01.05.2013 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quruqlik portlari” toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatlararo Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim tomonlari,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining Osiyoda transportni rivojlantirish boʻyicha Bangkok deklaratsiyasini amalga oshirish toʻgʻrisida 2010-yil 19-maydagi 66/4 rezolyutsiyasiga va ushbu rezolyutsiyada “quruqlik portlari” toʻgʻrisida hukumatlararo bitim tuzish boʻyicha ish olib borish haqida mavjud boʻlgan iltimosga murojaat etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyoda xalqaro integratsiyalashgan intermodal transport-logistika tizimini ragʻbatlantirish va rivojlantirish hamda uning qoʻshni mintaqalar bilan aloqalarini taʼminlash zarurligini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davom etayotgan globallashuv jarayoni hisobiga xalqaro savdo kengayishi natijasida halqaro yuk tashuvlari hajmi ortishi kutilayotganini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarning tashish jarayonida uzviy bogʻlanishi va uzluksiz tashilishini mustahkamlash, tashuvlar va logistika xizmatlari samaradorligini oshirish va narxini kamaytirishga koʻmaklashish hamda ichki hududlarga va dengiz qirgʻogʻidan ichkarida joylashgan hududlarga oʻzining kirish imkoniyatini kengaytirish maqsadida qatʼiylik koʻrsatib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo avtomobil yoʻllari tarmogʻi boʻyicha hukumatlararo bitim va Transosiyo temir yoʻllari tarmogʻi boʻyicha hukumatlararo bitim kuchga kirishiga sabab boʻlgan muvaffaqiyatli mintaqaviy hamkorlikdan ilhomlanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining aʼzolari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash va xalqaro savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida xalqaro tashuvlar talablariga javob beradigan xalqaro ahamiyatga ega “quruqlik portlari”ni rivojlantirish va transportning atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish zarurligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida intermodal tashuvlarni uygʻunlashtirish va yengillashtirish uchun xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan “quruqlik portlari”ni rivojlantirish va ulardan foydalanish boʻyicha boshqaruv prinsiplarini ishlab chiqish zarurligini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan “quruqlik portlari”ning samarali va taʼsirchan xalqaro integratsiyalashgan intermodal transport-logistika tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida, ayniqsa dengizga ega boʻlmagan, tranzit va qirgʻoqboʻyi mamlakatlarining oʻziga xos ehtiyojlarini qondirishda egallagan oʻrnini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilari haqida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Taʼrif
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quruqlik portlari” toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimda (“Bitim”) xalqaro ahamiyatga ega “quruqlik port” (“quruqlik porti”) tushunchasi bir yoki bir nechta transport turlari bilan bogʻlangan, xalqaro savdo jarayonida tashiladigan yuklarga ishlov berish, ularni vaqtincha saqlash va qonunda nazarda tutilgan holda tekshirish hamda qoʻllaniladigan bojxona nazorat funksiyalari va rasmiyatchiligini amalga oshirish uchun moʻljallangan logistika markaziga ega mamlakat hududidagi joyni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
“Quruqlik portlar” identifikatsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu bilan xalqaro integratsiyalashgan intermodal transport-logistika tizimining muhim uchastkalarini muvofiqlashtirilgan holda rivojlantirish uchun asos sifatida ushbu Bitimning I-ilovasiga kiritilgan “quruqlik portlar” roʻyxatini tasdiqlaydi. Tomonlar ushbu “quruqlik portlar”ni oʻz milliy dasturlari doirasida hamda milliy qonunchilik va qoidalarga muvofiq rivojlantirishni maqsad qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
“Quruqlik portlari”ni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning I-ilovasida qayd etilgan “quruqlik portlari” ushbu Bitimning II-ilovasida bayon etilgan “quruqlik portlari”ni rivojlantirish va ulardan foydalanish boʻyicha boshqaruv prinsiplariga moslashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Bitimni imzolash, ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash va unga qoʻshilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitim Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasiga aʼzo davlatlar uchun Bangkok, Tailand, 2013-yil 7 dan 8-noyabrgacha va keyinchalik Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab kvartirasida 2013-yil 11-noyabrdan 2014-yil 31-dekabrgacha imzolash uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bitim uni imzolagan davlatlar tomonidan ratifikatsiya va qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bitim Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasiga aʼzo boʻlgan va uni imzolamagan davlatlar qoʻshilishi uchun ochiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bitimni ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki unga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar tegishli shaklda va tartibda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitimni ratifikatsiya qilish, qabul qilish va tasdiqlash yoki unga qoʻshilish toʻgʻrisidagi sakkizinchi hujjat ushbu Bitimning 4-moddasi 4-bandiga muvofiq saqlash uchun topshirilgan sanadan keyingi oʻttizinchi kunda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bitimni ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki unga qoʻshilish toʻgʻrisidagi sakkizinchi hujjat saqlash uchun topshirilgan sanadan keyin Bitimni ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki unga qoʻshilish toʻgʻrisidagi oʻz hujjatini topshirayotgan har bir davlat uchun mazkur Bitim shu hujjat saqlashga topshirilgan sanadan oʻttiz (30) kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
“Quruqlik portlari” boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Quruqlik portlar” boʻyicha ishchi guruh (“Ishchi guruh”) Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni va taklif etilayotgan tuzatishlarni koʻrib chiqish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan taʼsis etiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasiga aʼzo barcha davlatlar Ishchi guruh aʼzosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruh ikki yilda bir marta oʻz yigʻilishlarini oʻtkazadi. Shuningdek, har qaysi Tomon Kotibiyatni xabardor qilib, Ishchi guruhning maxsus yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida soʻrovnoma bilan murojaat etishi mumkin. Kotibiyat Ishchi guruhning barcha aʼzolarini kelib tushgan soʻrovnoma toʻgʻrisida xabardor qiladi va Kotibiyat tomonidan xabar berilgan kundan boshlab toʻrt (4) oy davomida Tomonlarning kamida uchdan bir qismi soʻrovnomaga roziligik bildirsa, Ishchi guruhning maxsus yigʻilishini chaqiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Bitimning asosiy matniga tuzatishlar kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitimning asosiy matniga ushbu moddada belgilangan tartibda tuzatishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimga tuzatishlarni har qaysi Tomon taklif qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday taklif qilingan tuzatish matni Kotibiyat tomonidan Ishchi guruhning ushbu tuzatish tasdiqlanishi kutilayotgan yigʻilishidan kamida qirq besh (45) kun oldin Ishchi guruhning barcha aʼzolariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuzatish Bitimning Ishchi guruh yigʻilishida ishtirok etayotgan va ovoz berayotgan Tomonlari uchdan ikki qismining koʻpchiligi tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlanganidan keyin tuzatish kotibiyat tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yuboriladi, u esa uni qabul qilish uchun barcha Tomonlarga tarqatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning 4-bandiga binoan tasdiqlangan tuzatish, uni tasdiqlash vaqtida Bitim Tomoni hisoblangan davlatlarning uchdan ikki qismi tomonidan koʻpchilik bilan qabul qilinganidan oʻttiz (30) kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi. Tuzatish barcha Tomonlarga nisbatan kuchga kiradi, ushbu tuzatishlarni qabul qilmaganlar bundan mustasno. Mazkur bandga muvofiq tasdiqlangan tuzatishni qabul qilmayotgan har qaysi Tomon istalgan paytda keyinchalik ushbu tuzatish qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshirishi mumkin. Ushbu davlat uchun tuzatish koʻrsatilgan hujjat saqlashga topshirilgan sanadan oʻttiz (30) kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
I-ilovaga tuzatishlar kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitimning 1-ilovasiga ushbu moddada belgilangan tartibda tuzatishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taklif etilayotgan tuzatish predmeti hududiga tegishli boʻlgan har qaysi Tomon tuzatish kiritishni taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday taklif etilayotgan tuzatish matni ushbu tuzatish tasdiqlanishi kutilayotgan yigʻilishdan kamida qirq besh (45) kun oldin kotibiyat tomonidan Ishchi guruhning barcha aʼzolariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taklif qilinayotgan va muayyan Tomon hududiga tegishli boʻlgan tuzatish subyekti Ishchi guruh yigʻilishida koʻrib chiqilgandan keyin ushbu Tomon tegishli taklifni takror tasdiqlasa, taklif qilingan tuzatish qabul qilingan deb hisoblanadi. Tasdiqlanganidan keyin tuzatish kotibiyat tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yuboriladi, u esa uni barcha Tomonlarga tarqatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq tasdiqlangan tuzatish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tomonidan sirkulyar xabarnoma yuborilgan kundan qirq besh (45) kun oʻtgandan keyin qabul qilingan va barcha Tomonlar uchun kuchga kirgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
II-ilovaga tuzatishlar kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitimning II-ilovasiga ushbu moddada belgilangan tartibda tuzatishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuzatishlar kiritishni har qaysi Tomon taklif qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday taklif etilayotgan tuzatish matni ushbu tuzatish tasdiqlanishi kutilayotgan yigʻilishdan kamida qirq besh (45) kun oldin kotibiyat tomonidan Ishchi guruhning barcha aʼzolariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuzatish Bitimning Ishchi guruh yigʻilishida ishtirok etayotgan va ovoz berayotgan Tomonlari uchdan ikki qismining koʻpchiligi tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlanganidan keyin tuzatish kotibiyat tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yuboriladi, u esa uni qabul qilish uchun barcha Tomonlarga tarqatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning 4-bandiga binoan tasdiqlangan tuzatish, xabarnoma yuborilgan kundan boshlab toʻqson (90) kun davomida Tomonlarning kamida uchdan biri Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga ushbu tuzatishga qarshiligini bildirib xabar yuborganda, qabul qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddaning 5-bandiga binoan qabul qilingan tuzatish mazkur moddaning 5-bandida koʻrsatilgan toʻqson (90) kunlik davrdan keyin oʻttiz (30) kun oʻtgandan soʻng barcha Tomonlar uchun kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Qoʻshimcha shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning hech qanday qoidasiga nisbatan qoʻshimcha shartlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, Bitimning 13-moddasi 5-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Bitimdan chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qaysi Tomon Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yozma xabarnoma yuborish yoʻli bilan ushbu Bitimdan chiqish huquqiga ega. Bitimdan chiqish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi bunday xabarnomani olgan kundan oʻn ikki (12) oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Amal qilishini toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirok etuvchi Tomonlar soni ketma-ket oʻn ikki (12) oy davomida har qaysi davrda sakkizdan (8) kamaysa, Bitim amal qilishi toʻxtatib turiladi. Ishtirok etuvchi Tomonlar soni sakkiztaga (8) yetganidan keyin oʻttiz (30) kun oʻtgandan soʻng Bitim qoidalari tiklanadi. Bunday hollarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu Bitimning Tomonlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan, Tomonlar oʻrtasida muzokaralar yoki konsultatsiyalar oʻtkazish yoʻli bilan hal qilish imkoni boʻlmagan ikki yoki undan ortiq Tomon oʻrtasidagi har qanday nizo, ushbu Tomonlardan birining arizasiga binoan nizolashayotgan Tomonlarning oʻzaro roziligi boʻyicha tanlangan bir yoki bir nechta vositachiga hal qilish uchun yuboriladi. Nizoni hal qilish toʻgʻrisidagi ariza berilgan kundan boshlab toʻqson (90) kun ichida nizolashayotgan Tomonlar vositachi yoki vositachilarni tanlash borasida kelishuvga erishmasalar, ushbu Tomonlardan har qaysi biri nizo hal qilish uchun topshiriladigan yagona mustaqil vositachini tayinlashni soʻrab Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandiga binoan tayinlangan vositachi yoki vositachilarning tavsiyalari majburiy kuchga ega boʻlmasa-da, nizolashayotgan Tomonlar nizoni qayta koʻrib chiqishi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻrtasida nizo kelib chiqqan Tomonlar vositachi yoki vositachilarning tavsiyasini majburiy kuchga ega tavsiya sifatida oldindan qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 1, 2 va 3-bandlari nizolashayotgan Tomonlar nizolarni hal qilishning oʻzaro kelishgan va mumkin boʻlgan boshqa choralarini istisno etuvchi deb izohlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har qanday davlat ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi oʻz hujjatlarini saqlashga topshirish chogʻida ushbu moddaning murosaga kelish toʻgʻrisidagi majburiyatlaridan oʻzini ozod qilishi toʻgʻrisida shart qoʻyish huquqiga ega. Ushbu moddaning murosaga kelish borasidagi qoidalari Boshqa Tomonlar uchun ham bunday shartni qoʻygan har qanday Tomonga nisbatan majburiy emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Qoʻllanishdagi cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitimning hech bir qoidasi tomonlarning biriga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustaviga muvofiq va uning tashqi yoki ichki xavfsizligini taʼminlash uchun zarur deb hisoblangan holatlar bilan cheklanishiga toʻsqinlik qiladi deb talqin qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir tomon milliy qonunchilik va oʻz qoidalarga muvofiq ushbu Bitimga asosan u yoki bu darajada quruqlik portlarini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladilar. Biroq, ushbu Bitimning hech bir qoidasi Tomonlarning hududi orqali tovarlarning olib oʻtilishiga ruxsat berish majburiyatini beradi deb talqin etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ilovalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning I va II-ilovalari Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Kotibiyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan Bitim Kotibiyati tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Depozitariy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu Bitimning depozitariysi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar guvohlik berib, ushbu Bitimni bir nusxada ingliz, xitoy va rus tillarida imzoladilar, bunda Bitimning uch matni ham bir xil kuchga ega.