“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Mehnat vazirligi
1999-yil 15-aprel
684/04-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Mehnat vazirligi
1999-yil 15-aprel
684/04-1-son
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Kasaba
Uyushmalari Federatsiyasi
Kengashi
Oʻzbekiston Kasaba
Uyushmalari Federatsiyasi
Kengashi
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Tovar ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar palatasi
Oʻzbekiston Respublikasi
Tovar ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar palatasi
MEHNAT ShARTNOMASI ALOHIDA ASOSLARGA KOʻRA BEKOR QILINIB, OGOHLANTIRISh MUDDATI PULLIK KOMPENSATSIYAGA ALMAShTIRILGANDA XODIMLARGA MODDIY MADAD BERISh TARTIBI HAQIDA
tushuntirish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 10-mayda 720-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oldingi tahrirga qarang.
Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilinishi niyati haqida, xodimni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasi uchinchi qismi hamda 168-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda ogohlantirishi lozim va bu ogohlantirish muddatlari ularga muvofiq keladigan pullik kompensatsiyaga almashtirilishi mumkin.
(birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 10-maydagi 9-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 720-2, 09.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/720-2/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, ushbu ogohlantirish muddatlarini pullik kompensatsiyaga almashtirish ish beruvchining xohishi asosida amalga oshiriladi.
(ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 10-maydagi 9-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 720-2, 09.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/720-2/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 10-maydagi 9-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 720-2, 09.06.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/720-2/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 10-maydagi 9-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 720-2, 09.06.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/720-2/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 10-maydagi 9-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 720-2, 09.06.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/720-2/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda, xodimning Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi birinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan moddiy madad olishga oid qoʻshimcha kafolatlari saqlanib qoladi, hamda u mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng ikkinchi va uchinchi oylar davomida ishga joylashmagan taqdirda unga ikkinchi va uchinchi oylar uchun ilgarigi ish joyidan oʻrtacha ish haqini toʻlash muddatlari ham oʻzgarmaydi.
(uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 10-maydagi 9-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 720-2, 09.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/720-2/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Misol. Mehnat shartnomasi 1-martdan bekor qilinishi haqidagi bildiruv xati bilan xodim 1-yanvarda yozma tarzda ogohlantirildi. Lekin, xodim bilan ish beruvchining kelishuvi asosida ushbu ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi va xodim bilan mehnat shartnomasi 1-yanvardan bekor qilindi. Xodimga ogohlantirish muddatiga mutanosib ravishda (yanvar, fevral oylari uchun) pullik kompensatsiya va bir oylik (yanvar uchun) ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlandi. Agarda xodim, ishga joylashmaganligini mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasining koʻchirma nusxasi bilan tasdiqlasa (elektron mehnat daftarchasining koʻchirma nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish my.mehnat.uz elektron manzili boʻyicha elektron mehnat daftarchasining noyob raqamini kiritish yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qilish orqali amalga oshiriladi), Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan ikkinchi oy (fevral) uchun oʻrtacha oylik ish haqini mart oyida olish huquqiga ega boʻladi.
(toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 10-maydagi 9-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 720-2, 09.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/720-2/0358-son)
Ushbu xodim, mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida, yaʼni 2-yanvardan 31-yanvargacha boʻlgan muddatda mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa va aprel oyida bu toʻgʻrisida mehnat organining maʼlumotnomasini taqdim qilsa, unga uchinchi oy (mart) uchun ham ilgarigi ish joyidan oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi.
(yettinchi va sakkizinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 4-martdagi 11-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 720-1, 01.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/720-1/0267-son)