Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
buyrugʻi
“Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2833-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2016-yil 30-sentabrdagi 22-B-son “Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 41-son, 481-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy banki, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-iyul,
52-B-son
Kelishildi:
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2021-yil 3-iyul
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
2021-yil 2-iyul
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining raisi B. GULYAMOV
2021-yil 30-iyun
Moliya vaziri T. IShMETOV
2021-yil 1-iyul
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2021-yil 2-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi B. BEGALOV
2021-yil 2-iyul
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
2021-yil 30-iyun
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
2021-yil 16-iyul
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2021-yil 16-iyul
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2021-yil 26-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2021-yil 17-iyul
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
2021-yil 18-iyul
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A. VOITOV
2021-yil 27-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi DXX Raisi A. AZIZOV
2021-yil 30-iyul
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2021-y., 10/21/2833-1/0978-son)