taʼsir choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kompleksi (A. Abduhakimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda turizm sohasidagi bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash maqsadida ish beruvchilar bilan hamkorlikni tashkil etishga qaratilgan onlayn-platformani toʻliq ishga tushirish va bunda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish, ishtirokchilar bilan muloqot oʻrnatishga qaratilgan axborot tadbirlari (konferensiya, uchrashuv, press va video konferensiya, yigʻilishlar) toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni joylashtirish, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarida turizm firma va kompaniyalarining faol ishtirokini taʼminlashni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvarga qadar madaniy meros obyektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini taʼminlash doirasida barcha madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish hamda ularning Milliy roʻyxatini qayta shakllantirish, Madaniy meros obyektlari elektron portalini yaratish, uni davlat elektron xizmatlari bilan integratsiya qilish, davlat kadastr hujjatini rasmiylashtirish va davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli axborotlarni joylashtirish ishlarini yakuniga yetkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022-yilning 1-yanvariga qadar oʻz hududlarida Yoshlar texnoparklari faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlar axborotlarini har chorakda eshitish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev) Hukumatning davlat dasturi bajarilishi yuzasidan 2021-yil yakunlari haqidagi hisobotini Senatga kiritganda mazkur Qaror ijrosi boʻyicha alohida maʼlumotlar taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi B. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-406-IV-son